Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.Uzual va okkazional ma’nolar qanday farqlanadi?
2.Nima uchun uzual ma’no til birligi, okkazional ma’no esa nutq birligi sanaladi?
3.Okkazional ma’nolar qanday yuzaga keladi?
4.Okkazional ma’no uzual ma’noga aylanishi mumkinmi?
5.Birorta badiiy asar tilidan uzual va okkazional ma’nolarda qo’llangan
leksemalarni toping.
Tayanch tushunchalar
Uzual ma’no
– leksemaning semantik tarkibida bor bo’lgan leksik ma’no.
Okkazional ma’no
– leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo’lmagan, ayrim
shaxsning leksik qo’llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi.
Leksik qo’llash
– leksemaning okkazional (nutqiy) ma’noda qo’llanishi.
Leksik monosemiya va polisemiya
Adabiyotlar
: 4[63-70], 11[20-21], 19[67-73], 26[23-25], 27[79-81], 32[67-68],
89[59-61]
Do'stlaringiz bilan baham: |