Standart transport masalasi bir jinsli mahsulotlarni bir nechta ombordan ko`plab iste`mol punktlariga etkazib berishning tejamli rejasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bunda transport xarajatlari tashilayotgan mahsulot xajmi bilan to`g’ri proportsional va bir birlik maxsulot tashish uchun tariflar jadvali yordamida beriladi.
Transport masalasi iqtisodiy jihatdan quyidagicha qo`yiladi. Qandaydir bir jinsli mahsulot uchun m ta ombor va va n ta iste`molchilar mavjud. Bu mahsulotning bir birligini iste`molchilarga etkazib berish xarajat tariflari hamda ombordagi mahsulot zahiralari berilgan. Xar bir iste`molchining ehtiyojlari xam ma`lum. Omborlardan mahsulotlarni iste`molchilarga etkazib berishning shunday rejasini topish kerakki, yuklarni tashish bilan bog’liq xarajatlar eng kam bo`lsin.
Bu erda m ˗ omborlar soni ; n – iste`molchilar soni; a
i ˗
i ombordagi zahiralar miqdori; b
j ˗ j – mahsulotga bo`lgan ehtiyoj; s
ij ˗ i ombordan j˗chi iste`molchiga bir birlik yuk etkazib berish xarajati; x
ij ˗ i ombordan j˗chi iste`molchiga etkazib berish kerak bo`lgan yuk xajmi.
1. Maqsad funksiyasi barcha yuk tashishlar uchun zarur bo`lgan umumiy harajatlarni anglatadi. 2 cheklaniashlar sistemasi ihtiyoriy ombordagi zahiralar xajmi shu ombordan iolb ketilishi kerak bo`lgan mahsulotlar xajmi bilan bir hil bo`lishi lozimligini bildiradi. 3 cheklanishlarga ko`ra biror iste`molchilarga etkazib berilgan mahsulot ularning ehtiyojlarini to`la qanoatlantirishi lozim.
Transport masalasi yopiq deyiladi, agar quyidagi munosabat o`rinli bo`lsa:
5.
Boshqacha aytganda, jo`natilayotgan mahsulotlarning xajmi shu mahsulotlarga bo`lgan umumiy ehtiyojlarga teng bo`lishi kerak. Aks xolda transport masalasini ochiq masala deb ataladi.
Transport masalasini quyidagi jadval orqali ifodalash ham mumkin:
Yuk tashish jadvali 1-jadval
Transport masalasining yechimi mahsulotlarni tashishning optimal rejasi deb ataladi.
Keltirilgan ma`lumotlarni konkret masala yordamida bayon etamiz. Bu masala uchun matematik model’ quramiz. Buning uchun ishni quyidagi ketma˗ketlikda hal qilamiz:
1) o`zgaruvchilarni belgilash;
2) balans shartlarini tekshirish. (5)
3) maqsad funksiyasini qurish ;
4) cheklanishlar sistemasini yozish.
Masala. Uchta bog’dorchilik xo`jaligi to`rtta ko`tara savdogarlarga (iste`molchilarga) yashiklarda apel’sin etkazib berishi lozim. Iste`molchilarning kunlik ehtiyojlari mos ravishda 60, 40, 90 va 60 yashiklarni tashkil qiladi. Bog’dorchilik ho`jaligi esa kuniga mos ravishda 50, 120 va 80 yashik apel’sinlarni etkazib bera oladi. Bir yashik apel’sinni iste`molchilarga etkazib berish xarajatlari 1˗jadvalda keltirilgan.
Ho’jalik
|
Savdogarlar (iste’molchilar)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
5
|
1
|
5
|
8
|
2
|
4
|
4
|
2
|
5
|
3
|
2
|
3
|
6
|
8
|
YUklarni iste`molchilarga etkazib berishning optimal rejasini toping.
Modelni quyidagi ketma˗ketlikda quramiz:
1) i ˗ chi ombordan j ˗ chi iste`molchiga etkazib berilishi kerak bo`lgan yashiklar sonini aij
2) Apel’sinlarning umumiy xajmi va talabning tengligini aniqlaymiz;
(40+50+10)=(30+20+90+60)
Bundan masalaning yopiq ekanligi haqida hulosa chiqarish mumkin;
3) Apel’sinlarni iste`molchilargaga yetkazib berishning kundalik xarajatlari quyidagi formulalar yordamida topiladi:
4) Masalaning cheklanishlarini yozamiz. Bu balans satrlar va ustunlar bo`yicha quyidagicha yoziladi:
Shu masalamizni Excel dasturida ishlashni ko’ramiz.
Excel dasturida bizga kerak bo’ladigan joylarni ajratib olamiz.
So’ngra harajatlar matritsani to’ldirib chiqamiz hamda talab ko’ra qiymatlarni kiritamiz.
Talabga ko’ra qiymatlar jadvaldagi qiymat teng bo’lishi uchun. Quyidagilarni kiritib chiqamiz.
So’nra <<Формулы>> menyudan, <<Математические>> bo’limidan, <<СУММПРОИЗВ>> ni tanleymiz
So’ngra quyidagi oyna chiqadi.
Bu oynadan <<Массив1>> ga harajatlar matritsasini belgilaymiz.