Guruh talabasi salomova manzuraning



Download 34,05 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2022
Hajmi34,05 Kb.
#453732
1   2   3   4
Bog'liq
Devoni lug’otit-turk

Tadqiqotning obyekti .M.Koshg`ariyning “Devoni lug`otit turk” asari (Toshkent.”Fan”.1967) tashkil qiladi.Shuningdek, Belyayev, Brokkelman kabi chet el olimlari hamda Solih Mutallibov kabi o‘zbek olimlaring “Devoni lug‘otit turk” asari ustida olib borgan tadqiqot ishlari va qo‘lyozmalari ham tadqiqotning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. “Devoni lug‘otit turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalarini o‘rganish va ularning keyingi davr adabiyotiga ta’sirini o‘rganish hamda bularni fanga tatbiq etish tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi ta’lim va tarbiya jarayonini davr talablari asosida, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga mos ravishda uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda yangi pedagogik texnologiya darajasida, shuningdek, o’qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishning mazmuni, shakllari, metod va usullarini izlash, ishlab chiqish, milliy pedagogika fanining talablari asosida maktab adabiy ta’limida ro’y bergan o’zgarishlarni amaliyotga tatbiq etish yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omillaridan hisoblanadi. Badiiy asar – yuksak estetik qadriyat. U o’sib kelayotgan yosh avlodning axloqiy izlanishlari manbai hamdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishning ahamiyati o’quvchilar ma’naviyati xususida to’xtalib, quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’atadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” Mamlakatimizda istiqlol tufayli turk ellari adabiyotini yaxlit o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Ma’lumki, kelib chiqishi bir – biriga yaqin, qarindosh bo’lgan xalqlarning tarixi, madaniyati, rivojlanishi bir ildizga borib taqaladi. Bu xalqlarning urf – odatlarida, rasm – rusmlarida, xalq og’zaki ijodida bir – biriga o’xshash holatlar juda ko’p ko’zga tashlanadi. Albatta, tarixiy taraqqiyot tufayli, keyinroq ayrim farqlar ham vujudga kelgan. Jumladan, biz o’rganayotgan turk ellari adabiyoti ham xuddi shunday tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirgan. XX asr boshlarida ota – bobolari bir bo’lgan turk qavmlarini birlashtirish, ularning aloqalarini mustahkamlash uchun ko’p harakatlar bo’ldi.
O’zbek nasrining ilk manshalari dastlab xalq og’zaki ijodi bilan bog’lanadi. Xalqimiz tilida ming yillar davomida nasldan naslga, og’izdan og’izga ko’chib yurgan ertaklar, qissalar, shubhasiz, o’z ibtidosini juda qadim zamonlardan oladi. O’rta Osiyo xalqlarining uzoq tarixga ega bo’lgan adabiyotini o’rganish unda nasrning nazm bilan yonma-yon taraqqiy etib kelganligini ko’rsatadi. Odam yozuvni ixtiro qilganidan boshlab badiiy tafakkur hosilalarini u yoki bu darajada bayon etishga o’rgangan ekan, demak, u boshqa janrlar qatorida nasrga ham murojaat etgan. Afsuski, biz nasrning ana shu ilk namunalariga ega emasmiz. Lekin bu janrning bugun bizga ma’lum namunalari o’rtasid «Avesto», «O’rxun-Enisey yodgorliklari» singari muhim manbalarning mavjudligi O’rta Osiyo xalqlari adabiyotida nasrning o’ziga xos yo’l bosib o’tganligi va rang-barang boyliklarga ega bo’lganligini ko’rsatadi.
Ma’lumki, O’rxun-yenisey yodgorliklari, O’rta Osiyo xalqlarining VIVIII asrlarga oid qimmatli yodgorliklari bo’lib, unda qabr toshlariga o’yib yozilgan ta’rix, marsiya va turli hujjatlar badiif ifoda etilgan.O’zbek xalqi turkiy tilda eng qadimgi davrlarda yaratilgan asarlarga merosxo’rlardan biri bo’lib qolmasdan, O’rta Osiyo va Eron territoriyasida arab va fors-tojik tilida maydonga kelgan madaniy yodgorliklarda ham o’z hissasini ko’radi. Chunki arab tarixchisi Tabariy, Mas’udiy, Saolibiy, Bal’amiy kabilarning asarlarida O’rta Osiyo xalqlari og’zaki ijodining ko’p namunalari mavjud. Chunonchi, O’rta Osiyo va Eron xalqlari o’rtasida eng qadimiy davrlardan boshlab mashhur bo’lgan Kayumurs, iyovush, Jamshid to’g’risidagi afsonalarning mufassal bayoni va variantlari Tabariyning «Tarixi Tabariy» asarida, shuningdek, shu afsonalarning ayrim variant va xronologiyasi haqida qiziqarli fikrlar Beruniyning «Al osorul-boqiya an-alqarun-ul holiya» kitobida ham keltiriladi.
X-XII asrlarda yozilgan M. Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” kabi asarlari butun turkiy xalqlarning umumiy adabiy merosi bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari faqat lug’at, ya’ni so’zlarining arabcha izohli tarjimasidan iborat bo’lib qolmasdan, balki u arablargacha bo’lgan davrdagi adabiyot namunalarini o’zida jamlab kelgan ajoyib badiiy asar ham bo’lib hisoblanadi. Chunki unda xalq og’zaki ijodiga oid turli maqollar, hikmatli so’zlar, qo’shiqlar, iboralar, dostonlardan parchalar ko’plab keltirilgan. Olti mingga yaqin turkcha so’zlarga arabcha izohlar berilgan. Ko’pgina turkiy qabila va urug’larning tarixi, etnografiyasi, ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli va boshqa tomonlari haqida ham bu kitobda ma’lumotlar beriladi. Ushbu jihatdan bu asar o’z davrining qomusiy asari darajasiga ko’tarilgan. Jahon ilmi va madaniyati tarixida bu xildagi asarlarning dastlabki namunalari sifatida “Devoni lug’atit turk” asari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Chunki bu davrgacha jahon tarixida hech kim tillarni bir – biriga qiyoslab o’rganmagan edi. M.Koshg’ariy bu asarni yozishda juda katta material to’plagan. Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizi bo’ylarigacha bo’lgan hududda yashayotgan turk qavmlarining tilini tekshirdi .Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Ma’lumki, u 1008 yilning boshida Qoshg‘ar shahri yaqinidagi Opal qishlog‘ida tug‘ilgan. 1105 yilda 97 yoshida olamdan o‘tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag‘anasi, deya nom olgan bo‘lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi.
Mahmud Qoshg‘ariy butun Sharqqa mashhur bo‘lgan Songra madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi. So‘nfao‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi. “ Devoni lug‘atit turk” asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she’r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan.
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan bo’lib, keyinchalik u uch kitob hajmida chop etildi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” nomli asari ham turkiy tilda yozilgan birinchi badiiy doston bo’lib, u didaktik, ya’ni pand – nasihat xarakteridagi asardir. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarini 1069-1070 yillarda yozib tugatgan, uni qoraxoniylardan bo’lgan Tabg’ach Bug’roxonga bag’ishlagan. Asar aruz vaznining masnaviy shaklida yozilgan bo’lib, 73 bobni tashkil etadi. Bunda ijtimoiy hayotning ko’p tomonlari qalamga olingan. Jumladan, ilm-hunar egallash, til o’rganish va so’zlashish odobi, hokimiyat va hukmdorlar to’g’risida, odob va axloq, ma’rifat to’g’risida bahs yuritiladi. Asarda Kuntug’di, Oyto’ldi, Ugdulmish, Uzg’urmish kabi ramziy obrazlar vositasida muallif o’z dunyoqarashlarini ifoda etadi. “Qutadg’u bilig”da turkiy xalqlarning XI asrdagi tili yaqqol sezilib turadi. Unda arabcha va forscha so’zlar nisbatan oz uchraydi. Bu kitob tez orada katta shuhrat qozondi. Uni “Turkiy Shohnoma” ham deb atay boshladi. Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq” nomli didaktik asari ham umumturkiy xalqlarga tegishli deb qabul qilingan. Kitobning avtori va yaratilgan yili haqida ma’lumotlar nihoyatda kam berilgan. Asarning til xususiyatlaridan kelib chiqib, uni XII-XIII asrlar o’rtasida yaratilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Bu kitobda ham odob – axloq, ilm – ma’rifat masalalari ko’tarilib chiqilgan. Shunisi xarakterliki, mazkur asarda din va shariat masalalariga tasavvuf falsafasi nuqtai nazaridan yondoshilgan. Shu boisdan bo’lsa kerak Alisher Navoiy “Nasoyimul muhabbat” nomli kitobida Ahmad Yugnakiyni mutasavvuf shoirlar qatoriga qo’shadi.

Umumturkiy adabiyotlardan yana biri sifatida “O’g’iznoma” eposini ko’rsatish mumkin. Bu asarda turkiy xalqlarning kelib chiqish tarixi har bir urug’ning shajaralari ko’rsatilgan. Asarda ko’plab she’riy parchalar ham keltirilgan. O’g’izxonning tug’ilishi bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar, uning davlatni boshqarish, el-yurt obodonchiligi, turkiy xalqlarning mustaqilligi, baxti uchun olib borgan kurashlari tasvirlangan.


Biz bu yerda qadimgi turk eposlaridan ayrimlari haqida qisqacha to’xtalib o’tdik, xolos. Shuning o’zi ham turk ellari qadimdan juda yuqori darajadagi madaniyatga ega bo’lganligidan darak beradi. Bularni jamlab, jahonga ko’rsatadigan vaqt keldi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, ko’pgina turk olimlari va yozuvchilari o’z asarlarini arab va fors tillarida yaratgan. Bu soha ham chuqur tadqiqotlar olib borishni taqoza etadi.
Devonu Lug‘otit Turk, Mahmud Qoshg‘ariyning qalamiga mansub bo`lib, Bog’dodda 1072-1074- yillar mobaynida yozilgan Turkcha-Arabcha lug`atdan iborat asardir. Turkiy tilining ma`lum va mashhur eng qadimgi lug`ati bo`lib, G`arbiy Osiyoning yozma Turkchasi haqida mavjud eng qamrovli va muhim til yodgorligidir. Qo`l yozma nushasi 638 sahifa va 9000 ga yaqin Turkcha so`z va jumlaning tafsiloti bilan birga Arabcha va boshqa tillardagi izohlarini o`z ichiga olgan. Shuningdek Turklarning tarihiga, geografik tarqalishiga, qavmlariga lahja (sheva)lariga va yashahs shart-sharoitalriga oid qisqacha kirish va matnlarni qamragan ma`lumotlar mavjud. Eski (klasik) Arab leksikografiyasi (lug`at ilmi)ning tamoyillariga ko`ra tayyorlangan lug`at, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy qavmlar haqidagi batafsil ma`lumotlari bilan birga, Arab filologiyasi (til bilimi) borasida ham asosli tahsil olganligini yaqqol namoyon qiladi.Lug`atnig mavjud yagona yozma nushasi 1266-yilda Shomda qaytadan nashr qilingan va 1915-yilda Istambulda Ali Amiri Afandi (1857-1923) tomonidan tasodifan topilgan. (Faqat oldingi asrlarda Antepli Ayniy va Kotib Chelebi ham Devondan bahs etganlar.) Ali Amiri yozmasi 1917-yilda Talat Posho (1874-1921) boshchiligoida Kilisli Rifat Bilganing (1873-1953) nazorati ostida chop etilgan bo`lib, butun dunyo Turkologlarining diqqat e`tiborini o`ziga jamlagan. 1928-yilda Turkolog Carl Brockelmann, tafsilotli izohlari bilan lug`atni Nemischa tarjimasini nashrdan chiqargan. Besim Atalayning zamonaviy (modern) Turkcha tarjimasi 1940-yilda Turk Dil Kurumu (Turk Tili Jamiyati) tomonidan chop etilgan. So`nggi yillarda Robert Dankoffning Devonu Lug‘otit Turk tarjiamsi, yangi malumotlar natijasida ba`zi muhim izohli o`zgartirishlarga sabab bo`lgan. “Devonu lugʻatit turk”ni oʻsha davrlarda Markaziy Osiyo minta-qasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Bu asar ustida tadqiqotlar olib borgan Fitrat, S. Mutallibov, I. V. Stebleva, V. V. Reshetov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov kabi olimlar Mahmud Koshgʻariyni qadimgi turkiy tillarni oʻrganishga buyuk hissa qoʻshgan oʻz davrining oʻta bilimdon olimi ekanligini taʼkidlaydilar. “Devonu lugʻatit turk” 3 tomda oʻzbek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Koshgʻariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan oladi.Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarini kashfiyoti va nashr qilinishi Turk bilimi (Turkologiya) tarihida yangi bir yol ochgan favqulodda hodisa bo`lib hisoblanadi. Mahmud Qoshg‘ariyning Devonu Lug‘otit Turk Kitobi paytida yozilgan u zamonga nur sochuvchi boshqa bir kitobi yo`qolgan. Mahmud Qoshg‘ariy Devonu Lug‘otit Turk kitobiga yozishni shunday boshlaydi: Asragan, qo`riqlagan Tangrining nomi bilan. “Ollohning, davlat quyoshini Turk burchlaridan tug`dirganini va Turklarning diyori ustidagi samoning barcha doiralarini aylantirganini ko`rdim. Olloh ularga Turk ismini berdi. Yer yuziga hokim qildi. Jahon imperiyasi Turk irqidan chiqdi. Dunyo millatlarining tizgini Turklarning qo`liga berildi. Turklar Olloh tomonidan barcha qavmlardan ustun qilindi. Haqdan ayrilmagan Turklar, Olloh tomonidan haq uzra quvvatlantirildi. Turklar bilan birga bo`lgan qavmlar aziz bo`ldi. Bunday qavmlar, Turklar tomonidan har qanday orzulariga yetdi. Turklar, o`z himoyasidagi millatlarni, yomonlarni yovuzligidan himoya qildi. Jahon hokimi bo`lgan Turklarga hamma muhtoj, ularga dardini anglatish, shu tarzda har qanday istak va xoxishlariga erishish uchun Turkcha o`rganishi kerak.
Mahmud Kоshg’ariy o’zining “Devоnu lug’оt-it turk” (turkiy tillar lug’ati) asari bilan butun dunyo turkiy xalqlarinining bоy xalq tilini jamlab o’ziga xоs devоn tuzdi va bunga mazkur xalqlarning turli lahjalari, urf-оdatlariga оid qimmatli materillarni ham kiritib, o’ziga xоs qоmusiy asar yaratib berdi. Mazkur asar butun dunyo tilshunоs va turkshunоs оlimlarining e`tibоriga tushdi Jumladan, “Devоnu lug’оt-it turk”ni 1982 yilda AQSh Chikagо universiteti turkshunоslari Rоbert Denkоff va Jоn Kellilar ingliz tiliga tarjima qilishdi. Asarning har uchchala qismi uning turkcha nashridan amalga оshirildi. Bu xayrli ish tufayli оkean оrti xalqlari ham Mahmud Kоshg’ariy ijоdidan bahramand bo’lishdi. Hоzirda mazkur manbaa tufayli turkiy maqоl va hikmatlarni ingliz tiliga tarjima qilish masalasiga оid bоy tajriba yaratildiki, tarjimashunоslik fani оldiga bu juda qiziqarli va dоlzarb bir masalani qo’yadi.Mahmud Kоshg’ariy XI asrning eng buyuk kishilaridan biridir. Uning “Devоnu lug’оt-it turk” asari jahоn turkоlоgiya fanining nоdir manbalaridan hisоblanadi. Uni tоm ma`nоda turkshunоslikning lisоniy-adabiy qоmusi deb atash mumkin. Ayni paytda ushbu asarda o’sha davr turkiy xalqlarining fоl klоri, tarixi, mifоlоgiyasi va geоgrafiyasiga dоir qimmatli ma`lumоtlar berilgan.Devоnu lug’оtit turk” asari dunyo yuzini ko’rishi bilan ilk qоmusiy turkshunоsga jahоn оlimlarining nazari tushdi. Bugungi kunga qadar mazkur asar bo’yicha juda ko’p tadqiqоtlar yaratildi. Ammо hanuzgacha bu tadqiqоtlarni tugallangan darajaga yetdi, deb bo’lmaydi. “Devоn” bo’yicha hali munоzarali muammоlar anchagina. Shulardan biri asarning yozilgan yili bo’yicha. Ayrimlar uni 1072 yilning 25-yanvarida yozishga bоshlanib, 1073-1083 yillarda yakunlangan, deyishadi. Shuningdek, asardagi lug’at birliklarining sоni 7500dan 9000 tagacha ekanligini ta`kidlashadi.Mahmud Kоshg’ariyning qaysi millatga mansubligi ham juda katta baxslarga sabab bo’lmоqda. Uni ayrim оlimlar uyg’ur, turkman, o’zbek, turk yoki qоzоqlarning biriga mansubligini aytishadi. Uni turkman ekanligini ham ta`kidlashadi. Ammо biz Mahmud Kоshg’ariyning aynan bir turk millatiga mansubligini asоsli, deb aytоlmaymiz. Chunki u davrda turkiy qabilalar endigina millat sifatida shakllanib kelayotgan edi. Mahmud Kоshg’ariy ularni bir maxrajga birlashtirdi. Kоshg’ariy yozgan asar tili o’sha davr Markaziy Оsiyodagi turkiy xalqlarning adabiy tili ekanligini yana bir bоr ta`kidlash lоzim.Taniqli turkshunоs оlim E.V.Sevоrtyan shunday deydi: “Hоzirgi zamоn turkiy tillarini “Devоn” bilan sоlishtirganda, ular o’rtasida juda katta mushtaraklik bоrligi tayin. “Hоqоniy” degan atamaning o’zi ham Qоraxоniylarning sultоni Bug’ra Hоqоn nоmidan оlinganligi ma`lum. Prоfessоr T.Gadjievning yozishicha, bugungi juda ko’p turkiy tillardagi antrоpоnimlar etnоnimlarga aylangan. Shuning uchun ham turk etnоslarini bir-biridan ajratishda qiyinchiliklar kelib chiqib turadi. Masalan, turkmanlarni “Devоn”dagi Mahmud Kоshg’ariyning turkmanlar va o’g’uzlar haqidagi fikrlari ko’prоq qiziqtiradi. A.K.Kurishjanоvning ta`kidlashicha, Mahmud Kоshg’ariy tоmоnidan qipchоq lahjasi deb atalgan so’zlar bоshqa turkiy tillarga ham daxldоr. Ayni paytda bоshqa turkiy lahjalarga daxldоr deb atalgan so’zlar qipchоq dialektiga ham taalluqlidir. Bu adоlatli fikr.Mahmud Kоshg’ariyning “Devоnu lug’оtit turk” asariga asar muallifining o’zidan bоshqa real bahо beradigan kishi yo’q. U jumladan, shunday deydi: “Men bu kitоbni alifbо tartibida tartib berdim. Unga turkiy xalq maqоllari, to’rtliklari, fоl klоr qo’shiqlari va nasriy namunalardan bezak berdim. Men kitоbni o’quvchiga tushunrali bo’lishi uchun undagi tushunilishi qiyin bo’lgan jihatlariga tushuntirishlar berdim. Bunga yillab mehnat qildim. Ayniqsa, dоnishmandlik xususiyatiga ega bo’lgan maqоllarga ahamiyat qaratdim. Ular halqning baxti va baxtsizligi, yaxshi va yomоn kunlarini o’zida aks ettirgan bo’lib, uning qadriyatlari darajasiga ko’tarilgan.
Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “De-vonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning qoʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Koshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik dos-ton, ishqiy qoʻshiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, sheʼrlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshgʻariy devonida keltirilgan VIII – XI asrlarga oid turkiy sheʼriyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga oʻtish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy sheʼriyat na-munalarida ishlatilgan boʻlib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday sheʼrlarni muallif oʻzi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq sheʼriyatida keng tarqalgan boʻlib, bu bahr ohangi turkiy sheʼriyat tabiatiga mos kelishidan boʻlsa kerak.
“Devon”dagi epik doston-qoʻshiqlar koʻproq jangnoma xarakterida boʻlib, baʼzi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Oʻygʻurlar bilan jangnoma”, Yabaku bilan jangnoma” deb nom qoʻyilgan. Ular oʻz mazmuniga koʻra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglar tasvirlangan epik rivoyatlariga oʻxshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa sheʼriy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mehr va qahr tuygʻulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, oʻzaro nizo-adovatlardan oʻkinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi gʻoyaning yetmasligi ushbu qoʻshiqlar koʻproq islomdan ilgarigi ogʻzaki sheʼriyat namunalari zkanidan darak beradi. Qadimgi epik qoʻshiqlardan “Devon”da saqlangan ikki yirik asar koʻpchilikning diq-qatini tortib keladi. Bulardan biri “Ali Er Toʻnga marsiyasi” va ikkinchisi – “Qish va yoz” munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda maʼlum maʼnoda turkiy el oʻzining sevimli qahramoni, xoqoni va yoʻlboshchisigagina emas, boy berilgan imkoniyatlari, parchalangan elati, tushkunlikka yuz tutgan turkiy imperiyadagi maʼnaviy yoʻlsizlik holatiga ham koʻz yosh toʻkadi, motam qiladi. Bu qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodidagi “yigʻi” janrining adabiylashgan namunasi desa boʻladi. “Qish va yoz” munozarasi turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan birinchi yorqin namunasi boʻlib, unda turkiy elatlarning butun tabiati, yashash, tafakkur tarzi, sevinchlari, qaygʻulari batafsil aks etgan. Ayniqsa, tabiatga mehr goʻzal ifoda topgan. Asar majoziy tasvirlar, tashbehlar, istioralar, jonlantirish va yengil kinoyalarga boy. Uni oʻqiganda chorva-dor turkiy elatlar hayoti, faoliyati, tabiiy muhit koʻz olidingizda yaqqol gavdalanadi:
Alin topu yashardi, Urut oʻtin yashirdi, Koʻlning suvin kushardi, Sigir buva mungrashur.
Mazmuni:
Togʻ boshlari yashardi, Qurugʻ oʻtni yashirdi, Koʻl suvlari toshurdi, Sigir, buqa maʼrashur.
Bu bahor tasviri. Qish tasviri aksincha:
Keldi asin asnayu, Qozqa toʻpal usnayu. Kirdi budun qusnayu, Kara bulit koʻkrashur.
Mazmuni:
Keldi shamol huvillab, Boʻron boʻlib gʻuvillab, Xalq titrashur uvillab, Qora bulut guldirar.
Bu manzaralar chorvadorlar hayoti uchun islomdan oldingi davrda ham, keyinchalik ham xarakterli edi. Bu janrda jangaoma va marsiyalar singari dramatizm ruhi juda kuchli. Shu bilan birga romantik surur ham mavjud.
Devonda islom davr sheʼriyati asosan ishqiy, falsafiy-didaktik, madhiyaviy qasida va sheʼr namunalari bilan namoyon boʻlgan. Unda ham mazmun, ham shakliga koʻra Ahmad Yugaakiy dostoniga asos boʻlgan toʻrtliklarni eslatuvchi “aaba” qofiyali oʻn bir hijoli par-chalar uchraydi:
Yagʻa erur yoʻliguqin nangi tavar, Bilig eri yigʻisin nelik sevar, Tavar yigʻib suv aqin indi saqin, Qoʻrum kabi izisin qoʻdi suvar.
Mazmuni:
Dushman erur insonga molu tovar, Olim odam yovini qanday sevar, Mol yigʻishni sel kelish deb Mol egasini tosh kabi yumalatar.
“Devon”dagi birgina madhiyaviy qasidadan parcha ayol kishiga – malikaga bagʻishlangan. U tashakkurnoma yoʻsinda yozilgan boʻlib, aruz vaznining “munsari” bahriga toʻgʻri keladi. Falsafiy-didaktik qasida va masnaviylar pandnoma yoʻsinida boʻlib, turkiy elatlar maʼnaviyatiga xos boʻlgan bunday yoʻnalish “Devon-”da koʻproq aks etgan. Ularda ilm oʻrganish tashviq etiladi, jaholat, kibru havo qoralanadi, saxovat va himmat, mehmondoʻstlik ulugʻlanadi, mol-dunyoga hirs qoʻyish, baxillik va ochkoʻzlik fosh qilinadi, ota-onani hurmatlash, ularning soʻziga quloq osishga daʼvat etiladi. “Devon”da mardlikni ulugʻlash, hushyorlikka, dushmandan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi baytlar ham pand-nasihat qato-rida uchraydi:
Bilga eran savlarin algʻil oʻgut, Ezgu savi ezlasa oʻzga singar. Ardagi tila oʻgraning, boʻlma quvaz, Ardashsizin – oʻgunsa angma angar.
Mazmuni:
Olim kishi soʻzidan olgil oʻgit, Ezgu soʻzni eshitsang dilga singar. Ilm-hikmat oʻrgangin, boʻlma qaysar, Himmati yoʻq maqtanchoq yoʻl yoʻqotar.
Bu ilm-hunarga tashviq, olimga hurmat haqida boʻlsa, quyidagi bayt mehmondoʻstlik xususida:
Kelsa qali yagʻligʻ boʻlib yoʻnchigʻ uma, Kelur anigʻ boʻlmish anigʻ tutma uma.
Mazmuni:
Kelsa agar xonang uzra gʻarib mehmon, Bor narsanshi oddiga qoʻy, boʻl mehribon.
“Devonu lugʻatit turk”da keltirilgan qasida va qatralar mazmun jihatdan oʻsha davrning turkiyzabon shoiri Yusuf Xos Hojib dostoni mavzulari bilan juda uygʻundir. Shu jihatdan kam undagi parchalarni Ahmad Yugaakiyning “Hibat ul-haqoyiq”iga va Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari orasidagi davr sheʼriyatiga mansub ekanligini tan olish mumkin. Hatto dunyoning oʻtkinchi va bevafoligi, inson taqdirining oʻzgaruvchanligi haqidagi misralar ham bu tasavvurni taʼkidlab turadi:
Koʻzum yapsh savruqub quzi aqar, Bilnib ajun emgagin tugal uqar, Emgaksizmi turgʻu yoʻq munda tamu, Ezgulugug koʻrmazib ajun chiqar, Ajun quni yoʻdduzi tutchi tugʻar.
Mazmuni:
Koʻzim yoshi tirqirab quyi oqar, Anglab dunyo gʻamini tugal uqar, Mashaqqatsiz hayot bunda aslo, Ezgulikni koʻrmasdan ulur bigar, Tugʻilgan zot dunyoda mangu porlar.
“Devon”da, oz boʻlsa-da, dunyoning yaratilishiga oid, yaʼni kos-mologik mavzudagi satrlar ham uchraydi:
Tangri ajun toʻrutti, Chigʻri uzu tazginur, Yulduzlari chargashib, Tun-kun uza yurganur. Yaragti yashil chash, Savurdi urung qash, Tizildi qaraqush, Tun-kun uza yurganur.
Mazmuni:
Tangri olam yaratti, Falak doim aylanur, Yulduzlari saflashib, Tun-kun uzra burkanur. Yaratti yashil osmon, Yudduzlar yoʻli samon, Qoraqush yulduz-mezon, Tun-kun uzra burkanur.
“Devon”dagi sheʼrlarning badiiy saviyasi yuqori ekanligi, ularni yaratgan shoirlarning juda maʼlumotli boʻlgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekanligi olimlar tomonidan taʼkidlanadi.Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.3 «Qutadg‘u bilig»ning she’r tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni to‘liq keltiramiz.
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi,
Tang tangri keldi,
Tang tangri o‘zi keldi.
Turunglar qamug‘ baglar, qadashlar,
Tang tangrig ogalim.
Korugma kun tangri,
Siz bizni kuzating,
Korunugma ay tangri,
Siz bizni qurtgaring.
Tang tangri,
Yidlig‘, yiparlig‘,
Yarug‘lug‘, yashuqlug‘
Tang tangri
Tang tangri.
“Devon”da she’rlardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy ikki afsonani ham keltirgan. Shu afsonalardan biri – “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi – yil hisobi to‘g‘risidagi afsonadir. Afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir (1, 331-332). Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qo‘y yili, maymun yili, tovuq yili, it yili, to‘ng‘iz yili.
Shuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (Yoz va Qish munozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor.
Mahmud Koshgʻariy asarida dunyo xaritasi doira shaklida chizib koʻrsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasogʻun, Shosh, Oʻzgan, Isfijob, Margʻinon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador koʻrsatilgan. XI asr jugʻrofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova kilinishi Koshgʻariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.
Xuloaa
Xulosa qilib aytganda, Mahmud Koshgʻariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, toʻplash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-joʻgʻrofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan maʼlumotlar VIII – XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham ogʻzaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai boʻlgani sababli imkon doira-sida batafsil tavsif etildi.
Chindan ham “Devoni lug‘atit turk” qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi.
Mahmud Qoshg‘ariy qonun va tartibga rioya qilishga da’vat etish bilan birga hayotni bebaho ne’mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulug‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda “Devoni lug‘atit turk” butun ma’naviy badiiy xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi to‘g‘risidagi dostonga aylandi.
Asar bosh g‘oyasi bitta falsafiy fikrga yo‘naltirilgan. Olim yurtni ulug‘lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta’kidlaydi.
700 sahifadan iborat “Devoni lug‘atit turk” asari jahon madaniyati va ilm-fani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo‘lyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo‘lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi.
Mahmud Qoshg‘ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab tilinikidan kam emas. Til va adabiyotning qadimiy obidasi – “Devoni lug‘atit turk” yaratilganidan buyon o‘n asrdan oshiq vaqt o‘tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o‘rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg‘ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir.
Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uyg‘ur, qozoq, ozarbayjon, turkman, o‘zbek va rus tillariga o‘girilgan. Materiallarining ko‘p qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug‘atida foydalanilgan. O‘tgan asrda chop etilgan “Qadimiy turkiy lug‘at” asari katta shuhrat qozongan bo‘lib, unga “Devoni lug‘atit turk” asari asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekistonda Mahmud Qoshg‘ariyning ijodiy merosi mufassal o‘rganib kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari “Devoni lug‘atit turk” asariga tayangan holda quyidagi qimmatli ma’lumotlarni to‘plashdi:
Lug‘at boyligi, ma’lum turdagi leksika;
Turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma’lumotlar;
Turkiy tillarning guruhlashtirilishi;
Tarixiy fonetika va grammatika haqida ma’lumotlar;
Turkiy she’riyat, folklor haqida ma’lumotlar;
Qiyosiy tilshunoslik haqida ma’lumotlar;
Turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar va hokazo.
Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S.Mutallibov rahbarligida bu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, to‘rt tomda nashr qildirishdi. (Toshkent, “Fan” nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy maqolalar va risolalar chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida Mahmud Qoshg‘ariy ijodiga mansub qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
Mahmud Koshg‘ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an’analari rivojlangan Germaniya va Frantsiyada, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo‘lib, oradan ming yil o‘tsa-da, hamon biz bilan yonma-yon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

  1. Karimov.I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Тоshkent: Ма’naviyat, 2008. –200b

2.Mirziyoyev.Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Тоshkent: O‘zbekiston, 2017. – 456 b.
II. Ilmiy adabiyotlar
3. Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010-yil,1-son,342-b
4.“Maʼnaviyat yulduzlari” ,Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999-y,45-b
III. Badiiy adabiyotlar
5.Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. Uch tomlik. I tom. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.М. Мutallibov. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1960, 500 b.
6.Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. II tom. – T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1961, 428 b.
7. Koshg’ariy М. Turkiy so’zlar devoni. Devonu lug’otit turk. III tom. T.: O’zbekiston FA nashriyoti, 1963, 463 b.
IV. Ensiklopediya va lug‘atlar
8.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – Тoshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. – 678 b.
9. Quronov D., Mamajanov Z. Va boshqalar. Аdabiyotshunoslik lug‘ati. – Тoshkent: Akademnashr, 2010. – 450 b.
VI. Internet saytlari
10.www.hozir.org
11.www.saviya.uz
12. www.Xurshid Davron.uz
13.www.Ziyonet.uz
14.www.ziyouz.com
Download 34,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish