Guruh talabasi muxammatova maftunaning


“ Shajarayi turk “ asarining o`zbek adabiyotida tutgan o`rni



Download 64,2 Kb.
bet5/8
Sana18.02.2022
Hajmi64,2 Kb.
#456351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABULG\'OZI BAHODIRXON SHAJARAYI TURK

2.2. “ Shajarayi turk “ asarining o`zbek adabiyotida tutgan o`rni
Abulg`ozi Bahodirxon o`z otasining nomi bilan ataluvchi Arabmuhammadxon madrasasida tahsil oldi. Arabmuhammadxon o`g`lining o`qishi va dunyoviy ishlarni o`rganishga alohida e’tibor bergan. Aka va ukalari o`rtasida o`ta zehnli va qobilyatli bo`lgan Abulg`ozi o`z zamonasining bilimdonlari qo`lida tehsil ko`rgach , tarix faniga ixlos va ishtiyoq qo`yadi. Xalq og`zaki ijodini mehr qo`yib o`rganishi tufayli uning ijodkorligi yoshlikdan ortib boradi. Bularning barchasi uning yirik davlat arbobi, o`z davrining ilg`or siymosi, ijodkori bo`lib yetishuviga yordam bergan omillardir.
U Sharq xalqlari tarixi, madaniyati, tili va adabiyotining o`tkir bilimdoni, ilm-fanga chuqur e’tiqod qo`ygan, o`z ona tilining sofligi uchun tolmas kurashchi, nodir me’moriy yodgorliklarning yuzaga kelishida bevosita homiylik qilgan ma’rifatparvar davlat arbobi.
Abulg`ozi Bahodirxonning “ Shajarayi turk “ asarining o`zbek adabiyotida tutgan o`rni beqiyos. Mazkur asar faqatgina Abulg`oziy bahodirxon ijodidagina emas, balki XVI-XVII asr o`zbek madaniyati tarixida ham alohida o`rin tutgan memuar asardir. Zero , bu asarni bir qator tarixchilar, tilshunoslar , adabiyotshunoslar Zahiriddin Muhammad Boburning memuar asari “ Boburnoma “ qatoriga qo`yishlari ham bejiz emas. Vengriyalik Sharqshunos olim Herman Vamberi Abulg`oziyxonning ilmiy salohiyati va yuksak iste’dodiga baho berib shunday yozgan edi: “Abulg`oziy Bahodirxonning ko`pgina ishlari Boburni xotiraga tushiradi…Jahon uning “Shajarayi Turk “ asari uchun minnatdordir “15.
Abulg`oziy Bahodirxonning tarixiy asarlari XIX asrdan boshlab rus va G`arbiy Yevropa tarixchilari, tilshunoslarining diqqatini jalb etganini bu
Katta madaniy yodgorliklarning tarixiy va ilmiy ahamiyatining jahon Ilm-fani zukkolari tomonidan e’tirof etilishi deb baholamoq joizdir.
« Shajarayi turk “ tarixiy manba sifatida ham, badiiy-adabiy, siyosiy yodgorlik sifatida ham Abulg`ozi ijodida muhim o`rin tutadi va o`zbek adabiy prozasining yetakchi xususiyatlarini o`zida ifoda etadi. “Shajarayi turk “ da XVI-XVII asr Xorazm tarixini tasvirlovchi tarixiy voqealar mavjud. “ Shajarayi turk “ da esdalik tarzida bayon qilingan nasriy parchalar, rivoyatlar hamda muallifning o`z sarguzashtlari va azob-uqubatlari shu qadar jonli aks ettirilganki, u badiiy asarday o`qiladi. Abulg`ozi asarlarining turkey xalqlar tarixiga, Xorazm tarixiga oid ma’lumotlari muhim ahamiyatga molikdir. Shuningdek, xalq og`zaki ijodi bilan yaxshi tanish bo`lgan Abulg`ozi mazkur asarlarida ko`plab afsona va rivoyatlarni ham keltiradi.
Abulg`ozi o`z davrining iste’dodli adibi sifatida o`zidan avval yashab ijod etgan salaflaridan ibrat va madad olganidek , uning asarlari ham o`zidan keyingi san’atkorlar uchun dasturulamal bo`ldi. Muallif an’analari , ayniqsa , Munis va Ogahiyga barakali ta’sir ko`rsatdi. Ular Abulg`ozining tarixnavislik an’analarini qabul qilib, yanada rivojlantirdilar. XIX asrda Shermuhammad Munis tomonidan boshlanib, Muhammadrizo Ogahiy yozib tamomlagan “ Firdavs ul-iqbol “ , shubhasiz , Abulg`ozixon asarlarining ta’siri ostida va undan foydalanib yozilgan tarixiy asar bo`ldi. Bu mualliflar o`zlarigacha bo`lgan tarixiy davrni yoritishda ko`p o`rinda Abulg`ozixon asarlariga murojaat qilganlar va asosiy manba sifatida tayanganlar
O`zbek xalqi nihoyatda boy va rang-barang adabiy merosga ega bo`lib, u turli davrlarda yaratilgan xalq og`zaki ijodi namunalari, turli xil janrlarda bitilgan hamda asrlar osha o`z qimmatini yo`qotmagan bebaho asarlarni o`z ichiga oladi . Bu o`rinda Abulg`ozi Bahodirxon asarlari ham asrlar osha o`zining yuksak ulug`vorligini yo`qotmay kelmoqda.
Abulg`ozi Bahodirxon ijodi bilan tanishar ekanmiz, uning turli-tuman manbalarni , ilmiy va badiiy asarlarni mukammal bilganligini ko`ramiz.
Abulg`ozi Bahodirxon o`zining tarixiy asarlari orqali nafaqat o`zbek, balki jahon madaniyatiga ham ulkan hissa qo`shdi , adabiyot tarixida beqiyos ishlarni amalga oshirdi. U xalqning tinch va farovon hayoti , yurt taraqqiyoti uchun harakat qildi. Shu bois u xalqimiz tarixida o`chmas iz qoldirdi. Abulg`oziy Bahodirxonning avlodlarga qoldirgan ulkan merosi butun avlod uchun chin ma’noda xazinadir.

Download 64,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish