1991 yil 18 avgustda Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat komitetini tuzadi. Bu voqea “GKCHP voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi. GKCHP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. SHu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmokchi, milliy respublikalarning o‘z xalqi manfaatlarini o‘ylab qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladilar. - 1991 yil 18 avgustda Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat komitetini tuzadi. Bu voqea “GKCHP voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi. GKCHP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. SHu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmokchi, milliy respublikalarning o‘z xalqi manfaatlarini o‘ylab qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladilar.
- O‘zbeknstonning rahbari bu vaqtda Hindiston safarida bo‘lib, Respublika rahbarining yo‘qligidan foydalangan O‘zbekiston SSR vitse-prezidenti va O‘zbekiston Kompartiyasining ikkinchi kotibi O‘zbekiston SSR hududida SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash haqida ko‘rsatma berib yuboradilar. I.Karimov Favqulodda holat e’lon qilinganini eshitib, zudlik bilan Toshkentta qaytadi va O‘zbekiston SSR hududida GKCHPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko‘rsatma beradi.
1991 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Soveti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazadi. Unda so‘zga chiqqan I.Karimov har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerakligini, boshimizga tushgan sinovlar, noaniq davr va sharoitdan, avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yig‘ishtirib, insof va vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishmiz kerakligini" alohida ta’kidlab o‘tadi. 1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi. - 1991 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Soveti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazadi. Unda so‘zga chiqqan I.Karimov har birimiz og‘ir va vazmin bo‘lishimiz kerakligini, boshimizga tushgan sinovlar, noaniq davr va sharoitdan, avvalambor, aql va idrokimizni bir joyga yig‘ishtirib, insof va vijdonni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan chiqishmiz kerakligini" alohida ta’kidlab o‘tadi. 1991 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |