Guruh talabasi Murodov Abror



Download 0,73 Mb.
bet8/19
Sana13.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#547808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
ABU 1

Imzo namunasi

Muhr namunasi

Alohida belgilar





























































20__ y. “___________________


Vakolatli hisobvaraq egasining imzosi ___________________


________________________________________________________________________


BANKNING BELGILARI

Hisobvaraq raqami _____________________________________________________


Valyuta _____________________________________________________
Hisobvaraq ochilgan sana 20__ y. “_______________

Imzolar namunalarini qabul qilishga ruxsat beraman:


Bankning bosh buxgalteri


yoki uning o’rinbosari _____________
(imzo)

Boshqa belgilar_____________________________________________________________




Kassa, naqd pulsiz hisob-kitoblar, banklararo operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisobi bilan tanishib chiqdim va hisobotimga ilova qildim.

Xalq banki Qarshi shaxar filiali O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008 yil 27 iyunda qabul qilingan 1831 – sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” Nizom ga asosan kassa ishini yuritadi.


Tijorat banklarida quyidagi kassalar tashkil etiladi:
-aylanma kassa
-kechki kassa
-maxsus kassa
-qayta sanash kassa
-kirim kassa
-chiqim kassa
-kirim chiqim kassa
Har bir tijorat banklarining bosh banklarda kassa ishini nazorat qilish uchun kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo’limi) tashkil etiladi. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo’limi) bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo’limi) to’g’risida»gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Boshqarma (bo’lim) zimmasiga nizomda ko’zda tutilmagan vazifalarni yuklash ruxsat etilmaydi.
Shuningdek har bir tijorat banklarining kassa operatsiyalari bo’limida bir qancha kassalar tashkil etiladi. Kassa bo’limi bir nechta turlarga bo’linib o’z ishini olib boradi. Bu kassalar aylanma kassa, kechki kassa, qayta sanash kassasi, kirim kassasi, chiqim kassasi, sayyor kassa va maxsus kassalardan tashkil topganligini hisobga oladigan bo’lsak, har bir kichik bo’limga alohida e’tibor qaratish orqali ish sifatini oshirish bankning mijozlari oldidagi ishonchini ortishiga olib keladi. Shuni e’tiborga olgan holda, kassa operatsiyalari bo’limining har bir turiga alohida to’htalib o’tishni lozim deb topdik.
Demak, dastlab bosh kassa hisoblangan aylanma kassa haqida gapirsak, aylanma kassa — naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash hamda chiqim qilish uchun tashkil etilgan kassa.
Aylanma kassadagi pul mablag’lari belgilangan limitdan oshib ketsa, limitdan oshgan pul mablag’lari naqd pul zahirasiga qabul qilinadi. Naqd pul zaxirasi — bank mijozlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida maxsus tashkil etilgan zaxira, ya’ni Markaziy bank tomonidan aylanma kassada saqlanishi mumkin bo’lgan mablag’larni limiti belgilanadi va nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir tijorat banklari bir kunlik mijozlarning naqd pulga bo’lgan ehtiyoji tahmin qilinadi va agar ehtiyoj ko’paysa mijozlarga naqd pul, zahiradan bosh kassaga olinadi va mijozlarning talabi qondiriladi.
Bankning ish kuni davomida mijozlarning naqd pul tushumlari inkassatorlar tomonidan har kuni kechqurun kechki kassaga olib kelinadi. Kechki kassa — ish kuni tugagandan so’ng inkassatsiya xizmatidan naqd pullar va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oluvchi bank kassasi. Bank amaliyot kuni tugaganidan so’ng inkassatsiya xizmati xodimlaridan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni qabul qilish maqsadida banklarda kechki kassalar tashkil etiladi. Kechki kassada inkassatsiya xalta (qop)larini qabul qilib olish kassa va buxgalteriya xodimlari hisobidan tayinlangan kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi.
Kechki kassaning nazoratchi buxgalteri qayta sanash kassasida ishlashi, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisi esa, kechki kassa xodimlarining vazifasini bajarishi qat’iyan taqiqlanadi.
Inkassatorlar brigadasi bir yo’nalish bo’yicha harakatlangan taqdirda, kechki kassaning kassiri naqd pul solingan xalta (qop)larni brigada boshlig’idan, shu brigadada ishlovchi barcha inkassatorlar ishtirokida qabul qilib oladi.
Agarda inkassatorlar brigadasi bir nechta yo’nalish bo’yicha harakatlangan hollarda, pul tushumini yig’ishda qatnashgan avtomashina haydovchisi qimmatliklar solingan xaltalar kassir tomonidan qabul qilib bo’linguniga qadar avtomashina yonida bo’lishi va boshqa yo’nalishlardan yig’ilgan pul tushumi solingan xaltalarni qo’riqlab turishi shart.
Kechki kassaga qabul qilingan mablag’lar qayta sanash kassasida qayta sanaladi. Qayta sanash kassasi — bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan hamda kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan inkassatsiya xaltalaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab, saralash hamda ularni toifalarga ajratish va o’rab-bog’lashni amalga oshiruvchi bank kassasi. Bu erda pul mamlag’lari qiymati bo’yicha alohida qilinib tahlanadi. Pul va boshqa qimmatliklarni o’z vaqtida qayta sanash, ularni shakllantirish va o’rab-bog’lashni ta’minlash maqsadida, banklarda qayta sanash kassalari tashkil etiladi. Qayta sanash kassasining xonasi, kassa tarmog’ining boshqa xizmatlaridan muhofazalangan, eshiklar ichki tomondan qulflanadigan va kirish eshigiga kuzatuv tuynukchasi (glazok) o’rnatilgan bo’lishi kerak. Metall tangalarni mashinalarda qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning devor hamda shift (potolok)lari shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan bo’lishi shart.
Qayta sanash kassasining xonasi qayta sanash brigadasi nazoratchilari tomonidan qayta sanash uchun qabul qilib olingan pul tushumi solingan xaltalarni saqlash uchun qulflanadigan metall tortmali maxsus stollar yoki metall shkaflar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Kassirlar stoli kassirning ish joyini ajratib turuvchi va balandligi 25 — 30 sm.ni tashkil etuvchi oyna bilan ajratilishi, uning tortmalari va qulflanadigan metall stollari esa qayta sanalgan tushumni saqlash uchun sozlangan bo’lishi shart.
Pulni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki yakka tartibda kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Agarda bank kassasida brigada usuli bilan ish olib boriladigan bo’lsa, unda har bir brigadaga nazoratchi boshchilik qiladi. Sanoq brigadasi nazoratchisining vazifasi, pulni qayta sanash kassasining tajribali xodimi zimmasiga yuklatiladi. Har bir sanoq brigadasi 6-7 kishidan ko’p bo’lmagan xodimlardan tashkil topishi lozim. Agar pulni qayta sanash kassasida bitta brigada bo’lsa, tushlik vaqtida kassirlar o’zlarida mavjud bo’lgan naqd pullarni umumiy metall shkafda saqlashlari mumkin. Bunday hollarda har bir kassir o’ziga tegishli bo’lgan pulni alohida qop yoki qutichaga solib qo’yishi shart. Bunda shkaf ikkita: brigada nazoratchisidagi va kassirlardan biridagi kalitlar bilan qulflanib, nazoratchi-kassirning plombiri bilan plombalanadi. Shkafning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Nazoratchi yoki brigada nazoratchisi naqd pulli xaltalar bilan ularga tegishli bo’lgan yuk xatlarini kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteridan ma’lumotnomaning ikkala nusxasiga imzo qo’ygan holda qabul qilib oladi. Brigada nazoratchisi xaltalarni blankalar hamda yuk xatlari bo’yicha ko’zda tutilgan tartibda mustaqil ravishda qabul qilib oladi. Xaltalarni qabul qilish-topshirish vaqtida xonada begona shaxslarning bo’lishi qat’iyan taqiqlanadi.
Shundan so’ng, kechki kassa kassiri bo’sh inkassatsiya xaltalari, blankalar, ma’lumotnoma, xaltaning raqamlari qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda bo’sh xaltalarni qayd etish blankasida ko’rsatilgan raqamiga mos kelishini tekshirish uchun qayta sanash kassasiga rahbarlik qiluvchi nazoratchi kassirga beradi.
Mijozlar tomonidan naqd pullarni topshirishda kirim kassasiga murojjat qilinadi. Kirim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlaridan naqd pullarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
Bank tomonidan pul mablag’lari chiqim kassasi orqli mijozlarga beriladi, Chiqim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlariga naqd pullarni berishni amalga oshiruvchi bank kassasi hisoblanadi. Bankning pul saqlash ombori ochilganidan so’ng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi. Naqd pul qoldig’i keltirilgan 120-shakldagi kitobning ma’lumotlariga mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan so’ng, kassa mudiri kassirlarga chiqim operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan pul summasini, hisob berish sharti bilan o’zining 155-shakldagi kitobiga imzo qo’ydirgan holda beradi. To’liq va to’liq bo’lmagan pul bog’lamlari nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshiriladi, to’liq bo’lmagan dastalardan iborat bog’lamlar esa birma-bir qayta sanalib (qayta sanash kassa mudiri tomonidan tayinlangan kassa xodimlaridan birining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin) qabul qilinadi.
Tangalar — yorliqlar va paketlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi.
Kassir kassa mudiridan hisob berish sharti bilan olingan barcha summalarni, to’langan hujjatlarning soni va summasini hamda kassa mudiriga imzo qo’ydirib, qayta topshirishi kerak bo’lgan hisobdorligidagi summalar qoldig’ini o’zining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
Kassa mudiri kassirlarga hisob berish sharti bilan zarur bo’lgan pul summasini berganidan so’ng, kassada qolgan naqd pulni yana hisoblab, uni ish kuni boshidagi kassa qoldig’i summasiga taqqoslab ko’rishi shart.
sayyor kassa — kassa tarmog’idan (uzelidan) tashqarida bankning maxsus jihozlangan avtomashinasi yordamida kassa operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank kassasi;
Shuningdek tijorat banklari katta naqd pul tushumiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzurida bankning maxsus kassalarini tashkil etadilar. Ya’ni, maxsus kassa — yirik naqd pul tushumiga ega bo’lgan savdo va xizmat ko’rsatish korxonalarida pul tushumlarini qabul qilish uchun tashkil etiladigan bank kassalaridir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari yirik naqd pul tushumiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hududida, shu jumladan, yirik savdo va xizmat ko’rsatish korxonalari, bozorlar va savdo majmualari hududida ularning ma’muriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi. Shartnoma tuzishda keltirilgan namunaviy shartnoma shaklidan foydalaniladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari faqat bank joylashgan tuman yoki tumanlarga bo’linmagan shahar hududidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hududida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli hududiy Bosh boshqarmasining roziligi olingandan so’ng tashkil etilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt huzuridagi bankning maxsus kassa shtati uning ish hajmidan kelib chiqqan holda etarli miqdordagi kassirlar bilan ta’minlanadi. Bunda etarli ish tajribasiga ega bo’lgan kassirlardan biri bank rahbarining buyrug’iga asosan katta kassir lavozimiga tayinlanadi hamda u maxsus kassa ishiga boshchilik qiladi. Katta kassir bir vaqtning o’zida mazkur maxsus kassa xodimlarining ishini nazorat qilib boradi.
Shuningdek ko’pgina banklarda nadsiz pulni naqd pul qilib olish uchun bankomatlar o’rnatilgan. Bankomat — mijozlar tomonidan bankning plastik kartalari orqali o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan elektron-mexanik qurilma; O’zbekiston Respublikasi banklarida bu qurilma keng tarqalmagan. Bu qurilma asosan chet el banklarida keng tarqalgan.
Aylanma kassasida yakun chiqarish tartibi. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklarga aylanma kassalarida saqlanadigan naqd pullar qoldig’iga limit o’rnatadilar. Aylanma kassa qoldig’ining limiti kun oxiriga o’rnatiladi.
Aylanma kassasida mavjud bo’lgan pul va metall tangalar summasi belgilangan limit summasidan oshmasligi lozim. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga, hisob berish sharti bilan berilgan pul va metall tangalar summasi, bankning aylanma kassasi limitiga qo’shilmaydi.
Bank rahbarlari aylanma kassalarini o’rnatilgan limitga qadar to’ldirish choralarini ko’rishlari shart.
Bank kassalarida (aylanma kassa va naqd pullar zaxirasidagi) mavjud naqd pullar kutilayotgan to’lovlarni ta’minlash uchun etarli bo’lmagan hollarda, bank etmayotgan naqd pullar summasiga madad puli so’rab, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga «O’zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risida»gi yo’riqnomaga muvofiq buyurtma asosida murojaat qiladi.
Bank (bank filiali) tomonidan so’ralgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan Hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi yoki boshqa bank (bank filiali) kassalaridagi naqd pullar hisobidan belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Olingan madad pullari uch bank ish kuni mobaynida belgilangan maqsadlar bo’yicha sarflanishi lozim. Ushbu muddatda sarflanmay qolgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga qaytarilishi shart.
Aylanma kassasidagi qoldiq limitdan oshib ketgan taqdirda, limitdan oshgan summa qoldig’i shu kunning o’zidayoq belgilangan tartibda 10102 «Naqd pullar zaxirasi» balans hisobvarag’iga o’tkazilishi lozim.
Aylanma kassasining limitdan ortiqcha qoldiqlari pullarning to’liq bog’lamlari yoki to’liq tanga solingan qoplarda naqd pullar zaxirasiga o’tkazilishi va aylanma kassasining naqd pullaridan alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi hamda 141-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
10101 «Aylanma kassasidagi naqd pullar» hisobvarag’idagi limitdan ortiqcha qoldiqlarni 10102 «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’iga o’tkazish operatsiyalari 10101 «Aylanma kassasidagi naqd pullar» hisobvarag’idan chiqim kassa orderlari orqali hamda 10102 «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’iga kirim kassa orderlari orqali rasmiylashtiriladi. 10102 «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’idan chiqim qilish chiqim kassa orderlari orqali va 10101 «Aylanma kassasidagi naqd pullar» hisobvarag’iga kirim qilish kirim kassa orderlari orqali rasmiylashtiriladi. Boshqa banklarni madad puli bilan ta’minlash — 10101 «Aylanma kassasidagi naqd pullar» hisobvarag’idan amalga oshiriladi.
Naqd pullarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga yoki boshqa bankka jo’natish vaqtida, jo’natiladigan summa naqd pul zaxirasidan aylanma kassasiga o’tkaziladi. Naqd pullarni tashish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi inkassatsiya birlashmasining inkassatorlari orqali yaroqli pullarning to’liq bog’lamlari yoki tanga solingan to’liq qoplarda amalga oshirilishi lozim.
Aylanma kassa limiti doirasida eskirgan pullar etarli miqdorda yig’ilib qolgan banklar, eskirgan pullarni to’lovga yaroqlilariga o’zlarining Bosh bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari bo’limlarida almashtirib olishlari mumkin. Bunda eskirgan pullarni olib ketish va almashtirib berilgan pullarni olib kelish banklarning buyurtmalariga asosan inkassatorlar orqali amalga oshiriladi.
Eskirgan pullar bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari bo’limlarida yig’ilishiga qarab, Bosh bank boshqarmalari eskirgan pullarni to’lovga yaroqli pullarga Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob-kassa markazlarida inkassatorlar orqali almashtirib olishlari mumkin. Bunda, eskirgan pullar Hisob-kitob-kassa markazi xodimlari tomonidan bank vakili ishtirokida donalab sanab olish orqali qabul qilinadi.
Kassa aylanmalari buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallari bilan taqqoslanganidan so’ng kassirlar o’zlarida bo’lgan va o’rnatilgan tartibda shakllantirilgan pul qoldig’ini kassa mudiriga o’zlarining ma’lumotnomalari va kassa hujjatlari bilan birga 155-shakldagi kitobi va nazorat varaqlari bo’yicha topshiradilar
Kassa mudiri pullarni, hisobot ma’lumotlarini va hujjatlarni kassirlardan qabul qilib olganidan so’ng:
a) kassirlarning ma’lumotnomalarida ko’rsatilgan kassa aylanmalarining summasi buxgalteriya xodimlari tomonidan imzo qo’ydirib tasdiqlanganligini;
b) ma’lumotnomalardagi pul qoldig’i o’zining 155-shakldagi kitobidagi yozuvlarni hisobga olgan holda to’g’ri ko’rsatilganligini;
v) kassirlar topshirgan hujjatlarning soni va summasi ma’lumotnomalarda ko’rsatilganiga mos kelishini tekshiradi.
Shundan so’ng, kassa mudiri pulni qayta sanash kassasi qabul qilib olgan pul summalari to’g’risidagi hisobot ma’lumotnomalarida va yozuvlarda ko’rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek pul qabul qilingan yoki shaxsan o’zi bergan hujjatlar bo’yicha 111-shakldagi jamlama ma’lumotnoma tuzadi va uning yakunlarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash buxgalteriya xodimining 111-shakldagi ma’lumotnomasiga imzo qo’yish bilan rasmiylashtirganidan so’ng, ushbu ma’lumotnoma kassirlarning 109-shakldagi va 110-shakldagi hisobot ma’lumotnomalari bilan birga kunlik kassa hujjatlarida saqlanadi.
Kassa mudiri shu kungi kassa aylanmalarini taqqoslab bo’lganidan so’ng, 120-shakldagi kitobga pul kirim-chiqimining umumiy summasini yozib qo’yadi va ertangi kunga belgilangan kassa qoldig’ini chiqaradi.
Kassadagi pul qoldig’i bilan buxgalteriya ma’lumotlari o’rtasida tafovut paydo bo’lgan holda, buning sababini aniqlab, chorasini ko’rish uchun kassa mudiri darhol rahbar va bosh buxgalterga bu haqda xabar beradi. Ortiqcha yoki kamomad summasi borligi aniqlanganda 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunda, ortiqcha chiqqan pul bank foydasiga kirim qilinadi, kamomad esa belgilangan tartibda javobgar shaxsdan undirib olinadi.
Kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo’limi) zimmasiga uning nizomida ko’rsatib o’tilgan barcha majburiyatlar boshqarma (bo’lim) xodimlari o’rtasida yozma ravishda taqsimlanadi. Bajariladigan ishlar taqsimoti boshqarma (bo’lim) boshlig’i tomonidan belgilanadi va lavozim majburiyatlari sifatida alohida rasmiylashtirilib, boshqarma (bo’lim)ning har bir xodimiga tanishib chiqish uchun beriladi va ularga imzo qo’ydirgan holda, nusxalari topshiriladi.
Lavozim majburiyatlari bo’yicha yuklatilgan ishlarning o’z vaqtida bajarilishi uchun ijrochi xodim shaxsan javobgar hisoblanadi. Boshqarma (bo’lim) xodimlari — ish rejasi, ishning ahvoli bo’yicha o’zlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlarga asosan, shuningdek taftish hujjatlari, tekshirish va tahlil natijalariga ko’ra, kassa ishini to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida, bank binolarining yong’indan va xavfdan ogohlantiruvchi texnik vositalari bilan jihozlanganligi, yong’indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan ta’minlanganligi, ruxsatnoma berish va qo’riqlash tartibi yuzasidan bank filiallarida ishlarning qanday yo’lga qo’yilganligini o’rganish, ularni tekshirish va amaliy yordam ko’rsatish ishlarini amalga oshiradilar.
Boshqarma (bo’lim) xodimlari bir yilda kamida bir marotaba o’z tasarrufidagi bank filiallarida amaliy yordam ko’rsatish maqsadida tekshirish o’tkazishlari hamda ish jarayonida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni ushbu belgilngan tartibda tekshirish davomida bartaraf etishlari lozim. Banklarda kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish bo’yicha tekshiruv o’tkazish uslubi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan tariblar asosida belgilanadi.
Lozim bo’lgan taqdirda, tekshiruvchi aniqlangan kamchiliklarni aniq va qancha muddatda bartaraf etish va ishni yaxshi yo’lga qo’yish yuzasidan bank filiali rahbari nomiga yozma ravishda ko’rsatma beradi.
Kassa ishini to’g’ri tashkil etilganligi bo’yicha tekshiruv o’tkazish vaqtida, bank rahbari yoki ushbu boshqarma (bo’lim) faoliyatiga bevosita boshchilik qiluvchi bank rahbarining o’rinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishiga asosan xodimga o’rganish dasturida ko’rsatilgan reja-topshiriq va pul saqlash omboridagi qimmatliklarni taftish qilish muddati belgilangan bir martalik guvohnoma beriladi.
Bosh bankning kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo’limi) boshliqlari o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tegishli materiallarni kelib tushgan kunidan boshlab 5 kun muddat ichida ko’rib chiqishlari va o’tkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan boshqarma (bo’lim) xodimlarining shaxsiy fikrlarini tinglashlari hamda ishning samaradorligini oshirish yuzasidan chora ko’rishlari lozim.
Tekshiruv natijalari takliflar bilan birga, yozma ravishda bankning Boshqaruv Raisiga yoki uning mazkur ish sohasiga rahbarlik qiluvchi o’rinbosariga taqdim etiladi, lozim bo’lgan taqdirda, bank filiali rahbariga kerakli ko’rsatmalar beriladi. Kassa operatsiyalari boshqarma (bo’lim)lari rahbarlari tomonidan tekshiruv amalga oshirilgan bankda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazorat o’rnatilishi lozim.
Keyingi tekshirish o’tkazish vaqtida avvalgi tekshiruv va taftishlar natijasi bo’yicha aniqlangan kamchiliklarning ish jarayonida bartaraf etilganligi tekshirilishi shart.
Kamchilik va tartibbuzarliklar takrorlangan holda uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi hamda joyida tegishli va qo’shimcha choralar ko’riladi. Yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan tekshiruvchi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo’yicha bank filiali rahbari nomiga o’z takliflarini kiritadi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish