H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


Tekshirish savollari va topshiriqlar



Download 1,41 Mb.
bet132/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Tekshirish savollari va topshiriqlar

1.Uzual va okkazional ma’nolar qanday farqlanadi?


2.Nima uchun uzual ma’no til birligi, okkazional ma’no esa nutq birligi sanaladi?
3.Okkazional ma’nolar qanday yuzaga keladi?
4.Okkazional ma’no uzual ma’noga aylanishi mumkinmi?
5.Birorta badiiy asar tilidan uzual va okkazional ma’nolarda qo’llangan leksemalarni toping.


Tayanch tushunchalar


Uzual ma’no – leksemaning semantik tarkibida bor bo’lgan leksik ma’no.
Okkazional ma’no – leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo’lmagan, ayrim shaxsning leksik qo’llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi.
Leksik qo’llash – leksemaning okkazional (nutqiy) ma’noda qo’llanishi.
Leksik monosemiya va polisemiya


Adabiyotlar: 4[63-70], 11[20-21], 19[67-73], 26[23-25], 27[79-81], 32[67-68], 89[59-61]


90-§. Leksik monosemiya (yunoncha: monos – «bir»+semia – «belgi») – leksemaning faqat bitta ma’noga ega bo’lishi. Masalan, o’zbek tilidagi guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo’lgan qismi» ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo’q.
Monosemiya hodisasi o’zbek tilshunosligida bir ma’nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma’nolilik ko’proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o’zlashtirilgan leksemalarning boshlang’ich ishlatilish davriga xosdir: to’rtburchak (matem.termin), gummaxona (yangi yaratilgan leksema), supermarket (yangi o’zlashtirilgan so’z) va b.lar.
Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o’zlashtirilgan leksemalar vaqt o’tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko’p ma’noli so’zlarga aylanib qolishi mumkin.
Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo’shiladi.106



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish