MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
Molekulyar fizika
FIZIKA KAFEDRASI
713-21 guruh talabasi Jahongirov Jonibekning fizika 1 (ma’ruza) fanidan bajargan mustaqil ishi
Abduraxmanov Qaxxor Pattaxovich
Topshiriq rejasi: 1.Ideal gaz qonunlari. 2.Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. 3. Ideal gaz molekulalarining tezlik va energiya bo'yicha taqsimoti. 4.Potensial kuchlar ta’sirida gaz molekulalari taqsimoti. 5.Gaz molekulalarining o'rtacha to'qnashishlar soni va o’rtacha yugurish yo’li. 6.Xulosa. 7.Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Ideal gaz qonunlari. Gaz molekulalari orasidagi o'zaro tortishish kuchlari e'tiborga olmaslik darajasida kuchsiz va molekulalarining xususiy hajmi gaz egallagan hajmdan juda kichik bo'lgan gazlar ideal gazlar deyiladi. Demak, ideal gaz molekulalarini moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. Termodinamik sistema holatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi fizik kattaliklar, termodinamik parametrlar (holat parametrlari) deyiladi. Termodinamik parametrlarga misol qilib, bosim, hajm, temperatura, kontsentratsiya va boshqalarni olish mumkin. Avagodro soni Modda miqdori M— molyar massa. 2. Molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Gaz molekulalari idish devorlariga urilishidan gaz bosimi hosil bo'ladi. Har bir molekulaning ilgarilanma harakatidagi kinetik energiyasi qancha katta bo'lsa, molekulalarning devorga urilishidan hosil bo'ladigan bosimi gaz molekulalarining ilgarilanma harakatdagi o'rtacha kinetik energiyasi va hajm birligidagi molekulalar soniga to'g'ri proportsionaldir. Bu molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasidir. 3. Ideal gaz molekulalarining tezlik va energiya bo'yicha taqsimoti. Muvozanat holatda turgan gaz molekulalari agar gazga hech qanday tashqi kuchlar maydoni ta’sir etmayotgan bo`lsa, o`zaro to`qnashib turadi. Har bir to`qnashish jarayonida, energiya almashinuvi tufayli, molekula o`z tezligini ham miqdori bo`yicha, ham yo`nalishi bo`yicha o`zgartiradi. Maksvell extimollik nazariyasidan foydalanib 1859 yilda gaz molekulalarining tezlikka qarab taqsimlanish qonunini aniqladi, uning fikricha: 1. Тezliklar ichida extimolligi eng katta bo`lgan shunday e tezlik mavjudki, ko`pchilik molekulalar unga yaqin bo`lgan tezliklarda harakatlanadi. Тezligi e dan juda katta va juda kichik bo`lgan molekulalar oz miqdorni tashkil etadi. 2. Harakat tartibsiz bo`lgani uchun aniq bir tezlikda harakatlanayotgan molekulalar sonini hisoblab bo`lmaydi. Lekin ma’lum υ, υ+ dU oraliqdagi tezlikda harakatlanayotgan molekulalar sonini hisoblash mumkin. Buning uchun Maksvell nisbiy tezlikdan foydalanadi. Nisbiy tezlik u deb υ oniy tezlikni extimolligi eng katta bo`lgan υe tezlikka nisbatiga aytiladi, Ya’ni U=υ/υe Molekulalar taqsimotining Maksvell qonunidan gaz holati uch hil tezlik bilan xarakterlanishi kelib chiqadi. 1. Eng katta extimolli tezlik 2. O’rtacha arifmetik tezlik 3. O’rtacha kvadratik tezlik 4. Potensial kuchlar ta’sirida gaz molekulalari taqsimoti. 5.Gaz molekulalarining o'rtacha to'qnashishlar soni va o’rtacha yugurish yo’li. - Gaz molekulalari tartibsiz harakatda bo’lishi sababli
- bir-biri bilan uzluksiz to’qnashadilar. Molekula ikkita
- ketma-ket to’qnashishlar oralig’ida ma’lum l yo’lni
- bosib o’tadi va bu erkin yugurish yo’li deb ataladi.
- Umumiy holda ketma-ket to’qnashishlar orasidagi
- erkin yugurish yo’li uzunligi har xildir. Uning ustiga
- molekulalar soni beqiyos katta bo’lganligi sababli,
- molekulalarning o’rtacha erkin yugurish yo’li
- to’g’risida so’z yuritishimiz mumkin.
- To’qnashishlarda ikkita molekula markazlari
- yaqinlashishining eng kichik masofasi d –
- molekulalarning effektiv diametri deb ataladi.
U to’qnashayotgan molekulalar tezligiga, ya’ni gazning temperaturasiga bog’liq.1 sekund ichida molekula o’rtacha arifmatik tezlik - ga teng yo’l bosib o’tadi va bu vaqt ichida o’rtacha to’qnashishlarga duch kelsa, u holda erkin yugurish yo’li quyidagiga teng bo’ladi - U to’qnashayotgan molekulalar tezligiga, ya’ni gazning temperaturasiga bog’liq.1 sekund ichida molekula o’rtacha arifmatik tezlik - ga teng yo’l bosib o’tadi va bu vaqt ichida o’rtacha to’qnashishlarga duch kelsa, u holda erkin yugurish yo’li quyidagiga teng bo’ladi
8.Xulosa - Men bu mustaqil ishni yozishimdan maqsadim aylanma harakat kinematikasi, egri chiziqli harakat, normal va tangensial tezlanishlar, burchak tezlik, burchak tezlanish mavzusini chuqurroq o‘rganish va o‘zimni bilimimni oshirishdan iborat. Xulosa qilib aytganda aylanma harakat kinematikasi egri chiziqli harakat, normal va tangensial tezlanishlar mavzusini maktab yoki litsey o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha tushunchalar hosil qilish va natijalarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
9.Foydalangan adabiyotlar. - S.X.AstanovU.N.IslomovN.N.Dalmuradova. AYLANMA HARAKAT
- A.Qosimov, X.Jo’raqulov, A.Safarov. MEXANIKA
- M.Ismoilov, P.Habibullayev, M.Xaliulin. MEXANIKA
- www.ziyouz.com kutubxonasi
- www.orbita.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |