H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet125/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

84-§.Atash semalari—semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ular ot, sifat, son, fe’l turkumidagi barcha leksemalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi.


85-§.Ifoda semalari semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir. Ular leksemalarning atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy munosabatlarni ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qo’llanishi doirasini belgilashga xizmat qiladi. Masalan,buyum va matoh leksemalari «tirikchilik-ro’zg’orda qo’llanadigan mol» ma’nosiga ega, ammo matoh so’zida bu leksik ma’no salbiy bo’yoq bilan qoplangan: «Jon ota, matohlarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib borib bering...» (X.Seitov.).
Ba’zan semantik tarkibida qo’shimcha ma’no qirrasi bo’lmagan leksemalar o’zi qo’llangan kontekst yoki nutqiy muhit talabi bilan uslubiy semali leksemaga aylanadi. Bu hodisa leksemaning o’ziga xos bo’lmagan kontekstda qo’llanishi tufayli sodir bo’ladi. Masalan, burun va tumshuq so’zlaridan har birining o’z konteksti bor: burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalarga nisbatan qo’llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatning yupqa lablari ko’karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi. (A.Qahhor); 2) Laylakning bo’yi novcha, tumshug’i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, Uyasidan ko’chganda. (Uyg’un). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so’zlari o’z kontekstida qo’llangan, shu bois ularda qo’shimcha ma’no qirralari, uslubiy baho ottenkalari ifodalanmagan. Ya n a m i s o l: U bir ko’ngli borib muttaham qozining tumshug’iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy.) Bu gapda tumshuq so’zi o’ziga xos bo’lmagan kontekstda – odamga nisbatan qo’llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat munosabatlari ifodalangan.
O’zbek tilida uslubiy bahoning morfemalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyijon, tili-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: 1) Mushfiq va mehribon oyijonim. O’z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma’zur tuting. (E. Samandar.); 2) Og’a, sog’ borsangiz avval Dadamlarga salom ayting, Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting. (Hamza); 3) Men uning tillarini kesib olaman, qo’limga bir tushsin yashshamagur. (E.Samandar.); 4) Bir oydan so’ng ko’zin yumib Mamaniyoz, Ko’kanchaga meros qopti bud-shud, oz-oz. (G’. G’.); 5) Seni o’zimdek bilaman. Ol, ukaginam. (S. Ahm.); 6) Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo’roz kuchukvoy. (G’. G’.).



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish