SINF RAHBARINI REJASINI TUZISHNI O’RGANISH VA NAMUNA OLISH - Sinf rahbarining rejasini tuzishda men 8 sinf rahbari O Mallaboyeva bilan birgalikda ishladim. Va bu reja yil davomida o’quvchilar uchun juda muhim reja ekanligini bildim. Masalan bu namudadagi ish rejadan o’quvchilar vatanparvarlik, tabiatga muhofaza qilish,tejamkorlik, davlat ramzlari, o’qituvchilarga bo’lgan hurmat, davlatimiz bayrog’I, mahallaga bo’lgan munosabat va eng asosiysi ota-onaga bo’lgan hurmat tuyg’ulari uyg’onadi.
DARSLARNI KUZATISH VA TAHLIL QILISH - Men Mamirjonova Zebo amaliyot paytida o’qituvchilarning darslarida qatnashib darslarni tahlil qilib, o’qituvchilarning yutuqlari va kamchiliklarib iblan tanishdim. Va ular ishlatgan metodlarni o’rgandim va bu metodlarni kelajakda qo’llashni maqsad qildim
OCHIQ DARS ISHLANMASINI TAYYORLASH
Ochiq dars mavzusi : Milliy qo’g’irchoq turlari, ishlatiladigan asbob-moslamalar, gazlama turlari
Men 8-B sinfiga Texnologiya fanidan yuqorida aytilgan mavzuga ochiq dars o`tdim. Bu darsda men AKT dan foydalanib noan’anaviy metodda dars o`tdim. Bu darsda o’quvchilarga qo’g’irchoq tikish tehnologiyasini o’rgatdim.
Kerakli asbob-moslamalar;
1- Mato
2-Paxta
3-sm lenta
4- qaychi
5-igna-ip,qalam,andaza
AMALIY DARSLARGA TAQDIMOT TAYYORLASH
O`QUVCHILARNI AMALIY ISHLARI BO`YICHA KO`RGAZMA TASHKILLASH VA O`TKAZISH
- 7-sinflarning darslarda faol qatnashmagan o’quvchilarining ota-onalarini maktabga chaqirilgan holda sinf rohbari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari bilan birgalikda ota onalarga o’quvchilarni darslarga jalb qilish va ularning kelajagi haqida kerakli fikrlarni aytib o’tildi.
O`QUVCHULARGA TAVSIFNOMA YOZISH
5-B sinf o‘quvchisi Umarova Zahro bilimga chanqoq,a’lochi, ijodkor jamoatchi va boshqalarga nisbatan iqtidorli o‘quvchi.Barcha fanlarni yaxshi o‘zlashtiradi va a’lo baholarga o‘qiydi. Shuningdek,jamoat ishlarida,maktabda o‘tkaziladigan tadbirlarda ham faol qatnashadi.O‘z ona tilidan tashqari ingliz va rus tillarini biladi va o‘rganish jarayonini davom ettirmoqda.O‘z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so‘z boyligi yuqori.Mustaqil ravishda soda gaplarni tuza oladi.O‘zi haqida qisqacha bo‘lsa ham ma’lumot bera oladi.O‘qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada,tarbiyali o‘quvchi.Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi.Darsliklar bilan cheklanib qolmay,zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan ham foydalana oladi.Word kabi dasturlarda ishlash ko‘nikmasi mavjud.Yoshligida musiqa to‘garagiga borganligi uchun dutorni juda ajoyib chala oladi.Musiqa yo‘nalishida bir nechta tadbir va musobaqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud.
Ingliz tili bilan ko‘p vaqt shug‘ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli,ingliz tilida o‘qish,yozish,gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori.O‘zi mustaqil ravishda mavzuni o‘zlashtiradi va darsni tashkillay oladi.Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi.
Mas’uliyatli o‘quvchi sifatida o‘z kelajagi haqida qayg‘uradi va bu tilni yaxshi o‘zlashtirib oliy o‘quv yurtida o‘qishini davom ettirishni,kelajakda malakali kadr bo‘lib yetishishni xohlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |