Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 18 iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab etdilar.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a’zolari, komissiya raislari va muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» hususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar.
19 iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20 iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayna ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi. Sessiyada qabul qilingan «Mustaqillik Deklarantyasi» kirish qismiga quyidagicha yozib qo‘yildi:

«O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huqukini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalari, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”.