Trenirovka o‘tkaziladigan kurash zaliga gigiyenik talablar.
Kurash zali quyidagi buyumlar bilan jihozlanadi:
- kurash gilami – 2 ta, har biri 6 metr, yonma-yon to‘shaladi;
- gilam atrofiga kengligi 1 metr mat (ko‘rpa);
- trenirovka uchun chuchelo (qo‘g‘irchoq);
- oyna;
- og‘irliklar - shtangani ko‘tarish uchun pomost;
- gimnastik narvon;
- tibbiy tarozi;
- trenajerlar;
-harakatlanish sifatlarini takomillashtiradigan snaryadlar;
- kurash zalida paralon mat (qalin ko‘rpa) qo‘llansa yaxshi bo‘ladi. Chunki uni yuvib tozalash, dezinferksiyalash qulay.
Kurash zalida havo harorati +17 +20o, havoning nisbiy namligi -35-60%, havoning harakatlanish tezligi – 0,25 m/s bo‘lishi kerak..
Zalning sun’iy yorug‘ligi – 200 lk.
Zalda aptechka, urno kurashchi hojatga borishi uchun maxsus poyabzal (shippak) bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |