2.2. Xinuklidinning tibbiyotda qo‘llanadigan hosilalari
ATSEKLIDIN - Aceclidinum
3-atsetoksixinuklidin salitsilat
Atseklidin oq kristall kukun bo‘lib, suv va spirtda eriydi, efirda erimaydi. 137— 141 °S haroratda suyuqlanadi.
Chinligi:Xlorid kislota va temir (III) xlorid ishtirokida temirgidroksamat tuzlarini hosil bo‘lish reaksiyasi
1. Limon kislotasining sirka angidrididagi eritmasi bilan yashil-sariq rangdan to‘q qizil rangga o‘tuvchi birikma hosil qilish reaksiyasi
2. Tarkibidagi salitsil kislotani temir (III) xlorid eritmasi bilan ko‘k binafsha rangli birikma hosil qilish reaksiyasi
Miqdori: Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli
Ishlatilishi: Me’da-ichak va siydik pufakchasi operatsiyasidan keyingi atoniyani yo‘qotishda qo‘llaniladi
OKSILIDIN-Oxulidinum
3-benzoil-oksixinuklidin, gidroxlorid
Hidsiz, oq kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirtda eriydi, efir va atsetonda esa erimaydi. U 246—250°S haroratda suyuqlanadi.
Chinligi:
1. Pikrin kislotasi bilan 190— 195°C haroratda suyuqlanib ketadigan sariq cho‘kma holida qo‘sh molekulyar birikma hosil qilish reaksiyasi
Miqdori: Suvsiz muhitda kislota-asos titrlash usuli
Ishlatilishi: Sedativ va gipotenziv ta’sir ko‘satuvchi vosita
FENKAROL - Phencarolum
Xinuklidil-3-difenilkar-binol, gidroxlorid
Hidsiz, achchik. ta’mli, oq kristall kukun bo‘lib, suv va spirtda kam eriydi, xloroformda eriydi.
Chinligi:
1. Reynikat ammoniy «eritmasi ta’sirida atsetonda eriydigan pushti rangli pishloksimon cho‘kma hosil qilish reaksiyasi
2. Marki reaktivi qo‘shilganda to‘q qizil rangli kondensirlangan birikma hosil bo‘lish reaksiyasi
Miqdori: Atseklidin va oksilidinga qarang
Ishlatilishi: Allergiyaga qarshi vosita
KVALIDIL - Qualidilum
1,6-geksametilen-bis- (3-benzilxinuklidiniy xlorid) tetragidrat
Kvalidil oq xidsiz, kristall kukun bo‘lib, suvda engil ariydi, spirt va xloroformda eriydi, efir, atseton va benzolda erimaydi.
Chinligi:
1. Xromatrop kislotasining dinatriy tuzi bilan, avval oq loyqa, biroz turishi natijasida esa kristall cho‘kma hosil qilishi reaksiyasi
Miqdori: Atseklidinva oksilidinga qarang
Ishlatilishi: Antidepolyarlovchi miorelaksant ta’sirga ega vosita
IMEXIN - Imechinum
2, 2, 6, 6, - tetrametil — xinuklidin, yodmetilat
Imexin hidsiz, taxir mazali, oq kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirtda eriydi, xloroformda engil eriydi.
Chinligi:
1. 1,2-naftoxinon-4-sulfokislotaning natriyli tuzi bilan sariq-jigar rangli cho‘kma hosil qilish reaksiyasi
Miqdori: Atseklidin va oksilidinga qarang
Ishlatilishi: Kuchli ganglioblokator va gipotenziv ta’sir ko‘rsatuvchi vosita
Xinuklidin ikkita o‘zaro kondensirlangan piperidin xalqasidan tashkil topgan geterotsiklik sistema bo‘lib, undagi birinchi holatdagi azot va 4, 5, 6 holatdagi uglerod atomlari molekula tuzilishida umumiy hisoblanadi. Xinuklidin halqasi tabiiy birikmalardan xinin alkaloidining tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |