Guruh talabasi Abdusamiyeva Sevaraning «Izoxinolin» mavzusidagi Kurs ishi Mavzu: Izoxinolin mundarija



Download 0,87 Mb.
bet8/9
Sana20.04.2022
Hajmi0,87 Mb.
#566076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi asli3

2.3.Atseklidin va Fenkarol
Atseklidin oq kristall kukun bo‘lib, suv va spirtda eriydi, efirda erimaydi. 137— 141 °S haroratda suyuqlanadi.
OKSILIDIN
Oxulidinum
3-benzoil-oksixinuklidin, gidroxlorid
Oksilidin hidsiz, oq kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirtda eriydi, efir va atsetonda esa erimaydi. U 246—250°S haroratda suyuqlanadi.
Fenkarol hidsiz, achchiq ta’mli, oq kristall kukun bo‘lib, suv va spirtda kam eriydi, xloroformda eriydi.
KVALIDIL
Qualidilum
1,6-geksametilen-bis- (3-benzilxinuklidiniy xlorid) tetragidrat
Kvalidil oq xidsiz, kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirt va xloroformda eriydi, efir, atseton va benzolda erimaydi.
IMEXIN
Imechinum
2, 2, 6, 6, - tetrametil — xinuklidin, yodmetilat
Imexin hidsiz, taxir mazali, oq kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirtda eriydi, xloroformda engil eriydi.Xinuklidin guruh preparatlar Chinligini aniqlashda ham boshqa preparatlarga o‘xshash ularning kimyoviy xossasi va molekula tuzilishidagi funksional guruhlardan foydalaniladi. Masalan, atseklidin va oksilidindagi murakkab efir guruhlari asosida, ularni rangli gidroksamat tuzlarni hosil qilish reaksiyalari orqali aniqlash mumkin. Bunda preparatga gidroksilamin gidroxlorid va natriy gidroksid eritmalari qo‘shib chayqatilgandan so‘ng, unga suyultirilgan xlorid kislota va temir (III) xlorid qo‘shilsa, oksilidin to‘q binafsha, atseklidin esa qizil-qo‘ng‘ir rangli temirgidroksamat tuzlarini hosil qiladi.Atseklidinni bu reaksiya bo‘yicha aniqlanganda, avval uning tarkibidagi salitsil kislotani xlorid kislota ta’sirida cho‘ktirib, so‘ngra efir bilan ekstraksiya qilib ajratib olinadi.Atseklidinning Chinligini aniqashda yana rangli reaksiyalardan, uning limon kislotasining sirka angidrididapi eritmasi bilan yashil-sariq rangdan to‘q qizil rangga o‘tib ketadigan birikma hosil qilishidan foydalaniladi.Oksilidin ko‘pchilik uchlamchi azot saklovchi geterotsiklik birikmalarga o‘xshash pikrin kislotasi bilan 190— 195°S haroratda suyuqlanib ketadigan sariq cho‘kma holida qo‘sh molekulyar birikma hosil qiladi.Fenkarolning Chinligini aniqlashga tavsiya qilingan reaksiyalardan uning Reynikat ammoniy «eritmasi ta’sirida atsetonda eriydigan pushti rangli pishloqsimon cho‘kma hosil qilish reaksiyasi keng qo‘llanadi. Bu reaksiya preparatdagi xinuklidin halqasiga doir reaksiyadir. Reynikat ammoniy reaktivi bilan kvalidil ham fenkarolga o‘xshash cho‘kma beradi. Fenkarolning Chinligi uning kukun holidagisiga bir necha tomchi Marki reaktividan qo‘shilganda to‘q qizil rangli kondensirlangan birikma (preparat tarkibidagi aromatik halqalar hisobiga) hosil qilishi bo‘yicha ham aniqlanadi.[10]
Kvalidilni, boshqa xinuklidin hosilalaridan farqlaydigan reaksiya sifatida, uning xromatrop kislotasining dinatriy tuzi bilan, avval oq loyqa, biroz turishi natijasida esa kristall cho‘kma hosil qilishidan foydalaniladi. Reaksiyani taxminan quyidagi tenglama bo‘yicha ifodalash mumkin. Imexindagi to‘rtlamchi ammoniy kationiga asoslanib, uning 1,2-naftoxinon-4-sulfokislotaning natriyli tuzi bilan sariq-jigar rangli cho‘kma hosil qilishi bo‘yicha preparatning Chinligini aniqlashda foydalaniladi. Atseklidin tarkibidagi salitsil kislotani temir (III) xlorid eritmasi bilan ko‘k binafsha rangli birikma hosil qilishidan, imexindagi yod va boshqa preparatlarda esa xlor ionini Davlat farmakopeyasi bo‘yicha oddiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi.Bu erda ko‘rilayotgan xinuklidin qator preparatlarning miqdori suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bunda preparatlarning (atseklidindan tashqari) suvsiz sirka kislotadagi eritmalarini simob (II) atsetat ishtirokida perxlorat kislotasining suvsiz sirka kislotadagi 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida kristall binafsha ishlatiladi va titrlashni suyuqlik ko‘kimtir-yashil rangga o‘tguncha olib boriladi. Atseklidinni bu usul bilan aniqlashda simob (II) atsetat olinmaydi, uning suvsiz sirka kislotadagi eritmasini bevosita perxlorat kislota eritmasi bilan titrlanadi. Reaksiyani oksilidin va kvalidil misolida quyidagi tenglama bo‘yicha ifodalash mumkin.Dori sifatida qo‘llaniladigan xinuklidin hosilalari kimyoviy tuzilishi bilan o‘zaro bir-biriga juda yaqin bo‘lsalarda, biroq ularning molekulasiga kiritilgan ayrim o‘zgarishlar preparatlarning farmakologik ta’sirlari turlicha bo‘lishiga olib keladi. Masalan, atseklidin me’da-ichak va siydik pufakchasi operatsiyasidan keyingi atoniyani yo‘qotishda 0,2 % li eritmasi 1—2 ml dan teri ostiga yuboriladi. Uning 3 % li va 5 % li eritmasi esa malham sifatida glaukoma kasalligida, ko‘z ichki bosimini pasaytirishda ishlatiladi.Oksilidin sedativ va gipotenziv ta’sir ko‘rsatishi bilan farqlanadi. Uni turli asab buzilishi, uyqusizlikda, gipertoniya va boshqa ba’zi kasalliklarni davolashda 0,02—0,06 g dan (kuniga 0,2-0,3 g miqdorida) ichiriladi yoki 2 % li eritma holida 1 ml dan kuniga 2 marta teri osti yoki mushak orasiga yuboriladi.Fenkarol allergiyaga qarshi preparatlar orasida o‘zining gistaminga qarshi ta’sir qilishi va kam toksikligi bilan farqlanadi. Uni 0,025—0, 05 g dan kuniga 3-4 marta ichiriladi. Imexin kuchli ganglioblokator va gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. Uni periferik tomirlar spazmasi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, gipertoniya va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Preparatning 1 % va 2 % li eritmasi qon tomiriga yuboriladi.Kvalidil preparati antidepolyarlovchi miorelaksant ta’sirga egadir. .Xinuklidin guruh preparatlardan oksilidin, fenkarol, imexin «B» ro‘yxati, atseklidin va kvalidil preparatlari esa «A» ro‘yxati bo‘yicha og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug‘lik ta’siridan himoya qiladi[11]



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish