3-topshiriq.
"Islom ta’limoti asoslari" mavzusidan kelib chiqib 10 ta so'z yozing va ularni
izohlang.
T/r
|
Tushuncha
|
Izoh
|
1
|
Kalom
|
“Kalom” so‘zi arab tilida “gap”, “suhbati”, “til”, “so‘zlashuv”, “nutq” va “bayon” ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi, aqidasi va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi.
|
2
|
Aqida
|
“Aqida” so‘zi “bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash” ma’nosini beradi. Islom aqidasi musulmon kishini muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan aqidalar yig‘indisi hisoblanadi.
|
3
|
Imom
|
“Imom” soʻzi arabcha soʻz boʻlib “yetakchi (lider)” maʼnosini bildiradi. Islom olamida, xususan shia mazhabida “imom” soʻzi alohida tarihiy ahamiyatga ega. Islomiyatning dastlabki bir necha asrlari davomida ushbu soʻz sunniy va shia mazhablarida xalifalarga nisbatan ishlatilgan. Imom (arab. — oldinda turuvchi) — namozda oldinda turuvchi, gʻoyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshligʻi.
|
4
|
Alloh
|
Alloh (arab, "al-iloh" – ilohiy kuch, xudo), Alloh – islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Keyingi yillardagi adabiyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qo‘llanib kelingan. Odatda Allohga "taolo" (ulug‘, oliy) sifati qo‘shib aytiladi.
|
5
|
Farishta
|
Farishta — iudaizm, xristianlik, islom va boshqa baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi. Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi farishtalar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), arshni koʻtarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh Farishtalar deb hisoblaniladi. Farishta (arabcha) Islomiyatda — aqlli va ozod mavjudot. Allohning hamma buyruqlarini soʻzsiz bajarishadi. Farishtalar inson koʻziga koʻrinmaydi, lekin oʻzi xohlaganda yoki Allohdan buyruq olganda koʻrinishi mumkin. Ular nurdan yaratilgan.
|
6
|
Payg’ambar
|
Paygʻambar (fors. — xabar keltiruvchi) – iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad (as) kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (as) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar.
|
7
|
Moturidiylik
|
Moturidiylik (arabcha) — kalomshn oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. IX asr oxiri — X asrda Movarounnahrda turli aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kelgan. Moturidiylikning keng uning moʻtadillik yoʻlini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qurʼon, hadis va aql-u idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab boʻyadi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan muʼgaziliylardan farqli oʻlaroq, aql bilan naqlni qoʻshib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Moturidiylik har bir insonning taqsiri Alloh tomonidan belgilab qoʻyilganiga qaramay, u oʻz xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka koʻra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish va toʻgʻri yoʻlni topish uchun keng imkoniyatlar berib qoʻyilgan.
|
8
|
Taqdir
|
Taqdir, qismat — oldindan belgilab qoʻyilgan hodisalar toʻplami va ketma-ketligi. Inson yoki guruhning oldindan belgilangan hayot yoʻli. Taqdirga ishonish barcha dinlarda bor. Lekin ularning har birida oʻziga xos xususiyatlar bilan talqin etiladi. Xristianlikda va islomda taqdir xudoning azaliy ilmi va qudrati tarzida izoxlanadi. Islomda taqdir — Alloh irodasiga bogʻliq deb hisoblovchi diniy tasavvur, rasman eʼtirof etilgan aqidalardan biri.
|
9
|
Qiyomat
|
Diniy eʼtiqodga koʻra, insonlarning qayta tirilish kuni; “tik turish”, “qoʻzgʻolon”, “gʻavgʻo”, “toʻpolon”. Diniy eʼtiqodlarga koʻra, goʻyo bu dunyo tugagach, u dunyoda hamma tirilib, soʻroqqa toʻplanadigan kun; oxirat, mahshar.
|
10
|
Jannat
|
Jannat — koʻpchilik diniy taʼlimotlarga koʻra, taqvodor dindorlar narigi dunyoda rohat va farogʻatda yashaydigan joy.Yahudiylik, Xristianlik, Islom dinlaridagi asosiy tushunchalardan biri. Barcha dinlarda Jannat doʻzaxga qarama-qarshi qoʻyiladi. Bibliya (Qadimgi ahd)da Jannat goʻzal bogʻ sifatida tasvirlanadi, unda Odam Ato bilan Momo Havo yashagani, ular gunoh ish qilib qoʻyganlaridan keyin Jannatdan quvilgani haqida yozilgan. Qurʼonda Jannat haqida bir necha yerda bayon qilingan. Diniy aqida boʻyicha, “Bu dunyodagi hayoti davrida imonli holida ezgu ishlar bilan shugʻullangan kishilarga Alloh tomonidan Jannatdan joy beriladi. Jannatdagi hayot abadiy, bezavoldir. Jannatdagilarni Alloh turli neʼmatlar bilan taʼminlaydi. U yerda gʻam-gʻussa va tashvish yoʻq. Odamlarning yaxshi koʻrgan barcha narsasi muhayyo etiladi. Qurʼonda Jannat daraxtzor, ariqlarda zilol suvlar oqib turadi”, deb taʼriflanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |