Gyote va jahon adabiyoti


G‘arbu Sharq dostoni” va o‘zbek adabiyoti



Download 26,08 Kb.
bet4/4
Sana18.04.2022
Hajmi26,08 Kb.
#560140
1   2   3   4
Bog'liq
Gyote va jahon adabiyoti

G‘arbu Sharq dostoni” va o‘zbek adabiyoti. Ma’lumki, Gyote Sharqni har taraflama va chuqur o‘rgangan edi. U o‘ziga xos, jiddiy tarzda, imkoni boricha ilmiy va badiiy adabiyotni mutolaa qildi, tarixiy, jug‘rofiy, iqtisodiy fanlar, yodgorliklar, sayyohlarning qaydlari, sharqshunoslarning ilmiy ishlari — bari-bari unga begona emasdi. Tayyorgarlik ishlari jarayonida shoir Gyote o‘zining sharqshunos, tilshunos, dinshunos, faylasufga xos iste’dodlarini namoyon etardi. Bu keng bilimlar shoirona ichki tuyg‘ular bilan omuxta bo‘lib ketar, yevropalik idroki ila bu murakkab va qiyin mavzudagi eng muhim qirralarni ziyraklik bilan ilg‘ab olardi. Natijada “G‘arbu Sharq devoni”da jahon tamaddudining ko‘plab muammolari olg‘a surildi.
“Devon”da Osiyo bo‘yicha dalolatlarning mo‘lligi va boyligi kishini hay-ratga soladi. O‘zbek adabiyotiga daxldor alohida dalolatlarga ko‘zimiz tushadi. Ma’lumki, mingyillik tarixga ega adabiyotimiz jahon madaniya-tining antiklik, ellinizm, renessans, romantizm, ma’rifatsevarlik singari barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. N.Konrad “Renessans va Alisher Navoiy” maqolasida “jahon madaniyatining o‘chog‘i” deb atagan hudud hozirgi O‘zbekiston zaminini ham o‘z ichiga oladi. N.Konrad ta’biricha, “Renessansning bu yo‘lidagi vakolatli vakili” bo‘lgan Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining asoschisi, turkiy tamaddunning yorqin vakili, Jomiyning do‘sti. Uning ijodida ko‘plab jahon madaniyatlari: yunon-rim, ellin, vizantiya, fors, arab, hind, xitoy va h.k. madaniyatlari, turli dinlar va etnik xususiyatlar tutashgandi. Shubhasiz, Gyote singari Navoiy ham jahon adabiyoti vakili.
Ko‘plab davlatlar O‘zbekiston tarixi bilan bog‘lik, ular: kushon saltanati, So‘g‘diyona, Xorazm davlati, Farg‘ona tamadduni, Amir Temur davlati, buyuk Boburiylar sulolasi, Xorazmdir. Ularni Hofiz, Sa’diy, Navoiy o‘z she’rlarida tarannum etganlar va Gyote o‘zining “Devon”ida tilga olib o‘tgan.
Taniqli tarixchi A. Toynnbi Farg‘ona vodiysi yangi tamaddun markazi bo‘lib qoladi, deb bashorat qilishi tasodifiy emasdi, Frantsuz olimi P.Levek “Ellin dunyosi” risolasida So‘g‘diyonani “O‘zbekiston elladasi” deb atagan. U ta’kidlaydiki, Samarqand mana shu ellin davlati hududida qad ko‘targan. Osiyo haykaltaroshlik maktabi bo‘lgan, fan tarixi Sharqning G‘arbga ta’siri to‘g‘risida ko‘plab misollar beradi. O‘zbekistonning ildizi yillarga borib taqaluvchi boy madaniyati turkiy madaniyatga chuqur kirgan, bu bilan Gyote Ditsning ilmiy asarlari orqali tanishgan. Gyote I.Kottega yozgan xatida Mollikat va Qur’on Karimdan tortib, Jomiygacha bo‘lgan sharq she’riyati va adabiyotiga alohida e’tibor qaratgan. Shu narsa muhimki, Gyote tuzgan ko‘rsatkichda “O‘zbeklar” degan band bor, bundan tashqari Xorazm, Samarqand, Buxoro shaharlari tilga olingan. “Devon”ning yettinchi bobi “Temurnoma” deb ataladi, u ikki kun — 1814 yilning 11 va 12 dekabri ichida yozilgan. Unga ikkita she’r kiritilgan: “Sovuq va Temur” va “Zulayho”. Izohlarda Gyote yozadi: “Sirasini aytganda, uni boshlash qolgan, xolos. Agar Nasriddinxo‘ja timsolini olib chiqish lozim bo‘lsa, fojia asarini kulgi bilan bejab chiqish mumkin…”. Gyote iltimosi bilan Dits Xo‘ja Nasriddin haqidagi beshta latifani tarjima qilgan va “Devon” uchun unga yuborgan. “Temurnoma” bitmay qolgan. Shu narsa e’tiborga molikki, Gyote o‘zbek xalqi tarixida, shuningdek, butun jahon tarixi va madaniyati katta rol o‘ynagan tarixiy shaxsga befarq bo‘lmagan.
Gyote o‘z ishi davomida tez-tez turkiy folklorga murojaat qiladi. U “Qo‘rqutnoma”, “O‘g‘uznoma” kitoblarini o‘rganadi, “Devon”da ayrim o‘rinlarda ulardan foydalanadi. Ayniqsa, shoir XIV asrga oid “Qobusnoma”dan qattiq ta’sirlanadi. Qobusnoma” nemis tiliga 1811 yilda tarjima qilingan edi. Uni o‘qigan, Gyote do‘stlariga ham o‘qib, fikrlarini boyitishni tavsiya qiladi. O‘zi esa “Evropa sharoitida o‘z hayoti haqida To‘g‘ri hukm chiqarish uchun ko‘plab ibratli narsalar topadi. Kitob 44 bobdan iborat, bu boblar nomlarini muallif “Devon”da keltirib o‘tgan.
Gyote she’rlari o‘zbek tilida ham xuddi asliyatdagidek yoqimli va jarangdor.
Gyote tarjima ishiga alohida ahamiyat beradi. Ma’lumki, tarjima — bu adabiyotlar o‘rtasida adabiy vositachi. O‘zbek adabiyotida Yevropa madaniyatiga katta qiziqish bilan qaraydilar va bu ham uning darajasini belgilovchi jarayonlardan biridir. Homer, Sofokl, Dante, Shekspir, Bayron, Paulo Koelo, Ibsen asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Gyote ijodidan “Faust”, “Yosh Verterning iztiroblari” va bir qancha she’rlar o‘zbek kitobxonlariga armug‘on etilgan. “G‘arbu Sharq dostoni” esa hali madaniyatimiz xazinasidan o‘z o‘rnini topganicha yo‘q va bu qutlug‘ ish o‘z egasiga muntazir bo‘lib turibdi.
Xulosa
Gyote ijodi — bu ma’naviyat va zakovatni hamma narsadan ustun qo‘yuvchi shaxsning tiklanishi va kamol topishi haqida ko‘plab afsonalar yaratilishi uchun bitmas-tuganmas manbadir.
Ushbu vazifani hal etishda Gyote Sharq qadriyatlari va yutuqlariga murojaat qildi. Sharq madaniyatini o‘rganar ekan, Gyote muhim xulosaga keladi: “Oliy ustuvorlikka ega bo‘lishda sharq she’riyatining asosiy fazilatini, biz, nemislar, ruh deb ataymiz… Biroq bunday imtiyozdan faqat shoir emas, balki butun xalq foydalanadi…”
Gyote tantanavor bunday deydi: “G‘arbni Sharqdan hech qachon ajratish mumkin emas”. U Hofiz sharofati bilan Kalderonni, Sharq sharofati bilan Yevropani, jahon adabiyoti sharofati bilan insoniyatni yaxshiroq tushunish mumkinligiga aslo shak keltirmaydi. Gyote “akedosh” so‘zini yaxshi ko‘rardi, uning she’riyatida “oyna” timsoli katta ahamiyat kasb etardi. G‘arbu Sharq uyg‘unligi sifatida turli madaniyatlarning o‘zaro aks etishini Gyote badiiy she’riy shaklda “Devon”da ko‘rsatib berdi. “Devon” kelajakka tomon betkay turibdi. Buyuk Gyotening so‘zi hali-hanuz dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Download 26,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish