10-19 – guruh talabasi Guloro Yusupovaning
podkastlarni yaratish va ommalashtirish texnologiyalari
fanidan bajargan yakuniy ishi
S variant
1. Podkastlarni nomlash. Siz kaysi mavzuni tanlab kanday nom berasiz? Kanday boshlaysiz?
2. Podkastlarni masofaviy yozib oliщ texnologiyasi. Shartlari. Audiobezak berishda nimalarga e’tibor berish kk?
1. Podkast yaratish istagida bo'lgan har bir inson albatta miyasida uning mavzusi va ssenariy ketma-ketligini pishitib yurishga harakat qiladi. Bu texnologiya, kitobxonlik, hunarmandchilik, bolalar va hokazo mavzular bo'lishi mumkin. Mavzuni aniqlashtirib, podkast matnini ham tayyor holatga keltirib olgach esa, endi uni nomlash kerak bo'ladi. Tabiiyki, siz poskastga beradigan nom uning qisqacha nima haqidaligini tasvirlab bera olishi, tinglovchida ishtiyoq va qiziqish uyg'otishi lozim. Shu jihatdan siz tanlayotgan nomingiz qiziq va ayni vaqtda bevosita podkastingiz mavzusini qisqa jumlalarda ifodalab berishi kerak. Keling hozir men texnologiya mavzusida poskast qilganimda u qanday bo'lishi mumkinligini sinab ko'ramiz:
Smartfonlar savdosi bilan ham qiziqdingizmi?
Texnologiya bilan qurshab olingan asrda yashamoqdamiz. Ayniqsa har birimizning qo'l telefonlarimiz eng yaqin do'stimiz, sirdoshimiz, ta'bir joiz bo'lsa oila a'zomizga ham aylanib ulgurdi. Har birimiz sharoitimiz, didimiz va qiziqishlarimizdan kelib chiqqan holda telefon tanlaymiz. Birov apple, birov samsung, yana kimdir esa Xiaomi rusumidagi smartfonidan sevib foydalanadi. Bizning didimiz hamda tanlovimiz aynan ushbu brendlarning va bevosita ushbu kompaniya xodimlarining "qora qozonini qaynashi"da katta ahamiyatga ega. Insonlar hissiyotlari, didlari va qiziqishlarini to'g'ri baholay olgan brendning oshig'i olchi deyavering.
Tinib-tinchimagan Counterpoint tahlilchilari dunyo bo'ylab 2021-yildagi smartfonlar savdosini sarhisob qilib chiqishibdi. Tahlilchi akalarning aytishicha, Smartfonlar savdosi 4% ga oshib, 1.39 milliard donaga yetgan. 2021-yilning 4-choragiga kelib esa savdo hajmi 6% ga kamaygan va 371 million donani tashkil etgan.
2021-yilda eng ko'p miqdorda Samsung kompaniyasi smartfonlari xarid qilingan. Yil davomida kompaniya 270.7 million dona smartfon sotgan bo'lib, uning savdo hajmi 6% ga oshgan. Apple brendi esa o‘tgan yilda 237.9 million dona qurilma sotib 2020-yilgiga nisbatan 18% foiz yuqori savdoga ega bo'lgan. Bu natija bilan Apple kompaniyasi raqobatchisi Samsungni quvib yetishiga oz qolmoqda.
Xiaomi kompaniyasi esa 2021-yilda 190.4 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo'di. Kompaniyaning bozor hajmi 31% o‘sib, kuchli uchlikni yakunlab qo'ydi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki 2021-yilda Apple va Xiaomi brendlari uchun juda omadli kelib, ularning savdosi barcha yillardagidan eng yaxshisi bo‘ldi. Garchi Samsung kompaniyasi sotuv bo'yicha birinchilikni egallagan bo'lsa-da, u haqida bunday deb bo'lmaydi. Samsung uchun 2021-yilgi savdo natijasi 2020-yildan keyingi eng yomon natija bo'lib qolmoqda. Umuman olganda, Samsung birinchi beshlikdagi eng yomon o‘sish sur’atini qayd etgan.
Shuningdek, kuchli beshlik ichidan Oppo va Vivo kompaniyalari ham joy olgan. Qolgan brendlar borasida esa nima ham derdik, kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi.
Ma'lumotlar Terabayt.uz saytidan olindi.
2. Podkastni yaratish va nashr etish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Podkast g‘oyasini izlash, uning mavzusini aniqlash. Podkastlarni yozib olishdan oldin, qoida tariqasida, yozib olish jarayonini osonlashtirish uchun uning rejasi (shounots) tuziladi.
Zaruriy uskunalarni tayyorlash. Odatda, yozish uchun raqamli yoki analog mikrofon ishlatiladi. Yozuv sifatini oshirish uchun audio signal raqamli yoki analog mikser yordamida qayta ishlanadi, turli filtrlar qo'llaniladi. Audio podkastlarni yozib olishda bugun asosan mobil qurilmalar va kichik mikromikrofonlar qulay texnika vositasi hisoblanadi. Kimlardir podkastlarni studiyada, kimlardir mavzusiga qarab turli joylarda yozib olishi mumkin. Telefonda yoziladigan podkastlar so’zlovchidan taxmiman 20-15 sm uzoqlikda tutilishi lozim. Yozib olgungacha bo’lgan holatda podcast yozib oluvchi podkastning mavzusi, yo’nalishi qay tarzda ketishi intervyumi yoki muallif nutqimi aniq ssenariy va maqsadga ega bo’lishi lozim. Yozib olish ham mas’uliyatli jarayon bo’lib, sizda bu suhbatdoshni qayta uchratish imkoni bo’lmasligi lozim shu sababli alohida tayyorgarlik muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, hozirda videopodkastlar ham ommalashmoqda. Videopodkast yozib olish bizdan nisbatan ko'proq texnika va kuch talab qiladi. Chunki bu jarayonda bizda sifatli tasvir uchun kamera hamda ovozni shumlarsiz yozish uchun mikrofonlar ham bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, masofaviy suhbatdoshlar o'rtasidagi aloqa Internet yoki telefon qo'ng'irog'i orqali amalga oshiriladi.
Podkastlarga audiobezak berishda ketma-ketlik va dublyajni sinxronlashtiriladi, shovqin olib tashlanadi, turli musiqiy aranjirovkalar o'rnatiladi. Podkastlarda podsafe musiqasi fon musiqasi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |