Stress va uni boshqarish
Stress – inclizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashadi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;
asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi.
Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashishini odam yoki hayvon organizmining har qanday ta’siriga o’ziga hos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo’linadi:
boshlang’ich ta’sirchanlik (emosional) tuyg’usi (g’alayon); a’zoyi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.
qarshilik ko’rsatish bosqichi.
toliqish bosqichi.
Srtess – bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. qattiq bezovta bo’lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina streslarning ziyoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan va
haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’I lozim.
Stressni sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab bo’ladi (30-chizma).
Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda:
ongni faoliyatida ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi.
idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo boladi;
kutilmagan qo’zga’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi;
diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.
Shunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak.
Stress sabablari
Shaxsiy ichki sabablar
fiziologik sabablar;
ruhiy sabbalar;
oiladagi nohushliklar;
mansabga intilishdagi omadsizliklar;
tahlika tug’diruvchi sabablar va hokazo.
Tarkibiy sabablari
ish faoliyatidagi noaniqlik;
haddan tashqari ko’p ish yoki ka mish bilan band bo’lish;
qiziqmagan ish bilan band bo’lish;
ish sharoitining yomonligi;
demotivlashtirishning ustivorligi va hokazo.
Adaptatsiya
Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya-inson boshqa odamlar bilan, qolaversa, jamiyat bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishda vujudga keluvchi destabilizatsiya holati, bezovtalanish, ichki psixik zo‘riqish kabilarni pasaytirish va bartaraf etishda shaxsning mudofaa, himoya vositasisifatida gavdalanadi. Bunda psixikaning ximoya mexanizmlari shaxsning psixologik adaptatsiyasi usuli tarzida ro‘yobga chiqadi. Ba’zi psixologlar regressiv adantatsiyani konformlashgan, asoslangan ijtimoiy qoida va normalarni va talablarni shaxs tomonidan shartli ravishda qabul qilinganlik deb baholaydilar. Bunday vaziyatlarda shaxs o‘zini o’zi namoyon etish imkoniyatidan, o‘zining ijodiy qobiliyatlari vujudga kelishidan, o‘z qadr-qiymatini his qilib ko‘rish sinovidan mahrum bo‘ladi. Faqat regressiv adaptatsiya shaxsning haqiqiy ijtimoiylashuviga yordam berishi mumkin, shuningdek, konformistik strategiya ya’ni o‘zida uzoq muddat mujassamlashtiruvchi sifatida shaxs xulq-atvorida uzluksiz ravishda xatolarga yo‘l qo‘yish maylini shakllantiradi. Bu hodisa yangidan yangi muammoli vaziyatlarni vujudga kelish sari yetaklaydi, lekin moslashuv uchun unda na adaptiv qobiliyatlar, na tayyor mexanizmlar va ularning majmualari mavjud emas.Amalga oshish mexanizmi bo‘yicha ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ixtiyoriy va majburiy turlarga ajratiladi. Ixtiyoriy adaptatsiya-bu insonning xohishi, moyilligi orqali ro‘yobga chiquvchi holatdir. Odam o‘ziga zid, hatto unga yoqmaydigan salbiy, xohishga qarama-qarshi ijtimoiy hodisa va vaziyatlarga ilojsiz ravishda moslashishi mumkin (tutqinlik, zo‘ravonlik, vahobiylik, diktatura va hokazo). Bunday toifadagi ijtimoiy moslashuv -majburiyadaptatsiyadeb nomlanadi. Bu tipdagi adaptatsiya inson psixikasiga zarar keltirishda, ya’ni shaxsning axloqiy, intellektual sifatlarining deformatsiyasi hisobiga kechadi, unda mental va emotsional buzilishning avj olishi natijasida muhitning (makro, mikro, mize) o‘zgarishiga olib keladi, hatto inson o‘z ruhiy olamini o‘zgartirish o‘quvidan ham mahrum bo‘ladi.Ijtimoiy psixologiya sohalarida «adaptatsiya» termini bilan bir qatorda «readaptatsiya»tushunchasidan ham foydalaniladi. Insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkay-u yolg‘iz turmush kechirish, oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odatda, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushunchalari o‘zaro bir-biridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita bogliq. Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari, extiyojiy-motivatsion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch kelsa, sodir bo‘ladiki, u holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayoiida shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi sharoitlarga o‘tish, qaytishehtimoli yuzaga kelsa, u taqdirda sub’ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning tinch-osoyishta, hotirjam fuqarolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit, ekstremal vaziyatlarga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta moslashuvning amalga oshishini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning, turli qurolli tuzilmalarning askarlari iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga qaytishida ko‘pincha jiddiy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya jarayoni kechadi. Psixologiya fanida etnomadaniy adaptatsiyatermini ham mavjud bo‘lib, begona madaniyat, ma’naviyat, millatlararo munosabatlarga elatlar va etnoslarni moslashishining o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘g‘risida bahs yuritadi. Etnomadaniy adaptatsiya–bu ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy-psixologik jihatdan odatlanishi, moslashishi va ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirishi, shuningdek, begona, notanish milliy an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-atvori etnoslararo ta’sir, ta’sir o‘tkazish qatnashchilarining kutilmasi, talablari va normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashtirishdir. Odatda, inson uch bosqichni bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning xulqi, qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi (attityud),psixikasi muayyan transformatsiyalar yordami bilan kuzatib boriladi. Birinchi bosqichda shaxsda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional-hissiy kechinmalar vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik hislari ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch-quvvatiga ishonch, o‘zining kechinmalarini qondirish hissi ro‘yobga chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
S.N.Joʻraeva.,Z.Sh.YunusxodjaevKasbiypsixologiyasi.T-14.
F.I.Haydarov,N.I Xalilova.Umumiypsixologiya.T.2010
Internet saytlari:
http://el.tfi.uz
www.ziyonet.uz
https://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |