Gurux
|
F.I.O
|
Ball
|
631-18
|
To’xtasinov Mahmudjon
|
|
1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Multimediyali aloqa tushunchasini o'rganish
Ishdan maqsad: Multimediyali aloqa tarmoqlari va ularda uzatiluvchi multimediyali trafik bilan tanishish
Nazariy qism
Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima qilinadi. Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarda mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Multimedia – texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy mahsulotlarni yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush “MEMEX” nomli xotirani tashkil qilish g‘oyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. “MEMEX” nomli xotiraning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, raqamlar, indekslar yoki alfabit tartibi bo‘yicha emas, balki mazmuniga qarab qidiriladi. “MEMEX” nomli xotira asosida gipermatn va gipermedia tizimlari yaratilgan.
Gipermatn - bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia - bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi hisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geyts “National Art Gallery of London” - “Londonning milliy san’at galereyasi” nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bunda multimedia dasturini yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va gipermedia tizimlaridan foydalanilgan.
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- bitta axborot tashuvchida katta hajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati (20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan ham ko‘p yuqori sifatli tasvirlar, 30–45 minutli video yozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari);
ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati (“lupa” rejimi). Tasvirning sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san’at asarlarini taqdimot qilganda foydalanish mumkin;
tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;
matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati.
Uzatish nuqtai nazaridan multimedia haqiqiy vaqtda uzatiladigan (Real Time–RT) yoki haqiqiy vaqtda uzatilmaydigan (Non Real Time–NRT) sinflarga bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga cheklashlarni talab etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday cheklashlarni talab etmaydi, lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo bo‘lmasligi uchun qat’iy cheklashlarga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun ikkita asosiy yondashushlar mavjud. Birinchi yondashish, yo‘qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlashga (Automatic Retransmission reQuest – ARQ) asoslangan. Bu yondashish transport sathidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli stekida qo‘llaniladi. NRT-axborotni xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha axborotlar uzatiladi. Bunday yondashuv TCP/IP protokolining shu stekida transport sathining boshqa protokoli UDP (User Datagram Protocol) da qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashuvchi, xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi (RT kabi NRT da ham) ilova, odatda paketlarni takroran uzatishda vaqt yo‘qotishlarini oldini olish uchun UDP ni qo‘llaydi.
RT - multimediali ma’lumotlarni diskret yoki uzluksiz oqim bilan uzatilishiga bog‘liq ravishda diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. O‘z navbatida SM xatoliklarga ruxsat beradigan va xatoliklarga ruxsat bermaydigan turlarga bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib esa olisdagi kompyuterda ishga tushirilgan ilovani tushunish mumkin.
Quyidagi bo‘limlarda multimedianing turlari va ularning xarakteristikalari, o‘tkazish qobiliyati, ruxsat etiladigan xatoliklar va real vaqt rejimining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |