Guruh talabasi Toirov Shaxzodning “Biznes boshqaruv asoslari” fanidan



Download 0,5 Mb.
bet13/39
Sana15.05.2021
Hajmi0,5 Mb.
#64504
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
biznez reja

Biznes-jarayon – bu ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yordam beradigan o‘zaro bog‘langan operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tuzilmaviy bo‘linmalar funksiyalari hamda ularning o‘zaro aloqalari oldindan aniq belgilangan va qat’iy tasdiqlangan.

IT tadbirkorlik amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari ham turlicha.

IT tadbirkorlik amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyatning asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:

-elektron marketing (Internet-marketing);

-elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuningdek ularni sug‘urta qilish;

-buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsiyalari;

-bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni birgalikda ishlab chiqish;

-mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish;

-biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar va h.k.);

-transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari.

Tadbirkorlik faoliyati O‘zbekistonda ko‘p asrlik tarixga ega. O‘zbekiston katta hajm iqtisodiy resurslarga ega bo‘lgan lekin, o‘z sanoatga sarflashdan manfaatdor bo‘lmaganlar. Ular xom ashyo xarid qilib, tayyor mahsulotoarni respublikaga olib kelganlar.

SHunga qaramasdan, XIX asrning oxirlarida tadbirkorlikning bozor shakli rivojlana boshladi. Sanoat, bank, savdo kapitali vujudga keldi. Marg‘ilonda 1868 yilda birinchi bo‘g‘ dvigateli bilan ishlaydigan sanoat korxonasi ishlay boshladi. XX asrning boshlarida bu erdagi tadbirkorlarning shuhrati boshqa davlatlarga ham yoyildi.

Jumladan, O‘zbekistonda Doitboy Xo‘jaev, Fo‘zailov, Qalandarov, Xokimboev, Abdullaev, Davidov kabilarning tadbirkorlik faoliyati monopoliya darajasiga ko‘tarildi. Lekin ularning egalari chet elliklar edi (Eron va O‘rta Osiyo davlatlari bilan aloqalarni amalga oshiruvchi Moskva savdo-sanoat uyushmasi, aka-uka SHlossberglar uyushmasi, Emil Sindel hissadorlik jamiyati va h.z.). Mazkur firmalarning ko‘plab filiallari bo‘lib, ular paxtani qayta ishlash bilan shug‘ullanganlar.

1912 yilda mavjud zavodlarning 96 tasi chet el firmalariga qarashli bo‘lgan. Ularning ayrimlarigina chet ellik tadbirkorlar bilan raqobat qila olgan. Lekin shunga qaramay vatandoshlarimiz o‘ziga yarasha yutuqlarga erishgan.

SHu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi. Tadbirkorlik faoliyati nima? Bizneschi? Tadbirkor deganda, o‘z mablag‘i yoki qarzga olingan mablag‘ hisobiga tavakkal ish yurituvchi shaxs faoliyati tushuniladi.“Siyosiy iqtisod” ensiklopediyasida “tadbirkor” tushunchasi haqida ma’lumot berilmagan, lekin tadbirkorlik daromadi haqida ma’lumot, unda tadbirkorlik daromada xususiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq, deb tushuntiriladi. YA’ni, unda notijorat, ijtimoiy tashkilotlar faoliyati tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga olmaydi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, biznes maktablarida o‘qitilayotgan “Ekonomiks” darsligi tadbirkorlik qobiliyati haqida gap ketadi. Bu faoliyat iqtisodiy resurs sifatida ta’riflanadi. Muallif faoliyat mohiyatini uning vazifalaridan kelib chiqib, yoritadilar:Tadbirkor – er, kapital va mehnatni uyg‘unlashtirgan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish jarayonida qo‘llashni o‘z zimmasiga oladi.Tadbirkor sham va katalizatorni yoquvchi, shu bilan birga, ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchi va vositachisi bo‘lib, iqtisodiy resurslarni faoliyat yuritish va foyda olishga sarflaydi. Tadbirkor – yangi mahsulotlar, yangi texnologiyalar, hattoki biznesni tashkil etishning yangi turlarini tijorat asosida amalga oshiradigan shijoatkor shaxs.

Tadbirkor – murakkab masalalarni (faoliyat yuzasidan) o‘z zimmasiga oladigan shaxs. Tadbirkor – xatarga tik qaraydigan kishi. Buni yuqoridagi vazifalardan xam ko‘rish mumkin.

Kapitalizm tizim tadbirkorlikni, foyda olishni kafolatlamaydi. Uning harakat va qobiliyati oxiri bankrot bilan tutashi mumkin. Qisqacha qilib aytganda tadbirkor vaqtini, mehnatini, faolligi va mablag‘ini (shaxsi, sherigi yoki hissadorlarning) xatarga ko‘yadi. Jan Batist Sey (1767-1832) kapitalistik xo‘jalikda tadbirkorlik faoliyatiga e’tibor bergan olimlardan biri hisoblanadi. Uningcha tadbirkor –shijoatkor, g‘ayratli, ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanadigan inson. Ingliz iqtisoschisi Xayek Fridrix Avgust birovlarning hohishiga bo‘ysunmaydigan, mustaqil ish yuritadigan, lekin kishilik jamiyati konunlariga zid ish yuritmaydigan kishilarni tadbirkor deb hisoblaydi. O‘zbekistonda amal qiluvchi qonunchilikka asosan tadbirkorlik faoliyati deb, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlar tomonidan daromad olish maksadida o‘z mulklari miqyosida va tavakkalchilik asosidagi faoliyatiga aytiladi. Tadbirkor korxona egasi, sohibkor deb ta’riflansa Qodirov A . SHodmonov M.SH., Juraev T.J. darsliklarida «Tadbirkorlik – foyda olishga karatilgan faoliyat» deyiladi. Matveev V.G.: «Tadbirkorlik ist’emolchilarni har xil tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlaydigan turli xildagi faoliyat turi» - deb ta’rif beradi. Bizningcha tadbirkorlik faoliyati doimo foydaga qaratilmaydi. Ijtimoiy tashkilotlar, jumladan biz dissertatsiya ishida tahlil etgan biznes – inkubator faoliyatining maqsadi foyda emas. Qariyalar, etimxonalar qurgan kishini biz tadbirkor deb ataymiz. Hayriya ishlari ham tadbirkorlik xisoblanadi. Biz tadbirkor deganda o‘z mablag‘iga yoki qarz hisobiga tavakkal ish yuritadigan, shijoatkor, yangiilikni tezda ilg‘ab oladigan, jamiyatga foyda va naf keltiradigan kishilarni tushunamiz.

Olimlarning fikrlaricha dunyoda mavjud bo‘lgan insonlarning 15-20% gina tadbirkorlik faoliyati bilan shung‘ullana oladi. Amerikaliklar tadbirkorlikni mamlakatning oltin fonda deb hisoblaydilar.

«Tadbirkor» va «biznes» tushunchalari o‘rtasida nazariy jihatdan farq bo‘lsada, amaliyotda ular o‘rtasida farqni ajratish qiyin.

Biznes – «ish», «faoliyat» tushunchasini ifodalaydi, uning o‘ziga xos xususiyati bor. Tadbirkorlik qonun doirasidagi faoliyat hisoblansa, biznes – qanday bo‘lishidan qat’i nazar, pul topishga karatilgan faoliyat hisoblanadi.

Tadbirkorlik ilmining asoschilari deb R.Kantilon, A.Smit, J.B.Sey, D.Klark, Y.SHumpeter, F.Xayek kabilarni aytib o‘tish mumkin .

“Tadbirkor” tushunchasini birinchi marta XUSH asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga ingliz iqtisodchisi R.Kantilon (1680-1734) kiritgan. U tadbirkor sifatida muayyan bahoda o‘zgalarda tovarlar sotib olib, uni ma’lum baholarda sotib, belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishi deb qaraydi, tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi.

Tadbirkorlik tashabbuskorlik faoliyati bo‘lib, shaxsiy moddiy mas’uliyat asosida foyda olishga yo‘naltirilgan. Foyda, daromad va xarajatlar ayirmasi bo‘lganligi uchun ham tadbirkorlikni biznes deb atash mumkin, ammo biznesning maqsadi har doim ham foyda olish hisoblanmaydi.

Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi, faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining hatti-harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so‘zining sinonimlari bo‘lib, ma’lum ma’noda, tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda, biznes — kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faolligi.

Tadbirkorlik faoliyati biznesning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi, uning turli sohalarida amalga oshiriladi. «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, tadbirkorlik — fuqarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo‘naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati bo‘lib, u fuqaroning o‘z nomidan, o‘zining tavakkalchiligi bilan hamda o‘zining yoki yuridik shaxsning (korxonaning) mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladi. SHunday qilib, tadbirkor to‘la yoki qisman moddiy mablag‘ga yoki moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan g‘ayratli inson bo‘lib, u ushbu resurslarni o‘z ishini (biznesini) tashkil qilish uchun ishga soladi. Uning tomonidan bunyod etilgan firma (tashkilot, shirkat, korxona) mamlakatdagi taraqqiy etayotgan kichik biznesning bir qismiga aylanadi. Dunyo amaliyotida hozirgi kungacha katta va kichik korxonaning ajratib beruvchi yagona mezon o‘rnatilmagan, ular bir-biridan ajratuvchi alohida belgilarini aniqlash korxonalarning muhim sohalari bo‘yicha umumiy belgilari katalogini bunyod etish orqali amalga oshirilmoqda. Jamoaviy, shirkat, oilaviy, xususiy korxonalar, firma va boshqa yuridik maqomga ega bo‘lgan korxonalar katta yoki kichik korxonalar bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha qilib aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlar yoki ularning vakillarini ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida"gi Qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishidir".

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslari konsepsiyasi, dasturlari, amalga oshirish mexanizmi, yo‘llari, yo‘nalishlari, vositalari, usullari, chora- tadbirlari majmui. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati, dasturlari, mexanizmi va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga mas’ul davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmui hisoblanadi.

Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali oydinlashadi:

-tadbirkorlikning sub’ekti kim bo‘lishi mumkin? O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida» gi Qonunga muvofiq, balog‘at yoshiga etgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan Qonunga zid bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin;

-yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni, mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko‘rinishga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyatan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo‘lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini ko‘rsatishish mumkin:

1. YAngi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari - innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.

2. Ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.

3. Maqsad jihatidan tadbirkorlikning quyidagi ikki turini ajratish mumkin:

a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilganlar;

b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog‘liqni saqlash) erishishni maqsad qilganlar.

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

-SHug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilimga egalik.

-Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati.

-Iqtisodiy jarayonlar haqida chuqur fikrlay olish.

-Qonunlarga itoatkorlik.

-Innovatsion faollik.

-Maqsad sari intiluvchanlik.

-Tashkilotchilik.

-Tejamkorlik.

-O‘z so‘zining ustidan chiqish.

-Ruhiy poklik va halollik.

Bozor iqtisodiyotining muhim prinsipi iqtisodiy tanlov bo‘lib, bunga ko‘ra, eng tadbirkor, eng ishbilarmon, eng yaxshi ishlab chiqaruvchi, eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi raqobatda yutib chiqadi. Iqtisodiy tanlovning o‘zi bo‘lishini belgilaydi. Totalitar iqtisodiy tizimda tanlov bo‘lmaganidan daromadlar bir tekisda taqsimlanib, kishilarni iqtisodiy jihatdan tenglashtirishga intilish etakchi o‘rinda turadi, boy bo‘lish taqiqlanadi, daromadlar ma’lum miqdor bilan cheklanadi. Natijada, yashirin iqtisodiyot vujudga keldi.

Tadbirkorlik bozor iktisodietiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshkacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish buyicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida tadbirkorlikka kuyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir.

Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi. Bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.

Tadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:

Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qonunga muvofik balogat eshiga etgan xar bir fukaro o‘z mulki asosida eki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtier etgan Qonunga zid bulmagan faoliyat turi bilan shugullanishi mumkin.

Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil kurinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish moxiyat jixatidan davlat, jamiyat axamiyatiga molik ish bulmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruxini aloxida ko‘rsatish mumkin:

-yangi tovar yoki xizmat loyixasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shugullanadi;

-ishlab chikarishni tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar;

-tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shugullanuvchi tadbirkorlar.

Uchinchidan, maqsad jixatidan tadbirkorlikning ikki turini:

a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad kilgan;

b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muxofazasi, yosh avlod tarbiyasi, soglikni saklash) erishishni maqsad kilgan turlarini ajratish mumkin.

Tadbirkorlarga xos xususiyatlar kuyidagilardan iborat:



  1. SHugullanaetgan soxa buyicha ilm, bilimga egaligi.

  2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul kilish buyicha tashabbuskorlik kobiliyati.

  3. Iqtisodiy jaraenlarni chukur fikrlay olish.

  4. Qonunlarga itoatkorligi.

  5. Innovatsiyachilikning faolligi.

  6. Maqsad sari intiluvchanlik.

  7. Tashkilotchilik.

  8. Tejamkor bo‘lishi.

  9. O‘z so‘zining ustidan chikish.

  10. Ruxiy poklik va xalolligi.

  11. O‘z jamoasi uchun ko‘rashuvchanlik.

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:

-Mulk munosabatlarining uygunlashuvi. Bozor iktisodieti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi:

-egalik kilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la xukumronlik kilish: sotish, ijaraga berish, xadya etish;

foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;

operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish buyicha mulkni boshkarish huquqini joriy etish.

Tadbirkorlarga o‘z kobiliyatini to‘la namoen etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi:

- maxsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi;

xamkorliklarngi mustakil tanlash;

-mablaglarni qonunga zid bulmagan soxalarga mustakil sarflash erkinligi va x.k.;


  1. Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom ashe xarakati uchun sun’iy goyalarning yukligi.

  1. Bozor infratuzilmasining mavjudligi.

Bunga kuyidagilar kiradi:

-tijorat banklari;

-tovar, fond, mexnat, valyuta birjalari;

-tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;

-ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;

-ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k.



  1. Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni ximoyalovchi Qonunchilikning mavjudligi.

  1. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to‘lash, tabiiy boyliklardan foydalanish buyicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish