O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI” FAKULTETI
3-“ G “ GURUH TALABASI
MUXAMMATOVA MAFTUNANING
“O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI “ FANIDAN
"ABULG'OZI BAHODIRXON" SHAJARAYI TURK" ASARINING O`ZBEK ADABIYOTI TARIXIDAGI ILMIY-BADIIY MAQOMI “ MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
Rahbar : Sharipova Nigora
Bajardi : Muxammatova Maftuna
Navoiy 2022
I.Kirish.
II.Asosiy qism. 1.1. Abulg`oziy Bahodirxonning hayoti va ijodi
1.2. Abulg`oziy Bahodirxonning ilmiy merosi va uning o`rganilishi
2.1. Abulg`oziy Bahodirxon va uning “ Shajarayi turk” asari
2.2. “Shajarayi turk “ asarining o`zbek adabiyotida tutgan o`rni
III.Xulosa
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Mustaqillik yillarida keng ko`lamli amalga oshirilayotgan islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarini tiklash , butun tariximiz davomida shakllangan boy ma’daniy-tarixiy merosini o`rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz hayotidagi juda katta o`zgarish va yangilanishlar sabab uzoq yillik tarixga ega mumtoz adabiyot namunalarini tadqiq etishga keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor.Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman , Xudo xohlasa , havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham , albatta, bo`ladi”.1
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlarini tiklash , butun tariximiz davomida shakllangan boy madaniy-tarixiy merosini o`rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu o`rinda mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish o`rinlidir: “ Asosiy vazifa—kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o`rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o`rtasida mamlakatimizning boy tarixini , uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ`ib qilish , jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda”.2
Istiqlol yillarida boy o`tmish merosimiz, jumladan, adabiy merosimiz rivojiga ulkan hissa qo`shgan ajdodlarimizga hurmat oshdi va ularning adabiy ijodi bizga qaytarildi. “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa so`z san’ati , badiiy adabiyotdir.
Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta”.3
Adabiyot inson ma’naviyati asoslarini tashkil etuvchi, ruhiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan san’at turi hisoblanib , bu san’at asrlar mobaynida insonlarga o`z xazinasidagi bebaho durdonalari bilan inson tafakkuri va kamolotini shakllantirish uchun xizmat qiladigan mustahkam poydevor yaratishning asosidir. “Adabiyotning asosiy ta’sir maydoni—ko`ngil. Adabiyot ko`ngil tili bilan so`zlashuv san’ati. Adabiyot shodlikdan tug`ilgan g`am, xatardan yaralgan shodlik degani”.4
O`zbek xalqi nihoyatda boy va rang-barang adabiy merosga ega bo`lib , u turli davrlarda yaratilgan xalq og`zaki ijodi namunalari, turli xil janrlarda bitilgan hamda asrlar osha o`z qimmatini yo`qotmagan bebaho asarlarni o`z ichiga oladi. Avvalambor, shuni aytish kerakki, olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo`ri mahsuli bo`lmish bu noyob yodgorliklarning zamon to`fonlaridan ne-ne og`ir sinovlardan o`tib bizning davrimizgacha yetib kelganining o`zida katta ma’no mujassam. Bunday o`lmas yodgorliklar kishining ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga , unga ruhiy kuch ham bag`ishlaydi. Ular yaratib ketgan boy adabiy asar va go`zal namunalar xalqimiz va millatimiz ma’naviyatida alohida o`rin tutadi.
Ajdodlarimiz tafakkuri natijasi bo`lgan tarixiy manbalar kelajagi buyuk davlat yaratishda tayanch omillardandir.
O`tmishda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarixiy manbalarni bilish, ularning ilmiy merosini o`rganish bizning bugungi eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi. Zero, har bir xalqning tarixiy, madaniy milliy qiyofasini aniq belgilab beruvchi ulug` shohlari , buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo`ladi. Shunga asosan vatanparvar hamda xalqparvar ajdodlarimizning ibratli
Hayoti o`tmish tarixiy voqeligi to`la bayon qilingan asarlarni milliy istiqlol talablari asosida o`rganish muhim ahamiyatga ega. XVII asrda yashagan ana shunday bobokalonlarimizdan biri Abulg`ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, albatta, o`rta asrlar davri davlatchiligi, ulardagi ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayot, shuningdek, davlat boshqaruvi siyosati kabilar haqidagi tasavvurga ega bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |