H. A. Jamolxonov


-§.  Til oldi undoshlari tavsifi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

       35-§.  Til oldi undoshlari tavsifi. 
1)
"t"  fonemasi 
-  til  oldi-alveolar,  portlovchi  (sof  portolovchi),  jarangsiz, 
shovqinli  undosh,  «d»ning  jarangsiz  jufti.  Bu  undosh  so’zning  barcha  pozitsiyasida 
uchraydi: so’z boshida (
tosh,tog’
), so’z o’rtasida (
ota, botir
) va so’z oxirida (
ot, qavat

                                                      
39
 
Bu haqda qarang: Абдура
ҳ
монов 
Ғ
.А., Рустамов А. 
Қ
адимги туркий тил. -Т.: "Ў
қ
итувчи", 1982, 9- ва 33-бетлар. Yana 
qarang: Тўйчибоев. Б. Ko’rsatilgan asar, 28-29-бетлар. 
 
 


53 
 
kabi. Bu undosh tojik tilidan o’zlashgan 
daraxt, do’st, go’sht, musht, mast, past
  kabi 
so’zlar  oxirida  (sirg’aluvchi  x,s,sh  undoshlaridan  so’ng  qo’llanganda)  talaffuz 
etilmasligi  ham  mumkin.  Bunday  hodisa  turkiy  solarda,  shuningdek,  ruscha-
baynalmilal  o’zlashmalarda  kamroq  uchraydi; 
yurist>yuris, 
aferist>aferis, 
avgust>avgus,  artist>artis,  to’rt>to’r 
kabi.  Ammo 
ost,  ust,  tort  (tortmoq),  yurt 
kabi 
turkiy so’zlarda va 
port,  post,  tort
  ("konditer  mahsuloti")  kabi  ruscha  o’zlashmalarda 
so’z oxiridagi "t" tushirib qoldirilmaydi;  
2)
"d"  fonemasi
  -  til  oldi-alveolar,  sof  portlovchi,  jarangli,  shovqinli  undosh, 
«t»ning  jarangsiz  jufti.  So’z  boshida  (
daryo
),  o’rtasida  (
odam
),  oxirida  (
ozod

qo’llanadi.    So’z  boshi 
(daraxt),
  intervokal  holat  (
odat
),  jarangli  yoki  sonor  bilan 
yondosh holat (
gijda,sajda,banda,onda-sonda
)bu undosh uchun kuchli pozitsiyadir. Bu 
pozitsiyada  "d"  undoshining  asosiy  ottenkasi  qo’llanadi,  boshqa  holatlar  "d"  uchun 
kuchsiz  pozitsiya  hisoblanadi,  bunda  jarangli  "d"ning  jarangsizlashgan  ottenkasi 
qatnashadi.  Masalan: 
ketdi>ketti 
(d>t)
,  tushdi>tushti 
(d>t)
,  asad>asat 
(d>t)

savod>savot
  (d>t)  kabi.  Bular  jarangli  "d"ning  kombinator  va  pozitsion  ottenkalari 
(allofonlari) sanaladi.    
     "D" fonemasi qadimgi turkiy tilda so’z boshida qo’llanmagan; 
3) 
"s"  fonemasi 
-  til  oldi-dental,  sirg’aluvchi,  jarangsiz,  shovqinli  undosh 
«z»ning  jarangsiz  jufti.  So’z  boshida  (
savat
),  o’rtasida  (
qasam
),  oxirida  (
olmos

qo’llanadi.  Deyarli  barcha  pozitsiyalarda  o’zining  asosiy  ottenkasini  saqlaydi: 
asbob, 
asta, osdi, o’sdi, qafas, asos
 kabi;  
4) 
"z" fonemasi
 - til oldi-dental, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli undosh, «s»ning 
jarangli  jufti.  So’z  boshida  (
zamon,  zafar
),  o’rtasida  (
bozor,ozod
)  va  oxirida 
(
oz,aziz,mayiz
)  qo’llanadi.  Jarangsiz  undosh  ta’sirida  "s"  ga  o’tadi: 
iztirob>istirob, 
mazkur>maskur
  kabi.  Bundagi  "s"  jarangli  "z"  fonemasining  jarangsizlashgan 
kombinator ottenkasi sanaladi ("t"  va "k"ning ta’sirida bo’lganligi uchun). Ba’zan so’z 
oxirida  ham  bir  oz  jarangsizlashadi: 
sakkiz>sakkis
  (z>s), 
tannoz>tannos
  (z>s)  kabi. 
Bundagi  "s"  jarangli  "z"  fonemasining  pozitsion  ottenkasi  hisoblanadi  (so’z  oxirida 
bo’lganligi uchun). Demak, so’z boshi (
zamon
), ikki unli orasi (
go’zal
) va jarangli yoki 
sonor  bilan  yonma-yon  bo’lgan  holat  (
jonzot,  tuzdon
)  "z"  uchun  kuchli  pozitsiya, 
boshqa holatlar esa kuchsiz pozitsiya sanaladi.   
Qadimgi turkiy tilda so’z boshida qo’llanmagan. 
5) 
"l"  fonemasi 
-  til  oldi-alveolar,  sirg’aluvchi,  jarangli,  sonor  tovush.  So’z 
boshida  (
lagan
),  o’rtasida  (
olam
)  va  oxirida  (
qamal
)  qo’llanadi.  Orqa  qator  unlidan 
so’ng qattiqroq (
ol, bol
 kabi), old qator unlidan so’ng esa yumshoqroq (
il, el, bel 
kabi) 
talaffuz  etiladi.  Fe’lning  shart  mayli  va  sifatdosh  shakllarida  ("-sa",    "-gan" 
qo’shimchalaridan  oldin  qo’llanganda)  jonli  so’zlashuv  nutqida  o’zak  oxiridagi  "l" 
tushib qolishi ham mumkin: 
kelsa>kesa, kelgan>kegan
 kabi; 
Qadimgi turkiy tilda "l" fonemasi so’z boshida qo’llanmagan; 
6) 
"n"  fonemasi
  -  til  oldi-alveolar, jarangli, sonor, burun tovushi. So’z  boshida 
(
nok, narsa
), o’rtasida (
ona, anor
) va oxirida (
burun, tutun
) ishlatiladi. Lab undoshidan 
oldin  qo’llanganda  assimilatsiyaga  uchrab,  lab-lab  "m"  tarzida  talaffuz  qilinadi: 
shanba>shamba
 ( n>m),
 tanbur>tambur
 (n>m) kabi; 
7) 
"r" fonemasi 
- til oldi-tanglay, titroq, jarangli, sonor tovush. So’zning boshida 
(
raqs,  ro’mol
),  o’rtasida  (
darak,guruch
)  va  oxirida  (
xabar,  agar,  zarar
)  kela  oladi. 


54 
 
Toshkent  shevasida  otning  "-lar"  bilan  qo’llangan  shaklida  shu  qHshimcha  oxiridagi 
"r"ning 
tushib 
qolishi 
keng 
tarqalgan: 
kitoblar>kitobla, 
bolalar>bolala, 
akamlar>akamla,  oyimlar>oyimla
  kabi.  Talaffuzning  bu  shakli  adabiy  til  me’yori 
sanalmaydi. 
Qadimgi turkiy tilda "r" fonemasi so’z boshida qo’llanmagan. 
8) 
"sh"  fonemasi
  -  til  oldi-tanglay,  sirg’aluvchi,  jarangsiz,  shovqinli  undosh. 
So’zning  boshida  (
shamol,sholi
),  o’rtasida  (
tushuncha,  o’sha
)  va  oxirida  (
naqsh, 
ravish
) kela oladi. Deyarli barcha pozitsiyada asosiy ottenkasi saqlanadi: 
go’sht, g’isht, 
tovushlar, tovushni, tovushdan, tushgin, tushkinlik
 kabi; 
9) 
"j"  fonemasi
  -  til  oldi-tanglay, sirg’aluvchi, jarangli, shovqinli  undosh. So’z 
boshida,  o’rtasida  va  oxirida  qo’llanish  holatlari  faqat  ruscha-baynalmilal 
o’zlashmalarda  uchraydi: 
janr,jeton,jemper,jurnal
  (so’z  boshida); 
major,barja 
(so’z 
o’rtasida);
  blindaj,  peyzaj,  drenaj,  ekipaj,  personaj,garaj,  tiraj,  massaj,  sabotaj,  staj
 
(so’z oxirida) kabi. So’z o’rtasida qo’llanishi tojik tilidan o’zlashgan bir necha  so’zda 
ham  uchraydi:
  mujda,  gijda,  ajdaho  (ajdarho)
  kabi.  Bunday  pozitsiyada  sirg’aluvchi 
"j" qorishiq "j"ning "d" ta’sirida o’zgargan ottenkasi bo’lishi ham mumkin. Bu undosh 
so’z oxirida jarangsizlashadi: 
massaj>massash, drenaj>drenash, ekipaj>ekipash 
kabi. 
Qadimgi turkiy tilda bu tovush bo’lmagan. 
10) 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish