4. Xodimlarni rag‘batlantirish
Xodimlarni rag‘batlantirish uchun nima qilish kerak?
E’tibor qaratish kerak bo‘lgan 24 ta g‘oya.
Xorijiy va maxalliy kompaniyalarning xodimlarini rag‘batlantirish muvaffakiyatli rag‘batlantirishga misollar:
Xodimni rag‘batlantirish usullari:
1.Xodimlarni maqtab turish kerak. Xodimlarni maqtab turish ularni rahbariyatga va kompaniyaga nisbatan layoqatli bo‘lish omilidir. Rahbargao‘z xodimini maqtash yoki minnatdorchilik bildirish qiyin emas. Masalan: kotibaning uchrashuvlarni to‘g‘ri rejalashtirigani uchun maqtash mumkin.
2. Xodimlarni ismini aytib murojaat qilish. Kichik kompaniyalarda rahbarlar barcha xodimlarni ismini yoddan bilishadi. Ammo xodimlar soni ko‘payishi bilan barcha xodimlarning ismini yodda saqlash qiyinchilik tug‘diradi. Bir kompaniyada uzoq muddatda ishlab kelayotgan xodimga rahbari uni ismini bilishligi katta ahamiyatga ega.
3. Qo‘shimcha ta’til yoki dam olish taqdim etish. Ko‘pchilitk rahbarlar shuni ta’kidlaydiki, kompaniya tomonidan xodimga otgul, ishga kechrok kelish yoki ertarok ketish imkoniyati ko‘rinishidagi dam olishlarni taqdim etilishlari xodimlar uchun katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga bunday imtiyozga ega bo‘lish uchun xodimlar tegishli xarakat qilishlarit lozim.
4. Esdalik sovg‘alarini taqdim etish. Xodimni ushbu ko‘rinishda rag‘batlantirish
Bugungi kunda xech kimda shubha yo‘qki, har qanday kompaniyaning muhim resursi uning xodimlaridir. Biroq barcha rahbarlar bu resurslarni kanchalik boshqarish qiyinligini tushunishadi. Har qanday kompaniyaning muvaffaqiyati uning xodimlarini mehnat unumdorligiga bog‘liq.
Rag‘bat bu shaxsga tashqi ta’sir bo‘lib, uning maqsadi faoliyat yo‘nalishini belgilaydi, tashkilotdagi xarakatini belgilaydi.
Rag‘batlantirishdan maksad kishini yaxshi ishlashi uchun turtki berishdir.
Mexnat faoliyatini rag‘batlantirish turlari: rag‘batlantirish yakka va jamoaviy, moddiy va nomoddiy ko‘rinishda bo‘ladi. Moddiy rag‘batlantirish pullik va pulsiz ko‘rinishga ega. Pulli ko‘rinishda ish xaki, mukofotlar, ustamalar, kompesatsiyalar, qo‘shimcha tshlovlar ko‘rinishidabo‘ladi. Pulsiz kurinishda, ya’ni maishiy xizmat ko‘rsatish, yo‘llanmalar, uy-joy, mehnatsharoiti kabi bo‘ladi. Nomoddiy rag‘batlantirish ham ijtimoiy va ma’naviy ko‘rinishlarga ega. Ijtimoiy- ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlarida ishtirok etish, karorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etish, lavozimni usishi, yuqori mavkega ega mexnat faoliyati bilan shug‘ullanish va boshqalar.
Ma’naviy –maqtov, minnatdorchilik bildirish, faxriy yorliklar bilan taqdirlash, ordenlar va medallar, faxriy unvonlar takdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |