BIZNES JARAYONLARIDA MOLIYAVIY MENEJMENT.
РЕЖА
1 Moliyaviy menedjment tushunchasi.
2 Biznes jarayonlarida moliyaviy ta’minot menejmenti.
3 Biznes jarayonlarini moliyaviy rejalashtirish .
4 Biznes tuzulmasining soliq va boshqa to‘lovlar menejmenti.
Annotatsiya.
Kalitso’zlar: Moliya, biznes, subekt, daromad, xarajat, amortizatsiya, buxgalteriya, soliq, aktiv (xom-oshyo, ehtiyotqismlar, zahiralar investitsiyalarni
1 Moliyaviymenedjmenttushunchasi.
Moliya arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “Pul mablag‘lari” yoki “Majburiy to‘lovlar” ma’nosini anglatadi. Bu erda maqsadli pul fondlarini xosil qilish, jamlash, taqsimlash va ularni ishlatish yuzasidan vujudga keladigan tizimli iqtisodiy munosabatlar tushuniladi.
Biznesjarayoniningsubektlaripulmunosabatlarigakirishganidamoliyapaydobo‘ladi. Moliya-biznesjarayonisubektlariningdaromadva xarajat borasidagi iqtisodiy munosabatlaridir. Har bir biznes egalari o‘z resurslarini qanchalik yaxshi ishlatsalar , shunchalik kup daromad oladilar. Daromad biznes subektning ixtiyoriga kelgan tushumdir. Bu erda bir subektning daromad topishi, boshqa bir subektning xarajat qilishini bildiradi. Biznes egalari xonadonlarga tovarlar sotganda va xizmatlar ko‘rsatganda daromadlar oladi , xonadonlar esa xarajatlarqilishadi. Xuddi shu yo‘sinda, davlat xam, xarajat-daromad ishida ishtirok etadi. Davlat ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatgani uchun daromadlar va soliq shaklida pul oladi va bu firmalardan tovar va xizmatlar , xonadonlardan resurslar sotib olgan chog‘ida xarajatlarqiladi. Moliya munosabatlari – bu biznes jarayonida subektlarning moliya resurslari xususidagi o‘zaro iqtisodiy alokalaridir. Bu iqtisodiy aloqalar yalpi ichki mahsulot va milliy boylikni taksimlash,ishlatish yuzaga keladi. Moliya mexanizmi – bu turli moliya vositalari bo‘lib , soliq , subsidiya , subvensiya , jarima , dotatsiya , moliyaviy me’yorlar va boshkalardan iborat. Bular, biznes faolikni rag‘batlantirish yoki iqtisodiy qonunbuzarlikni jazolash uchun qo‘llaniladi. Biznes jarayonida yaratilgan daromadlar taksimlanadi: birinchidan qilingan daromad foyda sifatida firma ixtiyorida koladi ; ikkinchidan firmada ishlovchi xodimlarga tegadi ; uchunchidan soliq shaklida davlat oladi. Moliyalashtirish biznes faoliyatining pul bilan ta’minlanishidir.
Moliyaviymenejmentmutaxasisitillarnibilishi, tarix, geogarafiya, xalqlarmadaniyati, urfodatlari, valyutalarkursi, soliq, kredit, ssuda, sug‘urtavabirqatorboshqailmlardanhabardorbo‘lishitalabqilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |