Tekshirish savollari
1.Bo’g’in nima?
2.Bo’g’in tuzilishining qanday xususiyatlari bor?
3.Bo’g’in markazi nima?
4.Bo’g’inning qanday tiplari bor?
5.Bo’g’inga oid qanday tasniflarni bilasiz?
6.Bo’g’inning til va nutqdagi ahamiyati nimalardan iborat?
7.Sillabema va sillabika deganda nimalar anglashiladi?
Tayanch tushunchalar
Bo’g’in-
nutq oqimining tovushdan katta, so’zdan kichik (ba’zan bir so’zga teng)
segment birligi.
Sillabema-
bo’g’inning fonologik birlik sifatidagi nomi.
Sillabika-
bo’g’in (sillabema) haqidagi ta’limot.
Bo’g’in markazi-
bo’g’in balandligi, u bo’g’in tarkibidagi unliga to’g’ri keladi.
Berkitilgan bo’g’in-
CV, CVC tipidagi bo’g’inlar.
Berkitilmagan bo’g’in-
V,VC tipidagi bo’g’inlar.
Ochiq bo’g’in-
V,CV tipidagi bo’g’inlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |