Uskunalarni texnik ko’zdan kechirish. Bu tadbir planli ta’mirlashlar orasida grafik bo’yicha o’tkaziladi. Ko’zdan kechirishlar uskunalarga qarashning va ular ta’mirini sifatini ko’zdan kechirish maqsadida, shuningdek ta’mirlash maqsadini belgilash, o’rta va capital ta’mir qilish grafigini tuzish maqsadida o’tkaziladi. Texnik ko’zdan kechirishlarni smena katta mexanigidan PPR bo’yichatexnik va slesar ta’mirchidan iborat komissiya o’tkaziladi. Ko’zdan kechirish natijalari xar-bir tikuv mashinasiga aloxida tutilgan defektlar vedimostga yoziladi. Texnik ko’zdan kechirishlar ishdan tashqari vaqta va mashinalarni qisman qismlarga ajratib o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |