Guruh talabasi muxammatova maftunaning


Abulg`oziy Bahodirxonning hayoti va ijodi



Download 64,2 Kb.
bet2/8
Sana18.02.2022
Hajmi64,2 Kb.
#456351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABULG\'OZI BAHODIRXON SHAJARAYI TURK

1.1.Abulg`oziy Bahodirxonning hayoti va ijodi
XVII asrda yashab ijod qilgan Xiva xoni Abulg`ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o`z sulolasining shon-shuhrati uchun kurash olib brogan , ayni chog`da, parchalanib ketayotgan xonlikni kuchli markazlashgan davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o`rnatishdek ezgu niyatni amalga oshirishga intilgan feodal hukmdor ham edi. Shuningdek, Abulg`ozixon Sharq xalqlari tarixi, madaniyati, adabiyotining o`tkir bilimdoni, ilm-fanga e’tiqot qo`ygan , nodir me’moriy yodgorliklarning yaratilishida bevosita homiylik qilgan ma’rifatparvar davlat arbobi va olim adib hamdir.
Abulg`ozixon 1603-yil 15-avgustda Urganchda dunyoga kelgan. U Xiva xoni Arab Muhammadxon (hukmronligi 1602-1623)ning to`rtinchi o`g`li edi. Abulg`ozixon tug`ilishidan qirq kun oldin Arabmuhammad Ural qozoqlari bilan bo`lgan urushda g`alaba qozongan edi. Shu sababli u og`liga Abulg`oziy deb nom beradi. Bundan tashqari uning onasi g`oziylar avlodidan bo`lib, nasl-nasabi Chingizxonga borib taqalgan. Abulg`oziy olti yoshga kirganda onasi vafot etadi. U o`n olti yoshga kirguncha Urganchda otasi qo`lida tarbiyalanadi. U o`zining tavalludi haqida “Shajarayi turk” asarida shunday yozadi: “Urganch viloyatinda tarix ming taqi o`n to`rtda topushqan yili va asad burji va rabi’-ul-avval oyining o`n beshida dushanba kuni oftob birlan barobar tulu’ qilibmiz”.5
Abulg`ozi otasi va aka-ukalari qatori feudal urushlarda bahodirlarcha jang qilgani uchun uni Bahodirxon deb atay boshlaganlar. Abulg`ozixon yoshlikdan turli fanlarni o`rganish, harbiy ta’lim olish bilan mashg`ul bo`ladi. O`n olti yoshidan boshlab esa davlat ishlariga aralasha boshlaydi. Bu haqda uning o`zi shunday yozadi: “Olti yoshqa yetkanda onamiz Haq rahmatiga ketdi. To o`n olti yoshqacha Urganchda ota qo`lida bo`lduk. Andin so`ng otamiz katxudoy qildi. Taqi Urganjning yarmini ulug` og`amiz Xabash sultonga va yarmini bizga berdi. Bir yildan so`ng Xabash va Elbars otli og`alarimiz birlan oramizda nizo bo`ldi. Ul sababdin tura bilmay Xevaqg`a otamiz qatig`a kelduk… Avval bahor erdi. Katga borib olti oy turg`andin so`ng otamiz birlan otlanib , Xabash, Elbars ustiga borduq”.6
Abulg`ozixon Xiva xonligida og`ir siyosiy vaziyat yuzaga kelgan bir davrda yashadi. U bolalik va o`smirlik yillaridan boshlab uzoq va yaqin qarindoshlar o`rtasidagi saltanat uchun olib borilgan ayovsiz kurashlarning guvohi bo`lib o`sdi. Ba’zan bu kurashlarning urug` va elatlar o`rtasida fitnachilikka, qirg`in keltiruvchi dahshatli bosqinlarga aylanib ketganligini ko`rdi va o`zi ham ko`pincha ularda ishtirok etdi.
Abulg`ozi Bahodirxon ijtimoiy-siyosiy hamda ijodiy faoliyati bilan bugungi yoshlarga yaxshi ma’lum bo`lmasa-da, u ulkan tarixiy shaxsdir.
Sababi—O`rta Osiyo davlat va madaniyat rivojlanishida yuz bergan qariyb ikki asrlik inqirozdan keyingi uyg`onish Abulg`ozining ijtimoiy-siyosiy va ijodiy faoliyati bilan boshlanadi. Ma’rifatparvar va bilimdon Amir Temur vujudga keltirgan sharoitda buyuk shoir Alisher Navoiy boshliq ulkan allomalar maydonga kelgani kabi Abulg`ozixondan keyingi davrdagi Xorazmda ham yuksak madaniyat tomon rivojlanish ko`zga tashlanadi. Akademik olim Bo`riboy Ahmedovning so`zi bilan aytganda u “tarixda oliy hukmdor sifatida emas (tarixda jahonni titratgan ne-ne podsholar o`tmadi, lekin allaqachonlar ulardan nom-nishon qolmagan), balki yirik olim sifatida qoldi. Ilmning xosiyatidan shunday bo`ldi u. Darhaqiqat Abulg`ozixon keng va chuqur ma’lumotli kishi edi”.7 U hukmdor sifatida bekliklar o`rtasidagi o`zaro qirg`in urushlarga xotima beruvchi tadbirlar o’tkazish bilan birga , ijodkor sifatida “Shajarayi turk” , “Shajarayi tarokima” va “Manofe’ ul-inson” (Inson uchun foydali tadbirlar”) kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozdi.
Abulg`ozining birinchi tarixiy asari “Shajarayi tarokima” deb nomlanib, o`g`uz qabilalarining, xususan , turkman xalqining kelib chiqishi haqida ma`lumot beradi. 1644-yilda, ya’ni Abulg`ozixon hokimiyatni endigina egallagan davrda turkmanlar Mang`ishloq, Bolxon va Tajan daryosi atroflarida yashar edilar. Abulg`ozixon o`z hokimiyatini mustahkamlash va turkmanlarni o`ziga tobe qilish maqsadida ular ustiga ko`p martalab qo`shin tortdi. Muallifning yozishicha, “Bir karat Xurosonda Durunga taalluq Beurma tegan suvning yaqosinda bizning birlan saf tortib urushtilar. Avoldin to oxirigacha biz sababli yigirma ming choqlik kishilari o`ldi. Aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi”.8 Abulg`oziy Bahodirxon o`z bosqinchilik urushlari tufayli yigirma mingdan ortiq turkmanlarning o`lishiga sabab bo`lgani uchun o`zini ular oldida qarzdor deb bilgan hamda turkmanlar iltimosini bajonidil qabul qilgan. Muallif aytishiga qaraganda, “Shajarayi tarokima” turkman oqsoqollari va urug` boshliqlarining taklifiga ko`ra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto besh yashar turk o`g`loni ham anglaydigan tilde yozilgan. Asarda Odam Ato avlodlari, Muhammad(s.a.v) alayhissalom payg`ambarimizga qadar o`tgan payg`ambarlar eslanadi. Shuningdek, Xiva xonligi bilan turkmanlarning siyosiy kurashlari ham eslab o`tilgan. “Shajarayi tarokima” asari Abulg`oziy Bahodirxon taxtga o`tirgandan ancha vaqt o`tgandan so`ng yozilganligi ta’kidlangan. “Shajarayi tarokima” yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar bayon etilgan, o`zbek va turkman xalqlari o`rtasida o'n inoqlik o`rnatilishi ta’kidlangan.
Abulg`ozi Bahodirxonning ikkinchi asari “Shajarayi turk” nomi bilan mashhur. U faqat tarixiy asarlar yozish bilan cheklanmadi. Tabobatga doir “Manofe’ ul-inson” (Inson uchun foydali tadbirlar) nomli asar ham ijod etdi. Asar taxminan 1657-yilda yozilgan. Muallif Allohning o`ziga bergan qobilyatlari qatorida tabobat va tabiblik sirlarini o`rganganligini yozmasada, u insonlarning kasalliklari va ularni davolash usullarini yaxshi bilganligi yaqqol sezilib turadi. Kitob to`rt qism, va yigirma bir bobdan iborat. Asarda tibbiyotning 120ga yaqin sohalarida kasallikni da’volash va emlash usulini
bayon etgan. Avval turli oddiy dorilar, keyin murakkab dorilar, ularni Tayyorlash va qo`llash yo`llari , undan keyingi qismlarda davolash usullari va davolashga doir mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, asarda muallif o`z salaflarining bu sohaga doir fikrlari haqida bahs yuritgan. U yurt


Download 64,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish