Tayanch tushunchalar
Orfografiya
- muayan til yozuv sistemasining to’g’ri yozish me’yorlarini
belgilaydigan imlo qoidalari. Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi
bo’limi ham orfografiya deyiladi.
Orfogramma
- so’zning yoki so’z formasining imlo qoidasiga mos ravishda
yozilgan shakli.
Orfografiya prinsiplari
- imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo’lgan tamoyillar:
fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik yoki fonematik-morfologik prinsip,
grafik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy- an’anaviy yozuv prinsipi, semantik-
uslubiy prinsip kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |