Guruh talabasi muxammatova maftunaning


Abulg`ozi Bahodirxon va uning “ Shajarayi turk “ asari



Download 64,2 Kb.
bet4/8
Sana18.02.2022
Hajmi64,2 Kb.
#456351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABULG\'OZI BAHODIRXON SHAJARAYI TURK

2.1. Abulg`ozi Bahodirxon va uning “ Shajarayi turk “ asari

Abulg`ozi Bahodirxonning ikkinchi yirik asari – “ Shajarayi turk “ nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664-yillarda yozilgan. Asar Xorazm tarixining XVI-XVII asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy- siyosiy tarixni bayon etishda nodir manbadir. Abulg`ozi kelgusi avlodlarga tuhfa qilib qoldirajak asarini yaratishga kirishar ekan, uydirma va soxtaliklarga yo`l qo`ymaslikka, tarixdan chetga chiqmaslikka harakat qiladi. Abulg`ozi Bahodirxon mazkur asarni yaratishda forsiy va turkiy tillarda yozilgan o`n sakkizta manbaga tayanadi. Bu haqda uning o`zi shunday deydi : “ Eron birlan Turonda o`tgan Chingizxon o`g`illarining otlarini aytilgan tarixlardan ushbu zamon faqirning oldinda o`n sakkiz mujollik hozir turar”. Abulg`ozi o`z ona tilini yaxshi bilganidek, fors-tojik , shuningdek mo`g`ul tillarini ham puxta egallagan edi. U o`z asarlarini ona tilida yozgan. Abulg`ozi Bahodirxon “ Bu tarixni yaxshi va yomon barchalari bilsin deb, turk tili bilan aytdim. Bir kalmia chig`atoy turkiydan, forsiy va arabiydan qo`shmayman, ravshan bo`lsin deb , turkiyni ham andoq aytibmanki, besh yashar o`g`lon tushunur”,-deb yozadi.


Abulg`ozi Bahodirxonning asar yaratishdan asl maqsadi Chingizxon avlodining tarixini yaratish emas, balki o`zidan oldin o`tgan ota-bobolarining Xorazmda hukmronlik qilgan davrlari tarixini , ya’ni o`z ajdodlarining beparvoligi tufayli yozilmay qolgan tarixni yozib, avlodlarga qoldirish edi: “ Ammo bizning ota-aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufligi, bu ikki sababdin bizning jamoatimizning Abdullaxonning ( Shayboniy AbdullaxonII ( 1583-1598 )) otalari ( Abulxayrxon (1528-1568 )) birlan bizning otalarimizning ( Shayboniy Yodgorxon (XV asr)) ayrilgan yeridan to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali deb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur bo`ldi ( va ) ul sababdin o`zimiz aytduk “12. “ Shajarayi turk “ asarini muallif yakuniga yetkaza olmay olamdan ko`z yumadi. Asarni Uning o`g`li Anushaxonning topshirig`I bilan Mahmud ibn Mulla Urganjiy degan ulamo yakuniga yetkazadi. Muallif asrni yozish jarayonida xastalanganligiga qaramay, uni davom ettirishga ahd qiladi: “ Biz tarixni mo`g`ul-da , o`zbek-da o`tgan yaxshi podshohlar va kengashli biylarning aslini va qilg`an ishlarini va aytg`an so`zlarini barchasini bir-bir aytib ulug` kitob qilmoq ko`nglimizda bor edi, aytayin deb yurugan paytda xasta bo`ldum. Xastam uzoqg`a tortdi. Ko`nglumizdin aytdim, o`la qolsam, kitob aytilmay qolur. Mentek bilur kishi yo`q. Xususan bizning jamoatimizni Yodgorxondin to faqirg`acha yot yurtning kishisi bilmas. O`z xalqimizda hech bilur kishi yo`q. Pas men buni go`rga olib borg`animdin ne foyda aytdim. Taqi to`rt navesandani o`lturtdim. Taqi to Odamdin Jo`chig`ong`a kelguncha goh ko`hna tarixlarning yuzina boqdim. Goh boqmay aytdim, aning uchun barchasin yod bilur erdim. Shaybanxondin to o`zumga kelguncha hech kitob yuzina boqmadim. O`zumning yodimda bor edi aytdim “13.
U o`z asarini yozishda bir necha o`nlab tarixiy asarlarni o`rganib tarixiy haqiqat deb topganlarini umumlashtirib yozgan. Bu haqda u asarni yozishga kirishar ekan, uning qo`l ostida o`n sakkizta forsiy va turkey tillarda yozilgan manba borligini qayd qiladi. Kitobda muallif ulardan faqat ikkitasini : Fazlulloh Rashididdinningning “ Jome’ ut-tavorix “ va Sharafiddin ali Yazdiyning “ Zafarnoma asarlarini keltiradi. Bundan tashqari, asarning orginal qismini ( 8-9-boblari ) yozishda muallif o`zi bilgan va so`rab-surishtirib to`plagan ma’lumotlardan ham keng foydalangan.
“ Shajarayi turk “ to`qqiz bobdan iborat bo`lib, qisqa muqaddima bilan boshlanadi. Asarning birinchi bobida Alloh Odamni yaratganidan to Mo`g`ulxon tug`ilgunigacha bo`lgan davr qisqacha bayon qilingan. Chunki Musulmon sharqida asarni shunday boshlash an’anaga aylanib ketgan edi. Bunda , albatta , boshqa tarixiy asarlardagi singari afsona va rivoyatlarga murojaat qilingan.
Ikkinchi bobda Mo`g`ulxonning tug`ilganidan to Chingizxongacha bo`lgan davr aks ettirilgan. Bunda tarixiy voqealarning afsonalar bilan qorishib ketganligini kuzatish mumkin. Uchinchi bob esa Chingizxonnning tug`ilganidan vafot etganiga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. To`rtinchi bobda O`dagay qoon va uning avlodining hukmronligi haqida so`z yuritiladi. Beshinchi bob Chig`atoyxon avlodining Movarounnahr va Koshg`arda podsholik qilganligi, keyingi bob Tuluxon avlodining Eronda hukmronlik qilganligi, yettinchi bob esa Jo`chixon avlodining Dashti Qipchoqda podsholik qilgani haqidadir. Sakkizinchi bob Jo`chixonning o`g`li Shaybonxon avlodining Movarounnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xon bo`lganligi haqida bayon etilgan. To`qqizinchi bob Shaybonxon avlodining Xorazmda podsholik qilganligining zikridir. Bu bob asarning eng qimmatli qismi bo`lib, aynan mana shu bobda muallif Xiva xonligida XVI-XVII asrning ikkinchi yarmida bo`lib o`tgan siyosiy, ijtimoiy tarixni bayon qiladi. Muallif uni bayon qilar ekan, o`sha davrdagi ijtimoiy muhitni ham, otasi va akalari o`rtasidagi toj-taxt uchun olib borilgan kurashni, shuningdek , o`zining qochoqlikda yurgan kezlari, urush va mag`lubiyatlari haqida to`liq yoritishga harakat qiladi.
Abulg`ozi Bahodirxon o`tmishdoshlari an’anasini davom ettirib, ulardan ilhomlanib, feudal o`zaro urushlar va uning salbiy oqibatlarini aks ettirdi. Tarixiy voqealarni bayon qilishda ular kabi hikoya va rivoyatlarga murojaat etdi. Chunonchi, Gulbadanbegim o`zining “ Humoyunnoma “ asarida o`z boshimchaliklarni bartaraf qilish va Hindistonni zabt qilish uchun Humoyunning qayta otlanganligini qalamga oladi. Asarda Hindolning o`ldirilishi , Komron ko`zining ko`r qilinishi , Humoyunning buyrug`I bilan Komronning o`ldirilishi kabi tarixiy voqealar Abulg`ozi Bahodirxonning “ Shajarayi turk “ asaridagi voqealarga, ya’ni Arabmuhammadxonning ko`r qilib o`ldirilishi , Asfandiyorxon tomonidan Abulg`ozining Eronga surgun qilinishi , Afg`onning rus podsholigi ixtiyoriga Moskvaga yuborilishi kabi tarixiy voqealar bilan monand keladi. Asosiy masala bu o`xshashlikda emas, balki tarixda takrorlanib turuvchi toj-taxt uchun kurashlarni ilg`or nuqtayi nazarda turib qalamga olishda Abulg`oziga Gulbadanbegim an’analari qo`l kelganligidadir.
Shuningdek , Hafiz Tanish Buxoriyning “ Abdullanoma” asari O`rta Osiyo tutadi. Asar 1534-yildan 1539-yilgacha O`rta Osiyo , Qozog`iston , qisman Afg`oniston va Xurosonda bo`lgan siyosiy voqealarni o`z ichiga oladi. Asarning 56-88-sahifasigacha qadimiy afsonalar o`rin olgan. “ Shajarayi turk “ ning ham 8-88-sahifasida ana shunday voqealar beriladiki, bu jihatdan ushbu ikki asarning boshlanmasi bir-biriga o`xshab ketadi. Zotan , Abulg`ozining “ Shajarayi turk “ asaridagi Nuh payg`ambar , Olunquva va uning farzandlari haqidagi hikoyalar “ Abdullanoma “ dagi afsonalarni eslatadi.
Abulg`ozixon asarning yeti , sakkiz va to`qqizinchi boblarining bir qismini ( 1644-yilgacha kechgan voqealar tarixini ) yozib ulgurgan. Birinchi, oltinchi boblar va to`qqizinchi bobning davomi ( 1644-1664-yil voqealari ) Anushaxonning topshirig`I bilan Mahmud ibn Mulla Urganjiy tomonidan yozilgan. Bu to`g`rida asarning o`zida quyidagicha ma’lumot keltiriladi :
“ Ma’lum bo`lsinkim , Abulg`oziyxoni jannatmakon bu kitobni tasnif qilib yarmiga yetganda xasta bo`ldilar. U vaqtda o`g`ullarig`a vasiyat qilibtururlarkim, bu kitobni notamom qo`ymang, itmomig`a sa’yi qiling . Ul sababdin Abul Muzaffar val Mansur Anushaxon ibn Abulg`oziyxon marhum va mag`furat bu bandayi bebizoat va kaminayi beistito’atki Mahmudiy ibn Mullo Muhammad Zamon Urganjiy bo`lg`ayman , bu kitobni itmomg`a etkur, deb hukm qildilar. Agarchi banda bu amrni mushkulga loyiq va sazavor ermas erdim, andoq ham bo`lsa, bu hodisa nabavatki, al-ma’zurun turur, aning mazmunig`a amal qilib bu shahanshohi oliy joh hukmi birlan bilganimga loyiq bu kitobning itmomg`a tavajjuq qildim “14.


Download 64,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish