LEKSIK MA’NO TIPLARI
Adabiyotlar: 11[26-28], 19[73-78], 26[17-23], 27[89-95], 32[64-67], 35[64-65], 83[60-64].
97-§. Leksik ma’nolarning guruhlanishi. So’zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga - hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o’tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |