Guruh talabasi Murodov Abror


Kassaning chiqim operatsiyalarining rasmiylashtirilishi



Download 0,73 Mb.
bet10/19
Sana13.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#547808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
ABU 1

Kassaning chiqim operatsiyalarining rasmiylashtirilishi. Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog’liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o’z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin.
Yilning har oyi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo’yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo’yicha alohida moddalar ko’rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo’yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar.
Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o’tilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo’yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana ko’rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgalterining imzosi hamda muhr qo’yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko’rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo’ladi.
Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to’lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida etarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so’nggina chekning to’liq va to’g’ri to’ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko’radi. Hammasi to’g’ri bo’lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o’tkazib, so’ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korrespondensiya hisobvarag’i nomeri ko’rsatiladi.
Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to’g’ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to’g’ri kelsa, kassir chekda ko’rsatilgan summani mijozga sanab beradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasi (front ofisi)ning ushbu mijozga xizmat ko’rsatuvchi xodimiga pul cheklari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Ular ushbu hujjatlarni tekshirib bo’lgach, mijozlarga kassaga taqdim etishlari uchun pul chekining nazorat markasini yoki chiqim orderining yirtma talonini beradilar.
Chiqim hujjatlari alohida hollarda buxgalteriya (front ofis) xodimlari tomonidan ma’lumotlarni kiritish varag’i (kassa jurnali)ga imzo qo’ydirilgan holda kassaga topshiriladi. Chiqim hujjatlarini pul olayotgan shaxs tomonidan kassaga topshirilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Bankning bosh buxgalteri ixtiyoriga ko’ra, kassa jurnalining ikki nusxada yuritilishiga, kassa jurnalining birinchi nusxasiga kassir imzo qo’ygach, chiqim hujjatlarining kassaga topshirilishiga ruxsat etiladi.
Kassir chiqim hujjati (pul cheki, kassa orderi va boshqalar)ni olganidan so’ng quyidagilarni bajarishi shart:
a) pul oluvchini chiqim hujjatining raqami bo’yicha chaqirishi;
b) kassaga taqdim etiluvchi nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chek yoki orderga yopishtirib qo’yishi;
v) bankning pul berishni hal etish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarining imzolari borligini va ushbu imzolar mavjud namunalar bilan bir xilligini tekshirishi;
g) hujjatda raqam va so’z bilan yozilgan summalar o’zaro mos kelishini tekshirishi;
d) hujjatda pul oluvchining shaxsiy imzosi borligini va bank mas’ul xodimlarining imzosi qo’yilganligini tekshirishi;
e) pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasi (guvohnoma faqat Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o’z xizmatchilariga berilgan bo’lsa) borligini tekshirishi;
j) mijozning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasidagi ma’lumotlarni chekdagi ma’lumotlar bilan solishtirishi;
z) hujjatda ko’rsatilgan pul summasini tayyorlaydi, pul oluvchidan u qancha pul olayotganligini so’raydi, tayyorlangan pul summasini yana bir bor chiqim hujjatlari bilan taqqoslab, uni pul oluvchiga berganidan so’ng, chiqim hujjatlariga imzo qo’yishi lozim.
Kassirning stoli ustida berishga tayyorlab qo’yilgan puldan tashqari boshqa hech qanday pul bo’lmasligi kerak.
Kassir pullarni birma-bir qayta sanamagan holda, nakladka va banderollarda ko’rsatilgan summalariga qarab o’rami buzilmagan to’liq bog’lamlar va dastalar bo’yicha berishi shart.
Bunda bog’lamdagi plombalar (kassirlarning shaxsiy raqamlari bo’lgan kafolat choklari) pul oluvchining ishtirokida qirqiladi. To’liq bo’lmagan dastalardagi, shuningdek o’rami buzilgan dastalardagi pullarni kassir birma-bir qayta sanab berishi lozim.
Qop va paketlarga joylangan tangalar — paket va yoriqlardagi yozuvlariga qarab beriladi. Tanga butun qopi bilan beriladigan bo’lsa, bank kassiri qopdagi plombani pul oluvchining ishtirokida qirqishi shart.
Kassir pullarni donalab sanab berish uchun dastani ochganidan so’ng, undagi pullarning barchasini birma-bir qayta sanab ko’rishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» Davlat ishlab chiqarish birlashmasi o’ramlaridagi pullarning bog’lamlari ochilib, mijozlarga alohida dastalar bilan yoki donalab sanab beriladigan hollarda bog’lamdagi pul kassa mudirining yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan xodimning ishtirokida oldindan va to’liq birma-bir sanab ko’rilishi lozim.
«Davlat belgisi» Davlat ishlab chiqarish birlashmasi o’ramidagi pullar mijozga berilayotgan vaqtda oxirgi uchta nominal qiymatdagi pullarning seriya va raqamlari alohida daftarda qayd etilib, mijozlarga imzo qo’ydirilgan holda berilishi shart.
Kassirlar mijozlarga pul berayotgan vaqtda, ularning talabiga binoan, bir qiymatdagi pullarni boshqa qiymatdagi pullarga almashtirib berish taqiqlanadi.
Bank kassasidan berilgan pulni olgan shaxs, kassa yonidan ketmay turib olingan umumiy summani hujjatda ko’rsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bog’lamlar va dastalar bo’yicha tekshirishi, dasta to’lmagan alohida pullarni esa shu pulni bergan kassirning kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanab ko’rish orqali qabul qilib olishi lozim.
Bank mijozi qabul qilib olgan barcha pullarni maxsus ajratilgan xonada, bank kassiri yoki nazoratchi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi shart.
Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri berilayotgan pul bog’lamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmaydi, balki, plombalar, tugunlar, banderollar va hokazolar to’liq saqlanishini kuzatib turadi. Pul dastasidan ortiqcha yoki kamomad chiqqan holda ikki nusxada 145-shakldagi dalolatnoma, agarda to’lovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlansa, 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, uning ikkinchi nusxasi buxgalteriya o’tkazmalarini amalga oshirish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. Bunda barcha banderollar, plombali o’ram materiali yoki polietilen paket va puli to’g’ri chiqmagan dastaning ustki nakladkasi, shuningdek tanga solingan qopning yorlig’i plombali o’ram bilan birga to’liq saqlanib qoladi.
Mijoz tomonidan bir bog’lamdagi naqd pullar qayta sanab bo’linganidan so’ng, bank nazoratchisi bog’lamning plombasi (kassirlarning shaxsiy raqamlari bo’lgan kafolat choklari)ni qirqib oladi va mijoz tomonidan dastalar bo’yicha qayta sanalayotgan pullarni nazorat qilishni davom ettiradi.
Oluvchilarning pul yoki tangalari etishmayotganligi to’g’risidagi arizalari, agar ular kassa yonidan ketmay pulni qayta sanab olmagan yoki qayta sanash uchun ajratilgan xonada bank nazoratchisi kuzatuvi ostida qayta sanamagan bo’lsalar, qoniqtirilmaydi. Bu haqda chiqim kassalari oldida ko’zga ko’rinarli joyga e’lon yozib qo’yilishi shart.
Pul oluvchilarning e’tirozlari qoniqtirilgan yoki qoniqtirilmaganligidan qat’i nazar, bank rahbari pul etishmayotganligi to’g’risidagi arizani tekshirish uchun chora ko’rishi shart.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakili bank kassasiga pul topshirmay turib, bir vaqtning o’zida pul olish uchun chek va naqd pul qo’yish e’lonini taqdim etgan hollarda, bunday operatsiyalarni bajarish taqiqlanadi.
Bank rahbari alohida hollarda, chekda ko’rsatilgan summa bo’yicha qisman pul berilishiga ruxsat etganidan so’ng, pul oluvchiga ushbu chek bo’yicha berilayotgan amaldagi pul summasi to’g’risida ma’lumotnoma berilishi mumkin.
Ma’lumotnomaga rahbar va bosh buxgalter imzolari qo’yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to’g’risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Chekka qisman pul to’langanligi haqidagi ma’lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, u shu kunning kassa hujjatlariga tikib qo’yiladi.
Bank amaliyot kuni oxirida kassir, hisobdorlik asosida qabul qilingan summani, chiqim hujjatlaridagi summaga va pul qoldig’iga taqqoslab ko’rganidan so’ng, 110-shakldagi hisobot ma’lumotnomasini tuzib imzolaydi va unda ko’rsatilgan kassa aylanmalarini bank buxgalteriyasi xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash kassir tomonidan chiqim kassa jurnaliga imzo qo’yishi va buxgalteriya xodimlarining kassir ma’lumotnomasiga qo’yilgan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Kassaning chiqim aylanmalari 111-shakldagi kassa aylanmalari haqidagi jamlama ma’lumotnomaga umumiy summa bo’yicha kiritiladi.
Kassir belgilangan tartibda tayyorlangan pul qoldig’ini va shu kunning chiqim kassa hujjatlarini hisobot ma’lumotnomasi bilan birga 155-shakldagi kitobga imzo qo’ydirib, kassa mudiriga topshiradi. Kassa mudiri hisobot ma’lumotnomasini tekshirib, uni pul qoldig’i bilan taqqoslaganidan so’ng o’z imzosini qo’yadi hamda uni shu kunning kassa hujjatlariga tikib qo’yish uchun kassirlardan biriga beradi.
Bank amaliyot kuni oxirida kassirlarda qolgan va boshqa kassirlar tomonidan o’rab-bog’lagan alohida dastalardagi pullar va plombalanmagan pul bog’lamlari kassa mudiriga berilishidan avval, belgilangan tartibda birma-bir qayta sanalishi va o’rab bog’lanishi kerak. Boshqa kassirlar tomonidan joylangan alohida tangali paketlar donalab sanalmasdan, turli qiymatdagi tangalarning yig’ma (nikel tangalar alohida, bronza tangalar alohida) qopiga joylanadi.
To’liq bog’lanishi mumkin bo’lmagan bog’lam va dastalardagi pullarni kun oxirida aylanma kassa kassirlari kassa mudirining ko’rsatmasiga binoan kassirlardan biriga, ularni birlashtirish uchun o’zlarining 155-shakldagi kitobiga imzo qo’ydirgan holda berishlari mumkin.
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo’yicha hujjatlarni o’zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko’chirmalar chiqarib beriladi.
Bank xodimlariga ish haqi to’lash uchun olingan bo’nak (avans) qoldig’i, ish kuni tugaganidan so’ng, kassir tomonidan qopga joylanib, qop og’zi yorliq bilan birga qo’shib tikiladi va tizimcha bilan siqib bog’lanadi. Tizimchaning titilgan joylari va tugunlari bo’lmasligi kerak. Yorliqda qop bog’langan sana va unga solingan pul summasi ko’rsatilganidan so’ng, kassir imzo qo’yib, unga nomi yozilgan to’rtburchak muhrni bosadi.
Tizimcha uchlari chandib bog’langanidan so’ng, kassirning plombiri bilan plombalanadi. Ushbu qopni keyingi ish kuni boshlanishiga qadar saqlash uchun 155-shakldagi kitobga imzo qo’ydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri tomonidan ushbu qopning butligi va uning to’g’ri bog’langanligini tekshirib qabul qilish balansdan o’tkazilmagan holda amalga oshiriladi.
Aylanma kassada mavjud bo’lgan naqd pul, o’z limiti doirasidan oshmagan holda mijozlarning buyurtmalariga binoan, banklar tomonidan naqd pulni berish maqsadida oldindan tayyorlab qo’yilishi mumkin.
Bank buxgalteridan olingan naqd pul cheklari bo’yicha keyingi ish kuni davomida beriladigan naqd pullarni oldindan tayyorlash va o’rab-bog’lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) pulni oldindan tayyorlab qo’yish zimmasiga yuklatilgan kassir, kassa yakunlanganidan so’ng, o’zi qabul qilib olgan chiqim hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Agar mavjud bo’lgan naqd pullar etmagan taqdirda, kassir etmayotgan summani kassa mudirining 155-shakldagi kitobi orqali qabul qilib olishi mumkin;
b) har bir hujjat bo’yicha alohida tayyorlangan naqd pul (to’liq va to’liq bo’lmagan bog’lamlar, plombalari oldindan kesilgan tangali qoplar, pullarning dastalari) kassirga beriladi. U nazoratchining kuzatuvi ostida, pul summalari va bog’lamlari to’g’ri tanlanganini tekshiradi hamda tashqi choklari bo’lmagan qopga joylaydi. Qop og’zi tikiladi va tugunlari hamda titilgan joylari bo’lmagan tizimcha bilan siqib bog’lanadi. Yorliqda o’rab-bog’langan sana va joylangan pulning umumiy summasi ko’rsatiladi. Shundan so’ng, kassir va nazoratchining imzolari qo’yilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan to’rtburchak muhrlari bosiladi. Tizimcha uchlari chandib bog’lanadi va kassirning plombiri bilan plombalanib, yorliqqa chiqim hujjatlari biriktirib qo’yiladi.
Berishga tayyorlab qo’yilgan va uncha ko’p bo’lmagan summalar joylangan qoplar, umumiy qopga yoki qulflanadigan aravachaga joylanishi mumkin. Kassir ularni plombalaydi, joylangan pulning umumiy summasi ko’rsatilgan yorliqni biriktirib qo’yadi. Yorliqqa sana, kassir va nazoratchining imzosi qo’yilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan to’rtburchak muhr bosiladi. Bunday hollarda barcha chiqim hujjatlari umumiy yorliqqa biriktiriladi;
v) berish uchun tayyorlab qo’yilgan naqd pulni kassa mudiri chiqim hujjatlari bilan birga kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qo’yib qabul qilib oladi.
Pullar qoplar (aravachalar)ga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi va bunda ularning butligi, pulning to’g’ri o’rab-bog’langanligi va plombir izlarining aniq tushganligi tekshiriladi.
Kassir keyingi ish kun ertalab kassa mudiridan 155-shakldagi kitobga imzo qo’ygan holda, pulni aynan shu tartibda qabul qilib oladi.
Mijozlar qoplarni maxsus ajratilgan xonada bank xodimining kuzatuvi ostida ochadilar, plombalarni esa, bank xodimi qirqib oladi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish