82
nisbatan emas, yozuvning o’ziga nisbatan bildiradi. Orfografiyaga nisbatan bu fikr
birinchi marta 1930-yilda R.I.Avanesov va V.N.Sidorovlar tomonidan bildiriladi: ular
imloning bu tamoyilini
fonologik prinsip
deb atashadi.
52
Rus tili imlosining fonematik xarakteriga oid nazariya esa dastlab I.S.Ilyinskaya
va V.N.Sidorovlarning maxsus maqolasida ancha keng yoritilgan.
53
Keyinroq bu prinsip
A.A.Reformatskiy tomonidan shunday ta’riflanadi: «Yozuvning fonematik prinsipi
shundan iboratki,unga ko’ra har bir fonema qaysi pozitsiyada qo’llangan bo’lishidan
qat’i nazar o’ziga biriktirilgan harf bilan ifodalanadi».
54
3.
Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi.
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo
qoidalari so’zning ma’noli qismlarini (o’zak va affiksal morfemalarni), ular qanday
talaffuz qilinishidan qat’i nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab
qiladi. Chunonchi, "g" bilan boshlangan "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha"
qo’shimchalari "sh","t","p", "s" kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o’zaklarga
qo’shilganda "-ka", "-kan", "kani", "-kuncha" shakllarida talaffuz qilinsa-da,
morfemalarning asl shakllariga mos ravishda "-ga", "-gan", "-gani", "-guncha"
yoziladi. Qiyos qiling:
ishga (
yozuvda
) – ishka (
talaffuzda
), ketgan (
yozuvda
) – ketkan
(
talaffuzda
), ketguncha (
yozuvda
) – ketkuncha (
talaffuzda
), topgan (
yozuvda
) – topkan
(
talaffuzda
), misga (
yozuvda
) – miska (
talaffuzda
)
kabi.
Eslatma: "q","k" bilan tugagan so’zlarga "g" bilan boshlangan affikslarning
qo’shilishida bu qoidaga amal qilinmaydi: ular a talaffuziga ko’ra (fonetik prinsip
asosida) yoziladi. Qiyos qiling:
oq+gan
(asl shakli)-
oqqan
(talaffuzda)–
oqqan
(ad.-
orf.yozuvda),
ek+gan
(asl shakli)–
ekkan
(talaffuzda)–
ekkan
(ad.-orf.yozuvda),
tug’+gan
(asl shakli)–
tuqqan
(talaffuzda)–t
ug’gan
(ad.-orf.yozuvda),
sog’+gan
(asl
shakli)–
soqqan
(talaffuzda)–
soqqan
(ad.-orf.yozuvda) kabi.
4.
Grafik prinsip.
Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika
qoidalarini
belgilaydi–grafemalarning
grafikada
kodlashtirilgan
fonemalarini
ifodalashga asoslanadi,shunga ko’ra u, ba’zan,
fonemografik prinsip
deb ham
nomlanadi.
55
Chunonchi, sirg’aluvchi "j" bilan qorishiq "j"(dj) ning yozuvda bitta j
grafemasi orqali ifodalanishi, "η" fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi
grafikada kodlashtirilgan. Yozuvda bu me’yorga amal qilinadi, xolos:
jemper
(
sirg’aluvchi "j"
), jang (
qorishiq "j" va sayoz til orqa "η"
)
kabi.Orfografiyaning bunday
kodlashtirishga bevosita aloqasi yo’q, bu grafemalarning yozuvda qo’llanishini
grafikaning o’zi boshqaradi.
O’zbek tilshunosligida grafik printsipni etimologik printsipga asos bo’lgan
tamoyil deb yoki hatto bu ikki prinsipni bir hodisa sifatida ta’riflash hollari ham bor.
56
Xususan, o’zbek grafik lingvistikasining etakchi vakillaridan biri Faxri Kamolov uni
ayni shu ma’noda sharhlaydi: «Imloda,-deydi u,- grafik prinsip bir xalqning ikkinchi
Do'stlaringiz bilan baham: