O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM” FAKULTETI TEXNOLOGIK TA’LIMI MET 18-5
GURUH TALABASI
Yassi tasmalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar
mavzusida servis xizmati fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Tayyorladi: Axmatov M.M.
Tekshirdi: _________________
Toshkent - 2021
Reja:
Kirish
I BOB Yassi tasmalar
Yassi tasmalar nma
Yassi tasmalarni tayyorlash
II BOB Yassi tasmalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Tasmali uzatmalar yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tashkil topadi.
Yetaklovchi shkivdvn xarakat va energiya yetaklanuvchi shkivga tasma orqali tasma bilan shkiv orasida xosil bo`ladigan ishqalanish kuchi xisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi xamda ishqalanish koeffitsienti qancha katta bo`lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta nagruzka qo`ysa bo`ladi. Odatda, taranglik tasmaning elastik deformatsiyasi hisobiga hosil qilinadi. Biroq, vakt o`tishi bilan tasma cho`zilib qolganligidan uning tarangligi kamayadi. Tasmali uzatma quyidagi afzalliklarga ega:
1. Tasmali uzatma xarakatni uzoq masofaga (15 metrgacha)
uzatish imkonini beradi.
2. Uzatma tekis va shovqinsiz ishlaydi.
3. Tasmali uzatma qo`llanilganda detallar o`ta nagruzkada
ishlashdan saqlangan bo`ladi, chunki nagruzkaning qiymati ortib ketganda tasma shkivlar ustida sirpanib nagruzkani uzatmaydi.
4. Uzatma detallari oddiy va arzon.
Tasmali uzatma quyidagi kamchiliklarga ega:
1. Tasmaning shkivlarda sirpanishi natijasida uzatish soni
doimiy bo`lmaydi, ya`ni: u const
2. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik.
3. Tasmaning tarangligidan valga tushadigan kuch katta.
4. Tasma bilan shkivlarning tutash sirtlarini moy tushishidan saqlash kerak, chunki moy uzatmaning ishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Tasmali uzatmalar bir necha belgilar bo`yicha tasniflanadi.
1. Tasmaning tarangligini xosil qilish usuliga qarab:
a) oddiy
b) taranglovich moslamali
2. Vallarning o`zaro joylashishiga qarab:
a) ochiq uzatmalar
b) ayqash uzatmalar
v) yarim ayqash uzatmalar
3. Tasmaning turiga qarab:
a) yassi tasmali
b) konussimon tasmali (ponasimon)
v) doiraviy tasmali uzatmalar
Yassi tasmaning ko`ndalang kesim shakli to`g`ri to`rtburchakdan
iborat bo`lib , uning afzalligi elastiklik xususiyati yax-
shiligidadir. Ponasimon tasmaning qo`ndalang kesimi teng yonli trapetsiya shaklida bo`ladi. Ponasimon tasmalar GOST 1284-89 bo`yicha 7 ta profilda tayyorlanadi. Bu profillar O, A, Б, В, Г, D, E harflari bilan belgilanib, ko`rsatilgan tartibda ponasimon tasmalarning ko`ndalang kesim yuzalari ortib boradi. Ya`ni, A profilli tasmaning ko`ndalang kesim yuzasi D profilli tasmaning ko`ndalang kesim yuzasidan kichkina bo`ladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishda har xil yuklarni joydan-joyga ko’chirish uchun tashish qurilmalaridan, asosan, konveyrlar deb ataladigan uzluksiz ishlovchi qurilmalardan keng foydalaniladi. Konveyrlardan foydalanilganda ishlab chiqarish bir maromda boradi va uni rostlab turish mumkin bo’ladi. Ko’p hollarda buyumlarni yig’ish. Detallarni bir stanokdan boshqasiga uzatish , ularni taxlash, shuningdek sexlar aro tashish ishlarini konveyrli transportsiz bajarib bo’lmaydi. Stanoklardan qirindini yig’ishda, uni tashishda bu vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Konveyr- avtomat ishlab chiqarish komplektiga kiruvchi asosiy mashinalardan biri.
Konveyrlar bir-biridan asosan tortuvchi va tashuvchi organlarning tipi bilan farq qiladi. Lentali, zanjirli, kantanli tortuvchi organlari bor va tortuvchi organlari bo’lmagan (gravitatsion, inersion, vintli) konveyrlar bo’ladi. Tortuvchi organli konveyrlar yuk tashuvchi organining turiga qarab lentali, plastinali, kajavali, qirg’ichli, kovshli, va boshqa xillarga bo’linadi. Ular uchun ish uchastkalarida yukning ish organi bilan birga harakatlanisha xosdir. Tortish kuchi yuk tashuvchi element (masalan, lentaning o’zi) yoki yukning nov yoxud to’shama bo’ylab surib chiqaruvchi, tortib chiqaruvchi element vositasida uzatiladi. Tortuvchi organi bo’lmagan konveyerlar uchun yukni va aylanma xarakat qiluvchi ish organlarini alohida-alohida (rolikli, vintli konveyerlar) yoxud qaytma-ilgarilama (masalan, inersion konveyerlar) harakatlantirish xosdir.
Yuk konveyerda mashina yuritmasi (elektr, pnevmatik) yordamida yoki uz og’irligi ta’sirida (gravitasion konveyer) siljishi mumkin. Sharoitga qarab, polga urnatiladigan yoki osma konveyerlardan foydalaniladi. Ishlash prinsipiga ko’ra konveyerlar uzluksiz ishlaydigan va odimli bo’ladi. Uzluksiz ishlaydigan konveyerlarda yuk tashuvchi organ uzluksiz harakatlanadi. Novlar ham tashish qurilmalarining shu turiga kiradi. Odimli konveyerlarda transportyor har gal oldinga surilganda undagi yuk bir odimga siljiydi
Yuklarni avtomat liniyaning bir agregatidan ikkinchisiga ikki usulda tashish mumkin. Birinchi usulda yuk bir uchastkadan ikkinchisiga operasiyalar orasida to’plab qo’yilmasdan tashiladi. Bu holda agar bitta agregatning to’xtab qolishi butun liniyaning to’xtab qolishiga sabab bo’lsa, bunday konveyer o’zgarmas konveyer deyiladi.
Ikkinchi usulda yuk (detalь yoki uzellar) operasiyalar orasida bunkerlar yoki magazinli qurilmalarda to’plab olinib tashiladi. Bu bilan avtomat liniyalar uchastkalarining sinxron bo’lmasligiga barham beriladi. Natijada jihozlarning bekor turib qolishi kamayadi va bir maromda ishlashi ta’minlanadi Bunday konveyerlar moslashuvchan (o’zgaruvchan) konveyerlar deyiladi.
Eguluvchan zvenoli mexanizmlardan mashinasolikda va texnikaning turli sohalarida juda keng foydalaniladi. Ular asosan aylanma xarakatlarni uzoq masofalarga uzatish uchun xizmat qiladi. Masalan, mashinalar dvigatellarida gaz taqsimlash valini zanjirli uzatmalar yoki tishli tasmali uzatmalar yordamida tirsakli valdan xarakatga keltiriladi.
Eguluvchan zvenoli mexanizmlar texnologik jarayonlarni bajarishda ham keng qo’llaniladi. Konveyirlarda sochiluvchan, donli va bo’lak – bo’lak yuklar uzluksiz tashiladi. Ularning tortish organlari asosan tasmali yoki zanjirli mexanizmlardir. Konveyerning yuk ko’tarish organlari lentali, plastinkali, kurakchali va aravachali bo’lishi mumkin. Konveyerlar 1 – 5 m/s tezlik bilan xarakatlanadi, ularning uzunligibir necha xil bo’lishi mumkin. Ular konlarda, metallurgiya zavodlarida ishlatiladi. Metallurgiya zavodlarida konveyerlardan detallarni qizdirishda, toblashda foydalaniladi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalarida ham zanjirli uzatmalar tortish organlari sifatida ishlatiladi. Masalan, tayyor buyumlarni quritishda konveyirlarning ishchi organi sifatida qo’llaniladi. Eskalatorlar – harakatlanuvchi zinapoyalar ko’rinishidagi ko’tarish – tashish qurilmasi bo’lib, kishilarni pastdan balandga va aksincha eltish uchun xizmat qiladi.Metropoliten stansiyalarida, ko’p qavatli jamoat binolari: magazine, teatr, vakzallarda ishlatiladi.
Eskalatorning zinopoyalari tortuvchi uzluksiz plastinkali zanjirlarga mahkamlangan bo’ladiva roliklarda yo’naluvchi izlar bo’yicha harakatlanadi. Ularning tezligi 0,5 – 1 m/s bo’lib, 30 -350 qiyalikda o’rnatiladi.
Eguluvchan zvenoli mexanizmlar yuklarni tik va qiya yo’nalishda uzluksiz tashiydigan qurilma – elevatorlarda ham tortish organi sifatida qo’llaniladi.
Eguluvchan zvenoli mexanizmlardan qishloq xo’jalik mashinalarda, tegirmonlarda ham foydalaniladi.
Fan texnika va iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida, ishlab chiqarishni jadallashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish sharoitida malakali kadrlar, yuksak darajada kasbiy, texnik va iqtisodiy tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislar nixoyatda zarur. Ular fan va texnikaning hozirgi darajasiga javob beradigan, keng umumiy ta’lim bilimlarni, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan yangi toifadagi kadrlarni vujudga keltiradigan sharoitda kamol topishi kerak.
Yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashda, kamol topdirishda ular yashaydigan hamda mehnat qiladigan ijtimoiy sharoitni, ya’ni xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarining fan va texnikaning eng ilg’or marralariga o’tishning ta’minlashini, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni mahnat unimdorligi yuksalishi ta’minlanishini hisobga olish zarur. Bularning hammasi mustaqil hayotga qadam tashlayotgan yoshlardan eng zamonaviy ma’lumotni, yuksak darajada aqliy va jismoniy barkamollikni, ishlab chiqarishni ilmiy – texnik va iqtisodiy asoslarini chuqur bilishni mehnatga ongli va ijodiy munosabatda bo’lishini talab qiladi.
Bugungi kasb – hunar kollejlari va oily ta’lim muassalari zamonaviy tafakurga ega bo’lgan ana shunday yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ijodiy faollik bilan amalga oshirish kerak.
Shunga ko’ra, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarda va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limning mazmunini emas, balki uning ko’rinishlarini, vositalarini hamda usullarini yanada rivojlantirish ko’zda tutiladi, har bir darsda o’qitishning faol usullarini kengroq qo’llashtavsiya etiladi. Shuning uchun dars xozirgi zamon darajasida ijodiy jarayon bo’lishi lozim.
Ushbu bitiruv ishining gipotezasi sifatida egiluvchan zvenoli mexanizmlarning turlarini, ishlatilish sohalarini, geometrik va kinematik parametrlarini mexanizmlarga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqlash usullarini o’rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |