G’uzor sa’noat texnikumi "tasdiqlayman" G’uzor sa’noat texnikumi direktori: “ ” 2021 yil


Gazlamalarning enini, uzunligini o‘lchash va nuqsonlarini aniqlash mashinasi



Download 10,09 Mb.
bet85/101
Sana27.01.2022
Hajmi10,09 Mb.
#413806
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
O\'qitish materiallari to\'plami

14.2. Gazlamalarning enini, uzunligini o‘lchash va nuqsonlarini aniqlash mashinasi
Tikuvchilik korxonasiga material to‘quvchilik korxonalaridan nuqson topish stanoklarida ishlanib, bo‘yi, eni va boshqa xarakteristikalari ko‘rsatilgan tarzda keladi. Tikuvchilik korxonalarida materialdan nuqson topish takrorlanadi; bo‘yi va eni o‘lchanadi, nuqsonlari va tekis bo‘yalmagan joylari belgilanadi.
Tayyorlov bo‘limlarida materiallarning muayyan qalinligi va kengligiga moslangan mexanizatsiyalashgan nuqson topish-o‘lchash stanoklarining turli tiplari ishlatiladi.



14.3-rasm. Nuqson topish-o‘lchash stanogi. NS-59

Moskva eksperimental mexanika zavodi ishlab chiqaradigan nuqson topish-o‘lchash stanogining ishlash printsipini ko‘rib chiqamiz. Stanokda payvand konstruktsiyali korpus bo‘lib, unga qiya joylashgan nazorat taxtasi (14.3-rasm) mahkamlangan. Taxtada oyna yopib turadigan darcha bo‘lib, material shu darcha orqali lyuminestsent lampalar yordamida tag tomonidan yoritiladi. Yuqoridan ham material yoritkichdagi lyuminestsent lampalar yordamida yoritiladi. Material ruloni novga qo‘yiladi yoki skalkaning aylanishini yengillashtiradigan to‘rtta sharikli podshipnigi bor ikkita tayanchda aylanib turadigan skalkaga kiydirib qo‘yiladi. Dastani burib, qisuvchi valik tashuvchi valikdan uzoqlashtiriladi va ular o‘rtasidagi oraliqqa material uchi kiritiladi. Keyin ko‘tarilib qo‘yilgan qisgichni valda yuqori tomonga burib turib, materialni shtanga ustidan o‘tkazib, nazorat taxtasi bo‘ylab tortila boshlanadi. Material uchini pastga tomon olib tushib, skalkaga o‘raladi-da, uni yo‘naltirgichlarning pazlariga kiritiladi. Mashinaning o‘ng tomondagi panel tagidagi tugmachali ulagich yordamida nuqson topish-o‘lchash stanogi elektr manbaiga ulanadi. Pedal bosilsa, stanok ishga tushib, material yuqoridan pastga tomon surila boshlaydi. Ostki tashuvchi valiklar yordamida material rulon bo‘lib o‘raladi. Materialning eni lineykaga binoan vizual, bo‘yi esa hisoblagich yordamida nazorat qilib boriladi. Ishchi o‘lchab bo‘lingan material bo‘yichi ko‘rsatuvchi raqamlarni o‘chirish uchun richagni bosadi; kerakli raqamni o‘rnatish uchun dasta buriladi. Pedal materialni teskari yo‘nalishda, ya`ni pastdan yuqoriga tomon surishga xizmat qiladi. Material nuqsonini topish batamom tugab, bir to‘pning bo‘yi va eni o‘lchab bo‘lingandan keyin, ishchi dastani o‘ziga tomon burib, pedalni bosadi. Bunda yo‘naltirgichlar ishlovchidan pastga tomon buriladi va o‘ralgan material ruloni lentali konveyer ustiga tushadi. Pedal bosilganda konveyer rulonni chap tomonga, pedal bosilganda esa o‘ng tomonga suradi.


Nuqson topish-o‘lchash stanoklarining boshqa turlari bir qavat va ikki qavat materiallarning, kitob qilib taxlangan va rulon qilib o‘ralgan materiallarning nuqsonini topish imkonini beradi. Materialning surilish tezligini ulardagi rasmlar murakkabligiga va to‘qimachilik nuqsonlari soniga qarab 10-24 m/min oralig‘ida o‘rnatiladi. Stanoklar pedal yordamida boshqariladi. Bir qator tikuvchilik korxonalarida materiallar usti silliq, bo‘ylama va ko‘ndalang lineykalari bor bo‘yi 3 m li o‘lchash stollarida o‘lchanadi va nuqsonlari aniqlanadi. O‘lchanadigan material mexanik vositalar yordamida stolning uzunasiga suriladi, bunda elektromexanik belgilagich materialga har 3 m da bo‘r bilan belgi qo‘yib boradi. Materialning eni lineyka bo‘yicha har 3 m da tekshiriladi. Nuqson topish va material rulonini o‘lchash natijalari rulon pasportiga yozib boriladi va bu pasport to‘shama qavatlarini hisoblab chiquvchilarga beriladi.

Download 10,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish