Guruh talabalari Kun tartibida: Sen, qudrat,manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!



Download 166 Kb.
bet9/17
Sana09.02.2022
Hajmi166 Kb.
#438678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
......17ta Bayonnoma-Axb.soatiga 21tayyor

Guruh rahbari: M.To’rayeva
Guruh sardori: N.Alasqarova

A.Qodiriy nomli JDPI Chet tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti II bosqich 741-19-guruhida “Ajdodlar merosiga ehtirom” mavzusida Zoom dasturi orqali o’tkazilgan “Axborot va murabbiylik soati” da o’kazilganligi haqida
BAYONNOMA № 9
Sana: 05.11.20 Qatnashdilar: Guruh rahbari va 741-19-guruh talabalari
Kun tartibida:

  1. Ajdodlar merosiga ehtirom.

  2. Shijoatlilik.

  3. Har xil masalalar.

Birinchi masala bo’yicha guruh murabbiyi so’z oldi. Unda
“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi)
Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘rsatib, o‘ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina davlatning emas, balki har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerak, deb o‘ylaymiz. Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 7570 ta madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor joylardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Jumladan, oxirgi paytlarda faqatgina Toshkent viloyatidagi Shamir Qori avliyo, Zarkent Ota, Shodmalik Ota, Zunnun Ota yodgorliklarida ana shunday ezgu ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘idagi, Xo‘ja Ahror faxrli nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan, XV asrda yashagan Shayx Umar Vali Bog‘istoniyning bog‘i va qabrini ta’mirlash-tiklash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir viloyatdagi tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bo‘yicha turkum kitoblar nashrga tayyorlanayapti.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu — o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz shon-sharafi uchun Amir Temurga Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda, Mirzo Ulug‘bekka Toshkentda, Ahmad al-Farg‘oniyga Farg‘ona va Quvada, Alisher Navoiyga Toshkent, Navoiyda, Alpomishga Termizda, Jaloliddin Manguberdi hamda “Avesto” kitobiga Urganchda va milliy tarixiy hamda madaniy merosimizga katta hissa qo‘shgan ko‘plab tarixiy shaxslarga yodgorliklar o‘rnatildi. Bularning barchasi bizni hamisha g‘ururlanib yashashga undaydi. Demak, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining burchi ekanligi ta’kidlab o’tildi.
Ikkinchi masala bo’yicha esa guruh murabbiyi Insonlarning har bir fazilarlari singari shijoallilikning hayotimiz yoki turmushimiz borasida shijoatlilik fazilatining o’ziga xos jihatlari bilan ajralib, yoki biror yutuqqa erishgan insonlar xususida ma’lumotlar keltirdi.
Uchinchi masala yuzasidan, guruh murabbiyi zoom dasturi orqali amalga oshirilayotgan har bir fanga vaqdida qatnashib, talabalar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishlari lozimligi ta’kidlandi. Doimo moodle.jspi.uz platformasida har bir fan yuzasidan bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqlarni o’z vaqtida sidqidildan topshirishlarini so’radi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish