O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
21.03-guruh talabasi
Mo’sajonova Mohitabonning
Analitik geometriya fanidan “Tekslikdagi to’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyati”
mavzusidagi
KURS ISHI
Farg’ona – 2022 yil
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
To’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi.
To’g’ri chiziqning turli tenglamalari.
Uchhad ishorasining geometrik ma’nosi.
Tekislikda to’g’ri chiziqlarning o’zaro vaziyati.
To’g’ri chiziqning normal tenglamasi. Nuqtadan to’g’ri chiziqqacha bo’lgan masofa.
Ikki to’g’ri chiziq orasidagi burchak.
Tekislikda to’g’ri chiziqga doir masalalar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Barkamol yetuk shaxsni tarbiyalash, respublikamizda kadrlar tayyorlashni davr talablari darajasiga ko'tarish, ta'limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mexanizmni yaratish, uning mazmunini takomillash- tirish o'quvchi va o'qituvchilardagi ta'lim-tarbiya jarayoniga bo'lgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab olgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bosqichma-bosqich amalga joriy etilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, ta'lim tizimida iqtidorli yoshlarni o'z vaqtida aniqlash, ularni saralash va qobiliyatini rivojlanishida ularga oqilona ko’rsatma berish, respublikada aql-zakovatli, ijodiy fikrlovchi yangi avlodni tarbiyalashning muhim manbaidir. Bu boradagi tadbirlar asosan qobiliyatli yoshlarni saralash, ular bilan ishlash, qiziqishlari, iqtidorini o'rganish va qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bog’liq. Shaxs va uning kamoloti muammosi taraqqiy etishi va o’z taraqqiyotini yuksak cho'qqisiga intilishi uchun imkoniyatlarning cheksizigini ta'minlash zarur.
Iste'dodli o'quvchilar va iqtidorli yoshlar davlatning intellektual salohiyatini oshirib boruvchi va aniq maqsadlar yo'lida samarali foydalanishi uchun zarur bo'lgan «oltin zahirasi» dir. Bu-davlatimiz qudrati, mamlakatimiz kelajagi bilimli, dono va ma'naviy barkamol, iste'dodli, ijodkor, qobiliyatli kadrlarga bog'liq ekanini chuqur anglagan holda faoliyat yuritish demakdir. Shunki ijodkor, iste'dodli, ya'ni yuksak ma'naviy, ruhiy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan shaxsgina jamiyatni, xalqni yuksak taraqqiyot sari yetaklaydi, ularni ma'naviyat va ma'rifat bobida tengsiz yutuqlarga ilhomlantiradi. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg'urmagan xalqning, millatning kelajagi yo'q. Iste'dod, qobiliyat komillikning eng asosi, uzviy qismi bo'lib, iste'dodli shaxslarni tarbiyalash, ularni iqtidorini yuzaga chiqarish jamiyatimizda eng muhim, dolzarb vazifasidir. Kurs ishining dolzarbligi: Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridi. Matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
Insoniyat kamoloti hayotning rivoji texnika va texnologiyalarning takomillashib borish asosida fanlar o’qitilishiga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Matematika fani o’quvchilarni iroda, diqqatni to’plab olishni; qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan bo’lishini talab eta borib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu xajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot texnologiyalardan foydalangan holda muammoli vaziyatni yaratishdir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |