O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
K I - 11 - 20- GURUH TALABASINING
Elektronika va sxemalar
FANIDAN
3-Mustaqil ishi
Bajardi: S.Uralova
Qabul qildi: M.Rustamova
Mavzu: Barqaror tok generatori.
Barqaror tok generatori ta’rifi
Barqaror tok generatorining sxemasi.
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi electron qurilma barqaror tok generatori (BTG)deb ataladi.Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai,zanjir parametrlari va temperatura o’zgarishlariga bog’liq bo’lmaydi. BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati o’zgarganda chiqish toki qiymatini o’zgarmas saqlashdan iborat bo’lib ,ular turli funksional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladi.
Barqaror tok generatori yoki manbai (BTG) katta nominalga ega bo‘lgan rezistorning elektron ekvivalenti hisoblanadi. BTG qarshiligi RYu yuklamaga ketma – ket ulangan maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarshilikdan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu vaqtda BTG yuklamadan kattaligi uning qarshiligi va boshqa ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan tok oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ma’lumki, qarshiligi birlik MOm ga teng bo‘lgan rezistorlarni integral sxema ko‘rinishida yasash mumkin emas.
1 – rasmda BTG prinsipial sxemasi keltirilgan.
1 – rasm.
Bu yerda Yu elementi nochiziqli yuklama, Ye1 – barqarorlangan kuchlanish manbaini bildiradi. Rezistor R0, hamda diod ulanish sxemasidagi VT1 tranzistor VT2 tranzistor sokinlik rejimini ta’minlash va barqarorlash uchun hizmat qiladi.
VT2 uchun ishchi nuqta uning chiqish xarakteristikasining pologoy qismida joylashadi (UB sxemadagi BT chiqish xarakteristikasi rasmiga qarang). UB ulanish sxemasida tranzistor juda katta chiqish differensial qarshiligiga ega bo‘ladi (birlik MOm gacha). Ulanish sxemasiga ko‘ra ikkala tranzistorning ham baza – emitter kuchlanishlari UBE bir xil bo‘ladi. IB2 toki IE2 tokidan yuz martaga kichik. Shu sababli, bu tokni hisobga olmasak, IE1 IE2 ga teng bo‘ladi, demak I2= I1. Natijada I2 chiqish toki I1 tokni aks ettiradi. I2 toki deyarli VT2 tranzisator kollektor o‘tishidagi kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, Ye2 kuchlanish yoki yuklamadagi qarshilik qiymatlari o‘zgarsa ham bu tok qiymati deyarli o‘zgarmas qoladi.
Kirish toki I1 ni o‘zgartirib, chiqish toki I2 ni boshqarish mumkin. Buning uchun tranzistorlarning emitter zanjirlariga R1 va R2 rezistorlar ulanadi. Bunday qurilma
Do'stlaringiz bilan baham: |