Pozitsion xususiyatlar - nutq tovushlarining so’z tarkibidagi o’rni (unlining urg’uli yoki urg’usiz bo’g’inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo’lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar.
Sintagmatik xususiyat – so’z yoki bo’g’in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi, birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo’ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar.
Singarmonizm – so’zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o’zaro uyg’unlashuvi, garmoniyasi.
Sheva – muayyan tilning o’ziga xos fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ega bo’lgan eng kichik qismi.
Lahja - fonetik, leksik va grammatik umumiylik asosida birlashgan shevalar yig’indisi. U dialekt nomi bilan ham ataladi.
Fonetika va fonologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |