Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.Giponimiya nima?
2.Gipo-giperonimik munosabatlarni qanday tushunasiz?
3.Graduonimiya hodisasi haqida ma’lumot bering.
4.Partonimiya hodisasini tushuntiring.
5.Giponimiya, graduonimiya va partonimiya hodisalarini tadqiq etishning qanday amaliy ahamiyati bor?
Tayanch tushunchalar
Giponimiya – lu’gat boyligidagi leksemalarning pog’onali aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari.
Giponim – tur tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Giperonim – jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan leksema.
Graduonimiya – leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi.
Partonimiya – leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo’lak munosabatlarining ifodalanishi.
O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti
Adabiyotlar:3[12-26],10[8-16],11[51-59],17[4-158],27[173-175], 29[69-174].
Do'stlaringiz bilan baham: |