Guruh rahbar: M.To’rayeva
Guruh sardori: N.Alasqarova
A.Qodiriy nomli JDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti II bosqich 741-19-guruhida “Inson eng oliy qadriyat. (Onlayn ma`ruza sofdillik ) ” mavzusida Zoom dasturi orqali o’tkazilgan “Axborot va murabbiylik soati” da o’kazilganligi haqida
BAYONNOMA № 17
Sana: 24.12.20 Qatnashdilar: Guruh rahbari va 741-19 -guruh talabalari
Kun tartibida:
Inson eng oliy qadriyat.
Ijodkorlik.
Har xil masalalar.
Birinchi masala xususidan guruh murabbiyi navbatdagi murabbiylik soati, « Inson eng oliy qadriyat » mavzulari yuzasidan mashg’ulotlarni boshladi. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun global masala hisoblanadi. Yoshlar tarbiyasi mavzusi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Аssambleyasi 72-sessiyasida shunday degan edi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʼlib kamolga yetishi bilan bogʼliqdir. Shunday ekan, bugungi kunda, biz ustoz-murabbiylarni asosiy vazifamiz – yoshlarning oʼz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʼravonlik gʼoyasi- “virusi” tarqalishining oldini olishda tushuntirish ishlari olib borish, yosh avlodni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi koʼp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Yoshlarni tarbiyalashda ularning ruhiyatiga oʼz-oʼzini anglash tuygʼularini singdirish orqali ijtimoiy yetuklikka erishish mumkin, binobarin bu tuygʼu, insonning maʼnaviy shakllanishi jarayonida voyaga yetadi. Yoshlarda bunyodkorlik elementlarini milliy qadriyatlarimiz va milliy bagʼrikenglik tamoyillari orqali rivojlantirish, xalqimizning koʼp yillik anaʼnalari, madaniyati, urf-odatlari, milliy bayramlari, boy, qadimiy merosi oʼzining alohida oʼrni va ahamiyatiga egadir. Yoshlarda milliy iftixor, milliy gʼururni shakllantirish va mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga alohida ahamiyat berishimiz zarur. Аqliy zakovat, maʼnaviy komillik, diyonat, muruvvat, mehr-oqibat – bular barchasi maʼrifatli, maʼnaviyatli insonlarning asosiy fazilatlari sanaladi. Аna shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish, bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Hozirgi globallashuv jarayonda intizomli, masʼuliyatli, sabr-bardoshli, iymon-eʼtiqodli, bagʼrikeng, ijtimoiy faol, tashabbuskor va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi boʼlgan yoshlargina, kelajak bunyodkori boʼla oladi ishonch bildirib o’tdi.
Ikkinchi masala bo’yicha esa guruh murabbiyi insonlarni ziynatli fazilatlaridan biri ijodkorlik haqida maqolalardan parcha o’qib berdi. Insonlarning bu u fazilatlari nafaqat biror bir soxada balki oddiygina taomlanish uchun yozilgan dasturxonda ham ijodkorlikning oddiy elemntlari mavjudligini ta’kidladi. Shundan so’ng Abdulhayitova Hilola o’zining ijodidan na’munalar o’qib berib guruhdoshlari olqishida sazovor bo’ldi..
Uchinchi masala yuzasidan, guruh murabbiyi zoom dasturi orqali amalga oshirilayotgan har bir fanga vaqdida qatnashib, talabalar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishlari lozimligi ta’kidlandi. Doimo moodle.jspi.uz platformasida har bir fan yuzasidan bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqlarni o’z vaqtida sidqidildan topshirishlarini so’radi.
Guruh rahbari: M.To’rayeva
Guruh sardori: N.Alasqarova
Do'stlaringiz bilan baham: |