H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet126/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

86-§.Vazifa semalari ham semema tarkibiga kiradi, ammo ular atash, ifodalash bilan birga leksemalarning nutqda o’zaro birika olishini (valentligini, distributsiyani), shu orqali gapda ma’lum vazifa bajarishini belgilaydi. Masalan, choy leksemasining leksik ma’nosi (sememasi) tarkibida «qayta ishlangan» «suyuqlik», «ichimlik», «quruq», «quritilgan», «choy o’simligi» semalari bor. Bu semalar choy leksemasining o’stirmoq, ichmoq, qaynatmoq va damlamoq fe’llari bilan birika olishini ta’minlaydi: choy o’stirmoq, choy damlamoq, choy ichmoq, choy qaytanmoq kabi. Biroq, choy leksemasi nutqda yemoq fe’li bilan birika olmaydi, bunga choy va yemoq so’zlarining leksik ma’nolaridagi semalar tarkibi yo’l qo’ymaydi.
Bir mazmuniy guruhga mansub leksemalarning sememalari qiyoslanganda, ularning semantik tarkiblarida integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar borligi ham ma’lum bo’ladi. Bunday semalar leksemalarni o’zaro birlashtirish va farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, o’zbek tilidagi amaki, amma, tog’a, xola, jiyan leksemalarining barchasida «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bor, shu semalar ularni bitta mazmuniy guruhga birlashtiradi, shunga ko’ra integral (birlashtiruvchi) semalar sanaladi; ayni paytda keltirilgan leksemalarning ma’no tarkibida farqlanish belgilari – differensial semalar ham mavjud: amaki sememasidagi «otaning akasi yoki ukasi» semasi tog’a sememasida yo’q, tog’a sememasidagi «onaning akasi yoki ukasi» semasi esa amaki sememasida uchramaydi, demak, bu ikki sema yuqoridagi ikki so’zning ma’nolarini farqlash imkonini beradi; amaki va amma, tog’a va xola sememalari ham «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bilan birlashadi, ammo «erkak» va «ayol» semalari bilan o’zaro farqlanadi; jiyan leksemasida esa «yoshi kichik», «akaning yoki ukaning farzandi» semalari farqlash vazifasini bajaradi.
Leksik ma’noni (sememani) tarkibiy qismlarga – semalarga parchalab o’rganish semasiologiyada komponent tahlil usuli deyiladi. Bu usul leksemalarning paradigmalarini, mazmuniy, tematik va hokazo guruhlarini aniqlashda qo’l keladi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish