2-topshiriq.
Shialik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
Ismoiliylar
|
Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo’lgan bir guruh shialar 6 – imom Ja’far Sodiqning katta o’g’li Ismoil atrofiga jipslashadilar. IX asr oxiriga kelib Ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topadi.
Muhammad ibn Ismoil
|
VIII asr o’rtalarida shakllanib, X-XI asrlarda yaqin va o’rta sharqda keng tarqalgan. O’rta asr mobaynida ismoiliylar orasidan Nizoriy, Musta’liy, Druz, Qirmitiy oqimlari ajralib chiqqan. Hozirgi davrda Nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Avg’oniston shimolida, Pomirda, Musta’liy mazhabi esa, Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, Druz mazhabi Suriya va Livanda saqlanib qolgan.
|
Ismoiliya mafkurasining shakllanishining ilk davridayoq uning ikki qirrasi “tashqi” – (az-zohir) va ichki (al-botun) namoyon bo’ladi. Tashqi ta’limot o’z ichiga barcha urf-odat va jamoaning oddiy a’zolariga majburiy bo’lgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. Ismoiliyaning ichki aqidasi ikki qismdan iborat : Birinchisi “At-Ta’vil” ya’ni Qur’on va shariatni tizimli tarzda sharhlash; ikkinchisi “Al-haqoiq” ya’ni “maxfiy”, “oliy” haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi. Ilmoiliylarda din asoslari yettita bo’lib, ulardan asosiysi imomga itoat etishdir. Qolgan oltitasi tahorat, namoz, zakot, ro’za, haj va jihoddir. Ismoiliylik dini aqidaparastlikka moyil bo’lib, har bir musulmon umrida bir marta odam o’ldirishdek, jasoratni amalga oshirishi zarur degan, aqida mavjud.
|
Jafariylar
|
12- imomga e’tiqod qiluvchi ismoiliylarning asosiy oqimi Ismoiliylar 6-imom Ja’far Sodiqni (vafoti 765) shialik fiqh tuzimining asoschisi deb biladilar.
|
XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy mazhabga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o’rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega.
|
Jafariylik mazhabining boshqalaridan asosiy farqi: jafariylar qiyosni Qur’on, sunna, ijmo’dan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladi, shialardagi imomlar naqllarinigina tan oladi, vaqtinchalik nikoh (mut’a)ga yo’l qo’yadi, xavf paydo bo’lgan chpg’da o’z e’tiqodlarini yashiradi, ijtihod (diniy va huquqiy masalar bo’yicha mustaqil fikr yuritish)ga imkon yaratadi.
|
Qaromatiy
|
Qaromatiylar shia mazhabidagi Ismoiylarning asosiy shaxobchalaridan biri bo’lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan. Ularning rahnamosi Hamdosh ibn Ash’asning o’g’li Abu Tohir Sulaymon (914-943)
|
Suriya va Yamanda ko’p tarqalgan.
|
Hamdosh ibn Ash’asning o’g’li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaromatiylar 930-yil haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon- taroj qilganlar, bir necha ming hojini va makka aholisini qatl etib, asrga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo’lib, Bahroinga olib ketganlar. Faqat 20 yildan keyin katta to’lov evaziga u makkaga qaytarib berilgan.
|
Zaydiy
|
Zayd ibn Ali (698-740)
|
Zaydiya firqasi vakillari hozirgi kunda Yaman Arab Respublikasi, Saudiya Arabistonida, Pokistonda yashaydilar. Bu firqa bir necha mayda firqachalarga bo’lingan. Ular orasidan jorudiya, sulaymoniya, butriya (solihiya), qosimiya, nosiriya, hoduviyalarni zikr etish mumkin.
|
Zaydiylar yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, taqiyya tamoyillarini va mut’a nikohini inkor etishlari bilan boshqalardan, avliyolar va mozorlarga sig’inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. O’z aqidalarida mu’taziylardan iroda erkinligi va Qu’ronni Alloh yaratganligini, xorijiylardan esa, diniy e’tiqodni amaliy faoliyat bilan Mustahkamlash tamoyillari qabul qilib olganlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |