Guruh talabasi Islom Mavluda 2-topshiriq Javoblar


Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari



Download 39,49 Kb.
bet2/5
Sana30.12.2021
Hajmi39,49 Kb.
#95924
1   2   3   4   5
Bog'liq
690 -2

2.Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma, biologic xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan – biologic yaxlitlik, tug’ma sifatlarni o’z ichiga olgan substrat - individhamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik –o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o’z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetic taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament-shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emostional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.

Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanadi.

1.Senzitivlik (latincha sezish, his qilish degan ma’noni anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaktsiyani hosil qilish uchun zarur bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo`lishi uchun kerak qo`zg`ovchining ozgina kuchi yaьni ularning quyi chegarasi, ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi mujassamlashadi.

2.Reaktivlik. Bu to`g`rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro`yobga chiqishi -emotsionallik, ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir.

3.Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishdaob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishiga qarab fikr yuritiladi.

4.Reaktivlik bilan faollikning o`zaro munosabati. Odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga,favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko`ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

5.Reaktsiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaktsiyalar va jarayonlar- ning kechish tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi

6.Harakatlarning silliqligi va unga karama-qarshi sifat rigidlik (qotib kolganlik). shaxsning o`zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiklashishiga yaьni silliqlik bilan moslashishga, shuningdek, uning xatti-harakatlari kanchalik sust va zaifligiga nisbatan bahoberishdan iboratdir.

7.Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaktsiya ko`p jihatdan nimalarga bog`likligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga va ichki timsollarga, tasavvurlarga, mulohazalarga taalluqligiga asoslangan holdagi munosabatdir.

Sangvinik-juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg`on dalillarga jaxli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish kiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlikmunosabati muvozanatda, intizomli, o`zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo`shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki tiyrak, topqir, kiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi. Xayolati yuksak darajada rivojlangan, tashki ta’sirlarga hozirjavob va hokazo.

Xolerik-sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serzarda, tinimsiz.Sangvinikka karaganda silliqrok, lekin ko`proq qotib kolgan. Qiziqishlari, intilishlari barkaror, xatti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq dikkatni bir joyga to`plashda qiynaladi. Nutq sur’ati tez va hokazo.

Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yakkol tashlanmaydi. Lekin, serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur’ati sust. Diqkatni to`plashi osoyishta. Diqqatni ko`chirish kiyin. Introvert, kam gap, ichimdan top. Yangilikni kabul qilishi murakkab. Tashki taassurotlarga sustlik bilan javob beradi.

Melanxolik-senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g`ayratsiz. Arazchi, xafaxon. Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqchaishchan emas. Diqqati beqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi, rigid va introvert. Psixologik ma’lumotlar e’tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tasdiqlanishi mumkin.




Download 39,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish