Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko‘rsatkich-chi?
Joriy davr – bu indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan davrdir.
Bazis davr- hodisaning taqqoslash asosi qilib olinayotgan zaminiy ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan vaqt uzunligi (oralig‘i).
Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?
Yakka indekslar – o’rganilayotgan murakkab hodisaning ayrim elementlarining o’zgarishini ta’riflaydi va joriy ko’rsatkichni bazis davr ko’rsatkichi bilan taqqoslashga asoslanadi.
Yakka indekslar to’plam doirasida ayrim hodisalarning o’zgarishi o’rganadi. Buning uchun joriy davr ko’rsatkichi bazis davr ko’rsatkichi bilan taqoslanadi:
Miqdoriy ko’rsatkichlar uchun:
Sifat ko’rsatkichlari uchun:
Yakka indekslarning qanday turlarini bilasiz?
Yakka indekslarning zanjirsimon o’zgarmas va o’zgaruvchan asosli indekslarini ajratish mumkin.
Zanjirsimon indekslar – davr sayin hodisalar o’zgarishini aniqlaydi va solishtirish natijasida hosil bo’ladi.
Miqdoriy ko’rsatkichlar uchun:
Sifat ko’rsatkichlari uchun esa:
O’zgarmas asosli indekslar – boshlang’ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o’zgarishini belgilaydi.
O’zgaruvchan asosli indekslar – taqqoslana yotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o’tgan vaqt davomida o’rganilayotgan hodisalar qanday darajada o’zraganligini aniqlaydi. U joriy davr korsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko’rsatkichlarga nisbati hisoblanadi.
Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?
Yakka indekslarning:
Davrali (aylanma) teskarilanish;
Omillarining teskarilanish;
Vaqt bo’yicha teskarilanish xossalari mavjud.
Yakka indekslarning zanjirsimon, o’zgaruvchan va o’zgarmas asosli turlari o’rtasida sirkulyar (doiraviy) bog’lanishlar mavjud. Bu yakka indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi deb ataladi.
Yakka indekslarning sifat ko’rsatkichi indeksi bilan miqdor ko’rsatkichi indeksi ko’paytirilsa u holda uchinchi indeksga ega bo’lamiz va bu natijaviy o’zgarishni ifodalaydi. Bu yakka indekslarning omillarning teskarilanish xossasi deb ataladi.
Yakka indekslarga xos yana bir xususiyat shundayki, ularning formulasida bazis yoki joriy davr o’rnini almashtirilsa, u holda yangi va eski indekslar teskari miqdorlar kabi o’zaro nisbatda bo’ladi. Bu yakka indekslarning vaqt bo’yicha teskarilanish xossasi deyiladi.
Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?
Guruhiy indekslar – o’rganilayotgan hodisa va jarayonlar to’plamini turli xil usullar yordamida umumlashtirib kompleks o’rganish demakdir.
Guruhiy indekslarga misollar keltiring.
Guruhiy indekslarga o’zgaruvchan tarkibli indeks agregat indekslar vaznli va vaznsiz indekslar misol bo’la oladi.
Agregat indekslar o’z ichiga;
-Miqdor indeksi;
-baho indeksi;
-tannarx indeksi;
-vaqt sarfi indeksi;
-xarajat indeksi;
-mehnat unumdorligi indeksi;
-tovar oborot qiymat indeksini oladi.(turli xildagi mahsulot bo’yicha)
Guruhiy indekslar qanday shakllarda tuziladi?
Guruhlash indekslari 2 xil usulda tuziladi. Undan tashqari Paashe va Laspeyres usulida ham aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |