4.Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo’limlarda o’zbek tilining lug’at boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lug’aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
5.Leksikografiya. Bu bo’limda lug’atchilik, lug’at tiplari va turlari, lug’atlarning tuzilish printsiplari, lug’at maqolalarining sxemalari, lug’atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.
6.Morfemika. Bu bo’limda so’z yoki so’zning grammatik shakllari tarkibidagi ma’noli qismlar – morfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |