H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

Шоабдура
ҳ
монов Ш., Ас
қ
арова М., 
Ҳ
ожиев А., Расулов И., Дониёров Х. 
Ҳ
озирги ўзбек адабий тили.-Т.: «Ў
қ
итувчи», 
1980, 94-97-б.
 


83 
 
xalq  bilan  bo’lgan  madaniy  aloqasiga  va  yozuvning  qaysi  grafik  sistema  negizida 
maydonga kelishiga bog’liqdir. Arab alfaviti asosidagi eski o’zbek yozuvida 
etimologik 
prinsip
ning to’la ravishda amalga oshirilishi uchun o’sha davrning grafik sistemasi asos 
bo’lgan.Shuning uchun ham arabcha-forscha so’zlar, mahalliy tillarda qanday o’qilishi 
va  qaysi  xilda  talaffuz  etilishidan  qat’i  nazar,  o’zining  grafik  shaklini  to’la  ravishda 
saqlab qolgan—arab imlosida qanday bo’lsa, aynan shu shaklda  yozilgan. Bu esa arab 
alfavitini qabul qilgan xalqlar yozuvida umumiy qonun sifatida asosiy prinsiplardan biri 
hisoblangan...»
57
 
Darhaqiqat,  grafik  prinsipning  yuzaga  kelishida  bir  xalqning  ikkinchi  xalq  bilan 
bo’lgan madaniy aloqasi, uning yozuv sistemasiga tayanishi kabi omillarning roli bor: 
arab grafikasidagi eski o’zbek yozuvida qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmaganligi ( 
اقب
    -  baqo:  «abadiylik»,  «mangulik»;   
راغص
  –  sig’or:  «yosh  bolalar»,  «go’daklar» 
kabi), arabcha leksik o’zlashmalarning yozma shakllarida o’zbek tili fonologik tizimiga 
xos bo’lmagan fonemalarni ifodalovchi  
ع
  (ayn),   
ٽ
(se),   
ص
  (sod),             
ض
(zod), 
ط
(to),
ظ
   
 (zo) kabi harf-grafemalarning qo’llanganligi   ( 
مزع
 – azm: «qat’iy qaror», 
«jazm»;
انٽ
 –sano: «maqtov»;          
 ربباص
 - sobir: «sabrli», «bardoshli»; 
تبباض
 – 
zobit:  «oqsoqol»;
علاط
-  tole’:  «baxt»,  «taqdir»;   
رفظ
    -  zafar:  «g’alaba»  kabilar) 
shundan  dalolat  beradi.Biroq  grafik  printsipning  mohiyatini  o’zbek  yozuviga  asos 
bo’lgan  boshqa  til  yozuviga  xos  grafik  belgilar  va  qoidalarning  aynan  (manba  tilning 
yozuvi  va  imlosida  qanday  bo’lsa,  shundayligicha)  saqlanishi  bilan  bog’lashning  o’zi 
etarli  emas:  bu  printsip  manba  tildagi  harf-tovush  munosabatlaridan  chetga  chiqishi, 
bevosita  o’zbek  tilining  o’zidagi  harf-tovush  munosabatlarini  qamrab  olishi  ham 
mumkin.  Masalan,  kirillcha  o’zbek  yozuvining  grafik  tizimidagi 
o
  grafemasi  ruscha 
leksik  o’zlashmalardagi  o’rta-keng  lablangan  «o»  unlisini  ifodalaydi
:  opera,  tonna
 
so’zlarining yozilishi 
o
 grafemasining shu xususiyatiga asoslangan, bu xususiyat aslida 
rus  tilining  grafik  tizimidagi  harf-tovush  munosabatlarining  (grafik  qoidaning)  o’zbek 
yozuviga  aynan  (o’zgarishsiz)  ko’chirilishiga  tayanadi,  Faxri  Kamolovning  «grafik 
prinsipi»da shu holat nazarda tutilgan. Biroq                          
o
 grafemasining mazmun 
planida  o’zbek  tili  vokalizmining  quyi-keng,  kuchsiz  lablangan  «o»  unlisi  (
ota,  bola
 
so’zlarining  birinchi bo’g’inidagi  fonemasi)  ham  kodlashtirilgan.  Bu  holat  rus  tilining 
grafik  tizimiga  xos  emas,  chunki  rus  tilida  quyi-keng  «o»  fonemasi  ham,  uni  yozuvda 
ifodalaydigan grafema ham  yo’q:                 
o
    grafemasining  o’zbekcha  quyi-keng  «o» 
fonemasini ifodalashi o’zbek tilining grafik tizimida nazarda tutilgan, shunga ko’ra 
 ota, 
bola
 so’zlaridagi                          
o
 grafemasining qo’llanishi ham grafik printsipning 
mahsuli bo’ladi. Faxri Kamolovning etimologik yoki grafik printsipga bergan ta’rifi esa 
ko’proq  tarixiy-an’anaviy  prinsip talablariga  mosdir.  Rus tilshunosi  A.N.Gvozdevning 
uni  etimologik  yoki  tarixiy  prinsip  deb  nomlashida  ham  shu  xususiyat  hisobga 
olingan.
58
    
                                                      

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish