H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


Gul leksemasining okkazional ma’noda qo’llanishi quyidagi gapda yanada ko’proq voqe bo’ladi: «Gul yuzing ochib, ey gul



Download 1,41 Mb.
bet131/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Gul leksemasining okkazional ma’noda qo’llanishi quyidagi gapda yanada ko’proq voqe bo’ladi: «Gul yuzing ochib, ey gul, majlisim guliston qil». (Feruz).
Demak: a) uzual ma’no til birligi (leksik ma’no), okkazional ma’no esa nutq birligi (leksik qo’llash) sanaladi; b) uzual ma’no (yoki ma’nolar) kontekstgacha shakllangan bo’ladi, okkazional ma’no esa kontekstning o’zida yuzaga keladi, shu kontekst doirasidagina leksemaga biriktiriladi; d) uzual ma’no leksemaning biror predmet yoki hodisani nomlashi bilan bog’langandir (unda obrazlilik ifodasi bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin), okkazional ma’no esa nomlamaydi, unda obrazlilik ifodalanadi, xolos; e) uzual ma’no tilning lug’at boyligidan o’rin oladi, okkazional ma’no esa vaqt o’tishi bilan lug’at boyligiga kirib qolishi mumkin bo’lgan (hozirgacha kirmagan) potensial imkoniyatdir. Bunday imkoniyat amalga oshishi ham, oshmay qolishi ham mumkin. Chunonchi, o’girmoq leksemasining tilda quyidagi leksik ma’nolari bor: 1) biror tomonga qaratmoq, burmoq. Ra’no yuzini chetga o’girib, boshidagi ro’moli bilan yuzini artdi, uzun entikdi. («Mehrobdan chayon»dan.); 2) aziz-avliyolarga atab boshi yoki ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq: Oftob oyim erining bu so’zini eshtishi bilan Xo’ja Bahoviddin yo’liga o’girib qo’ygan yetti tanga pulini To’ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo’natdi. («O’tgan kunlar»dan.). Biroq, o’girmoq leksemasi keyingi yillarda «tarjima qilmoq» ma’nosida ham qo’llanmoqda: ”Shunisi diqqatga sazovorki, XIX asrlarda rus yozuvchilarining asarlari ham xorijiy tillarga ko’plab tarjima qilina boshlandi. Masalan, XVIII asr va XIX asrning boshlarida yaratilgan rus lirikasi namunalari va “Revizor” komediyasi nemis tiliga, N.V.Gogolning bir qancha nasriy asarlari fransuz tiliga o’girildi”. (G’.Salomov)
Bu nutqiy parchada o’girmoq leksemasining uslubiy qiymati ham yo’q emas: u tarjima qilmoq leksemasining kontekstda ikki marta takrorlanmasligiga erishish (leksik tavtalogiyaga barham berish) maqsadida ishlatilgan, shuning uchun bo’lsa kerak o’girmoq leksemasining «tarjima qilmoq» ma’nosida qo’llanishi asta-sekin odat tusiga kirib bormoqda. Demak, bu leksemaning ana shu okkazional ma’nosi uzual ma’noga o’tish jarayonini boshidan kechirmoqda deyishga asos bor.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish