H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

боғ-боққа(bog’-boqqa),  тоғ-тоққа(tog’-toqqa),  барг-
баркка(barg-barkka), тег-теккан(teg-tekkan) 
kabi. Lotin grafikasiga asoslangan yangi 
o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra  esa  bunday  so’zlar  talaffuziga  (fonetik  prinsipga)  ko’ra 
emas,  morfemalarning  asl  holiga  mos  ravishda  (morfologik  prinsip  asosida)yoziladi: 
bog`ga, tog`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha, bargga, teggan kabi (qarang: 37- qoidaning 
"d" bandi). 
6.1956-yil "qoidalari"ning 43-paragrafiga ko’ra  “-гин”("-gin"), “-гир”           ("-
gir"),  “-гиз”("-giz"),  “-газ”("-gaz")  qo’shimchalari  jarangsiz  undosh  bilan  tugagan 
so’zlarga  qo’shilganda  aytilishiga  muvofiq“-кин”("-kin"),  “-қин”(  "-qin"),  “-кир”("-
kir"), “-қир”("-qir"), “-киз”("-kiz"), “-қиз”("-qiz"), “-каз”("-kaz"),                   “-қаз”("-
qaz")  shakllarida  yoziladi: 
торткин,  топгин,  тушкин,  тортқиз,  ўтказ,  ўткир, 
чопқир
  kabi.  Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra  "-gin" 
qo’shimchasi  "-k"  yoki  "-q"  bilan  tugagan  so’zlardan  boshqa  so’zlarga  qo’shilganda, 
so’z  qanday  tovush  bilan  tugashidan  va  qo’shimchalarning  bosh  tovushi  k  yoki  g 
aytilishidan qat’i nazar, "'g" bilan yozilishi aytilgan. Qiyos qiling:
  торткин
  (1956-yil 
qoidasiga  ko’ra), 
tortgin
  (1995-yil  qoidasiga  ko’ra), 
топкин
      (1956-yil  qoidasiga 
ko’ra),  
topgin
 (1995-yil qoidasiga ko’ra). Biroq,       "-gir","-giz","-gaz" qo’shimchalari 
bu qoida doirasiga kiritilmagan.  
7.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvining  "...asosiy  qoidalari"da  ikki  otdan 
tuzilgan  qo’shma  sifatlarning  ajratib  yozilishi  aytilgan: 
дутор  бўйин
  (ot+ot=qo’shma 
sifat), 
ҳаво ранг
    (ot+ot=qo’shma  sifat), 
бодом  қовоқ 
(ot+ot=qo’shma  sifat), 
қўй  кўз 
(ot+ot=qo’shma  sifat), 
ғўза  пўчоқ   
(ot+ot=qo’shma  sifat)  kabi  (58-paragraf,  3-qoida). 
Qo’shma  sifatlar  imlosiga  oid  bu  qoida  amalda  o’zini  oqlagani  yo’q:
  оромбахш, 
буғдойранг,  илхомбахш 
so’zlari  "ot+ot=qo’shma  sifat"  qolipida  tuzilgan  bo’lishiga 
qaramay,  deyarli  barcha  imlo  lug’atlarida  qo’shib  yozilgan, 
девсифат,  одамсифат 
so’zlari esa (ular ham "ot+ot=qo’shma sifat " qolipida shakllangan) lug’atlarda har xil 
berilmoqda.  Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  "qoidalari"da  bu  tipdagi 
qo’shma  sifatlarning  imlosi  bir  qadar  tartibga  solingan:  "qoidalar"ning  38-bandida, 
xona,  noma,  baxsh,  rang,  mijoz,  sifat  kabi  so’zlar  yordamida  yasalgan  qo’shma  ot  va 
qo’shma  sifatlarning  qo’shib  yozilishi  qayd  etilgan:  qabulxona,    tabriknoma, 
orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (Qarang: 38-
qoida).  Shu  qoida  talablaridan  kelib  chiqqan  holda,
  havo  rang,  jigar  rang,  bodom 
qovoq,  qo’y  ko’z
  kabi  qo’shma  sifatlarning  komponentlari  ham  lotincha  o’zbek 
yozuvida  qo’shib yozilishi kerak: havorang, bodomqovoq, qo`yko`z, jigarrang kabi.  
8.Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvi imlo qoidalariga ko’ra 
минг боши(ming 
boshi),  ўн  боши(  o’n  boshi),  сўз  боши(  so’z  boshi) 
  kabilar  "birikmalik  xususiyatini 
saqlagan so’zlar (?)" sifatida ajratib yoziladi (qarang: 58-paragraf,         12-qoida). Lotin 
grafikasi asosidagi yangi o’zbek yozuvi imlosiga ko’ra esa "qaratuvchili birikmaning bir 
so’zga  aylanishi  bilan  yuzaga  kelgan  qo’shma  otlar  qo’shilib  yoziladi:  mingboshi, 
so`zboshi, olmaqoqi"(qarang: 46-qoida). 
9.1956-yil "qoidalari"da ikkinchi komponenti "ё"lashgan tovush bilan boshlangan 
шер юрак, муз ёрар, иш ёқмас, қўл ёзма 
 tipidagi so’zlarning ajratib yozilishi aytilgan 


89 
 
(qarang:  58-paragraf,  14-qoida).  Lotin  grafikasidagi  yangi  yozuvda  bunday  so’zlar 
qo’shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (qarang: 39-qoida). 
10.Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvi imlosiga ko’ra 
еру осмон(yeru osmon), 
ору  номус(oru  nomus),  туну  кун(  tunu  kun),  кечаю  кундуз(kechayu  kunduz),  ёшу 
қари(yoshu  qari),  қўю  қўзи(qo’yu  qo’zi)
  kabi  juft  so’zlarda  defis  (chiziqcha) 
qo’yilmaydi  (57-paragraf,  eslatma).  Lotin  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosiga 
ko’ra  ham  bunday  so’zlar  ajratib  yoziladi,  ammo  ularning  qismlari  orasida  -u(-yu) 
bog’lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo’yiladi: dost-u dushman, kecha-
yu kunduz kabi (51-qoidadagi eslatmaning 2-bandi). 
11.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra  yil  va  oylarni 
(chislolarni)  ko’rsatuvchi  arabcha  raqamdan  so’ng  chiziqcha  (defis)  yozilmaydi: 
1956 
йил  22  сентябрь
  kabi  (47-paragraf  qoidasi).  Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek 
yozuvi  imlosiga  ko’ra  bunday  o’rinlarda  chiziqcha  qo’yiladi:  1991-yilning  1-sentabri, 
60-yillar kabi (56-qoida). 
12.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra 
алла  (alla),  қай(qay

elementlari  so’zga  qo’shib  yoziladi: 
аллаким(аllakim),  аллакандай(allaqanday), 
қайбир(qaybir),  қайвақт(qayvaqt)
  kabi  (58-qoida,                    13-bandi).  Lotin  grafikasi 
asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra 
qay
  so’zi  o’zidan  keyingi  yoki  oldingi 
so’zdan ajratib yoziladi: qay kuni. Agar qay so’zi 
yoq, er
 so’zlari bilan ishlatilganda, bir 
"у" tovushi tushsa, bu so’zlar qo’shilib yoziladi: qayoqqa, qaerga kabi(60-qoida). 
 
Izoh:  lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  imlosida  alla  (alla)  komponentli 
so’zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan. 
  
13.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra 
бир  оз(bir  oz) 
ravishi 
komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek yozuvi imlosiga 
ko’ra biroz so’zining komponentlari qo’shib yoziladi (60-qoida). 
 
14.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosida   
йилдан-йилга(yildan-yilga), 
кўпдан-кўп(ko’pdan-ko’p)
  tipidagi  birliklar  juft  so’zlar  doirasida  qaralgan,  shu  bois 
ularning  komponentlari  orasida  chiziqchaning  (defisning)  yozilishi  qoidalashtirilgan 
(57-paragraf,  1-qoida).  Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  imlosiga  ko’ra 
birinchi  qismi  chiqish  kelishigida,  ikkinchi  qismi  jo’nalish  kelishigida  bo’lgan 
birikmalarning  komponentlari,  shuningdek,  belgining  ortiq  darajasini  bildiruvchi 
kopdan kop, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan
 kabilar 
ajratib (chiziqasiz) yoziladi (64-qoida). 
15.Rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosida  izofali  so’zlarning  –
нуқтаи 
назар
(
nuqtai  nazar),  ойнаи  жаҳон(oynai  jahon),  дарди  бедаво(dardi  bedavo)
 
kabilarning  ajratib  yozilishi  nazarda  tutilgan  (58-paragraf,  7-qoida).  Lotin  grafikasi 
asosidagi yangi o’zbek yozuvi imlosida bu qoidaga bitta o’zgarish kiritilgan: endilikda 
(yangi  yozuvda)  izofa  undosh  bilan  tugagan  so’zlarga  "i"  shaklida  (masalan  dardi 
bedavo  kabi),  unli  bilan  tugagan  so’zlarga  esa  "yi"  shaklida  (masalan,  nuqtayi  nazar 
kabi) qo’shiladi (65-qoida). 
16.Rus grafikasi asosidagi o’zbek yozuvi "qoidalari"ning 69- va                   71-
paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo’l ochadi: birikma 
muhim  yig’ilish  nomi  bo’lganda,  undagi  har  bir  so’z  bosh  harf  bilan,  birikma  muhim 
tarixiy voqea nomi bo’lganda esa undagi birinchi so’z bosh harf bilan, qolganlari kichik 


90 
 
harf  bilan  boshlanadi, 
Қрим  Конференцияси
  (69-paragraf  qoidasiga  mos)  – 
Қрим 
конференцияси
 (71-paragraf qoidasiga mos).  
Izoh:  birinchi  misolda 
Qrim  Konferensiyasining 
muhim  yig’ilish nomi  ekanligi, 
ikkinchi  misolda  esa  shu  birikmaning  muhim  tarixiy  voqea  nomi  hisoblanishi  nazarda 
tutilgan. 
 
Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  imlosida  shu  ikki  qoidadan  faqat 
bittasi saqlangan, unga ko’ra "Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi 
birinchi so’z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, 
Navro`z  bayrami  kabi"  (70-qoida).  Demak,  lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek 
yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo’yilgan, shu bilan 
mazkur qoidaning izchil bo’lishi ta’minlangan.  
 
17.Lotin  grafikasi  asosidagi  yangi  o’zbek  yozuvi  imlosining  "Ko’chirish 
qoidalari"da  rus  grafikasi  asosidagi  o’zbek  yozuvi  imlosida  berilmagan  quyidagi 
qoidalar bor: 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish