Tarmoqlanish operatorining umumiy shakli quyidagicha:
If shart Then Else ;
Bu yerda if, then va else Paskalning xizmatchi so‘zlari bo‘lib, ularning o‘qilishi va ma’nosi quyidagicha: If (if) – “agar”, Then (zen) – “u holda”, Else (elz) – “aks holda”. Odatda, rost yoki yolg‘on qiymatlardan birini qabul qiluvchi mantiqiy ifoda; Paskalning ixtiyoriy operatori yoki operatorlari ketma-ketligidir. Shuni yodda tutingki, Else xizmatchi so‘zidan avval yozilgan operatordan keyin “;” (nuqtali vergul) qo‘yilmaydi.
Tarmoqlanish operatori quyidagicha ishlaydi: avval shart tekshiriladi, agar uning qiymati rost bo‘lsa then dan keyingi operator yoki operatorlar ketma-ketligi, aks holda else dan keyingi operator yoki operatorlar ketma-ketligi bajariladi.
2.
Takrorlanish operatorining 3 xil ko’rinishlari va Paskalning ularga mos operatorlari.
Paskal algoritmik tilida uch xil ko’rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar belgilangan:
-avval sharti tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «hozircha») takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi;
-sharti keyin tekshiriladigan («gacha») takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi;
-parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan jarayonlar ustida alohida-alohida tuxtalib utamiz.
Avval sharti tekshiriladigan (old shartli) takrorlanish jarayoni
Takrorlanuvchi jarayonning bu ko’rinishi takrorlanish soni oldindan noma'lum bo’lgan hollarda, ya'ni takrorlanishdan chikish ma'lum shartga boglik bo’lgan hollarda ishlatiladi.
Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chikish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi.
Ushbu operatorning umumiy ko’rinishi quyidagichadir:
::q
WHILE DO yoki
WHILE L DO M
bu yerda WHILE – hozircha, do – bajarish ma'nosini anglatuvchi xizmatchi so’zlar, L – mantiqiy ifoda, M – operatorlar yoki operatorlar guruhi, u takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish tanasida bitta yoki bir nechta operatorlar guruhi bo’lishi mumkin. Bunda operatorlar guruhi albatta Begin va End operatorlari orasida yozilishi kerak.
Operatorning bajarilishi quyidagicha:
1 mantiqiy ifodaning qiymati hisoblanadi.
Agar, 1 mantiqiy ifoda rost qiymatga ega bo’lsa, M operatori bajariladi va bu operatori 1 mantiqiy ifodaning qiymati yolgon bo’lgunchaqayta-qayta bajariladi.
Agar, 1 mantiqiy ifodaning qiymati birinchi tekshirishdayek yolgon bo’lsa M operatori biron marta ham bajarilmaydi va boshqaruv WHILE operatoridan keyingi operatorga uzatiladi.
Agar, 1-mantiqiy ifoda rost bo’lib, EHM M operatorni bajarish davomida, biror sababga ko’ra takrorlanishdan chikish talab etilsa, u holda Paskal algoritmik tilida EXIT operatori orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |