H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


TERMINLAR 87-§.Terminlar



Download 1,41 Mb.
bet127/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

TERMINLAR


87-§.Terminlar fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo’llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to’rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani so’zga (hujayra, to’qima) yoki turg’un birikmaga (o’q ildiz, popuk ildiz) teng bo’ladi. Har ikki ko’rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi.105
Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo’ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o’sadigan to’pgul yoki to’pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so’zga teng termin aslida leksemaning o’zidir, chunki u ko’pincha til sistemasida mavjud bo’lgan yoki shu tilning so’z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, natijada terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»)-tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda leksemaning mazmun plani (leksik ma’nosi) terminning mazmun planiga (tushunchaga) tengdir. Demak, terminlarda ko’pincha leksik ma’no bilan tushuncha o’zaro teng bo’ladi. Ba’zi sohalarda leksema o’zining ko’chma ma’nosida terminlashib qolishi ham mumkin, ammo bu hodisa juda kam uchraydi. Qiyos qiling: gul-botanikada: «o’simlikning urchish (ko’payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o’yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul leksemasi o’zining bosh ma’nosida botanikada, ko’chma ma’nosida esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o’zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko’p ma’noli termin bo’lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo’ladi. Masalan, urug’ leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo’lib keldi: 1) «o’simlikning urug’i» (ruscha: семья); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: род). Bunday polisemiya keyingi yillarda taksonomik kategoriya ma’nosidagi urug’ terminining turkum termini bilan almashtirilishiga sabab bo’lgan. Ba’zan termin o’ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so’zlari ham ma’lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo’llanadigan, barchaga tushunarli bo’lgan so’zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish